Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Fanlar tizimi, unda falsafaning o’rni va axamiyati


Download 162.87 Kb.
bet11/92
Sana20.06.2023
Hajmi162.87 Kb.
#1631780
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

10) Fanlar tizimi, unda falsafaning o’rni va axamiyati.
Biz yashayotgan dunyo so‘nggi yillarda nihoyatda o‘zgarib ketdi. Xususan, Vatanimiz tarixida XX asrning 90-yillarida olamshumul voqealar yuz berdi: mamlakatimiz mustaqillikka erishib, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanladi, rivojlanishning o‘zbek modelini amalga oshirishga kirishdi. Xalqimizning huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi harakatlari dunyoqarashni tubdan o‘zgartirish, eski aqidalardan tamoman voz kechish, istiqlol mafkurasini shakllantirish, xalq ma’naviyatini yuksaltirish lozimligini taqozo etmoqda. Bunda ijtimoiy fanlar rivoji ulkan ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Islom Karimov to‘g‘ri ta’kidlaganlari kabi: «Ko‘p asrlik tariximiz shuni ko‘rsatadiki, inson dunyoqarashi shakllanishida ma’rifatning, xususan, ijtimoiy fanlarning o‘rni beqiyos. Bu jamiyatshunoslik bo‘ladimi, tarix, falsafa, siyosatshunoslik bo‘ladimi, psixologiya yoki iqtisod bo‘ladimi – ularning barchasi odamning intellektual kamolotga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega».
Falsafa esa – barcha fanlar rivojlanishiga asos bo‘ladigan va ulardan oziqlanadigan, ayni paytda ularning rivojlanish yo‘llarini belgilab beradigan umuminsoniy va universal fan. U qadim zamonlardayoq «barcha ilmlarning otasi» deb ta’riflangan. Uning hayotiyligi xalq tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechog‘lik mos ekani, jamiyat manfaatlari va ezgu intilishlarini qay darajada aks ettira olishiga bog‘liq.
Falsafa kishilarga olam to’g’risida yaxlit tasavvur beradi, boshqa fanlar esa, uning ayrim jihatlarini o’rganadi. Masalan, biologiya o’simlik va hayvonot dunyosini, turlarining kelib chiqishi, o’zgarishi va takomillashib borishi kabi masalalarni o’rganadi. Bu sohaga oid fanlar ushbu yo’nalishdagi jarayonlarning ba’zi xususiyat va jihatlarini chuqurroq tadqiq etishga harakat qiladi. Binobarin, biolog har qanday rivojlanish jarayoni bilan emas, balki faqat jonli tanadagi rivojlanish jarayoni bilan qiziqadi. Umuman, rivojlanish jarayonining o’zi nima, uning mohiyati qandayg’ Masalaning aynan shu taxlitda qo’yilishi ilmiy muammolarni falsafiy masalaga aylantiradi. Ya’ni, shu tariqa muayyan mavzu oddiy ilm sohasidagi yo’nalishdan falsafiy muammo tusini oladi.



Download 162.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling