Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


Download 162.87 Kb.
bet14/92
Sana20.06.2023
Hajmi162.87 Kb.
#1631780
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

Moddiy-iqgisodiy asoslar. Eski, sobiqittifoqdavridagi iktisodiyot yangi mazmundagi falsafani shakllantirish uchun asos bo’la olmas edi. Istiqlol yillarida bu sohada nihoyatda katta o’zgarish ro’y berdi, mulkchilikning xilma-xil shakllari vujudga keldi. Iqtisodiy plyuralizm va bozor munosabatlari bunda bosh yo’nalish qilib olingan bo’lsa-da, aholini ijtimoiy himoyalash ustuvor jihat sifatida belgilandi. Ana shularning barchasi mamlakatimizda ma’naviy, jumladan falsafiy yangilanish borasida ham tub o’zgarishlarning iqtisod bilan bog’liq asoslarini yaratish imkonini berdi.
Ijtimoiy-siyosiy asoslar. Falsafaning siyosiy asoslari mustahkam bo’lishi zarurligi tarixiy taraqqiyot jarayonida ko’p bor isbotlangan ijtimoiy haqiqatdir. Har qanday jamiyat va mamlakatda davlat xalqning turli qatlamlari, partiyalar, milliy-etnik birliklarning ijtimoiy ongini o’zgartira olmasa, o’zining pirovard
maqsadlarini amalga oshirishi qiyin. Bugungi kunda jahon hamjamiyatining teng huqukdi a’zosiga aylangan O’zbekistonda yangi mazmun va shakldagi siyosiy tizim hamda tuzilmalar vujudga keldi. Ana shularning barchasi yangi mazmundagi falsafani shakllantirishning ijtimoiy-siyosiy asoslarini yaratish imkoniyatini ochdi.
Ma’naviy asoslar falsafaning yangilanishida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bunday falsafaning shakllanishi mamlakatda amalga oshayotgan ma’naviy sohadagi o’zgarishlarning tarkibiy qismidir. Bu borada O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalq ma’naviyatining tozalanishi, asrlar davomida yaratilgan qadriyatlarni tiklash, asrab-avaylash, kelajakka yetkazish bilan bog’liq sa’y-harakatlar katta ahamiyatga ega. Bunda, ayniqsa, tarix falsafasi, xalqimizning xotirasi, o’tmishdagi avlodlar yaratgan boy madaniy merosdan to’la-to’kis foydalanish imkoniyati yaratilganini alohida ta’kidlash lozim. Falsafiy tafakkur yangilanishining mamlakatimiz hayotida ro’y berayotgan tub o’zgarishlar bilan chambarchas bog’liqligi quyidagi masalalarni falsafiy taxdil etishni zaruratga aylantiradi:
— bugungi kunda ro’y berayotgan dunyoqarashni yangilash jarayonining tarixiy ildizlarini o’rganish va falsafiy tahlil etish;
— sobiq ittifokdagi ijtimoiy tanazzul va uning xalqimiz tafakkuridagi oqibatlarini tugatish;
— istiqlolning falsafiy tafakkurni o’zgartirish uchun yangi davrni boshlab bergani;
— mamlakat mustaqilligini mustahkamlash jarayonida dunyoqarashning o’zgarishida qanday asosiy tamoyil va yo’nalishlar ko’zga tashlangani;
— bugungi kunda falsafiy dunyoqarashning yangilanishiga ta’sir ko’rsatayotgan zamonaviy omillar va ularning o’ziga xos xususiyatlari.



Download 162.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling