Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Qadimgi Sharq falsafasi va uning milliy yo’nalishlari


Download 162.87 Kb.
bet17/92
Sana20.06.2023
Hajmi162.87 Kb.
#1631780
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

18) Qadimgi Sharq falsafasi va uning milliy yo’nalishlari.
Sharq qadimiy madaniyat o’chog’i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan. G`arb madaniyati tarixini o’rganish jarayonida Ovrupotsentrizm nazariyasiga og’ib ketish g’ayriilmiy bo’lgani kabi, masalaning Sharq bilan bog’liq jihatini tahlil etganda ham Osiyotsentrizm g’oyalari ta’siriga tushmaslik lozim.
Shu bilan birga, Sharqning o’ziga xosligi, unga mansub bo’lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo’shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi quchog’ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o’zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko’rsatganini doimo esda tutish darkor.
Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko’pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o’tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bo’lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o’ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo’lishi bilan tavsiflanadi. Ko’hna Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo’lgan Misr, qadimgi zamonda ilk o’troq hayot va o’ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi bo’ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi.


19) Antik dunyo va Yunoniston falsafasi.
Milodgacha VI asrdan boshlab Qadimgi Yunonistonda savdo va sanoat tez rivojlanib, shahar davlatlari paydo bo‘la boshladi. Milet shahari o‘zining qulay geografik sharoiti tufayli Yunoniston bilan Eron, Misr va Bobil hamda Qora dengiz mamlakatlari o‘rtasidagi savdo va madaniy aloqalar markaziga aylandi. Natijada dastlabki falsafiy ta’limot shu shaharda «Milet maktabi» bilan mashhur bo‘ldi. Milet maktabining asoschilari – Fales, Anaksimadr, Anaksimen olamning asosiga moddiy unsurni qo‘yadilar. Masalan, Fales uchun suv, Anaksimadr apeyron, Anasimen uchun havo bu moddiy olamning asosini tashkil qiladi. Barcha narsalar shu unsurlarning turlicha holatda namoyon bo‘lishidir. Ular olamning moddiyligi va manguligini isbotlashga urinadilar.
Geraklit (530-470-yillar) ulardan farqli ravishda olamdagi barcha narsalarning asosini olov tashkil qiladi, hatto kishi ongi olovning o‘tkinchi holat turidir deydi. Uning falsafiy, diqqatga sazovor fikri olamni doimiy harakat va jarayon sifatida olib qarashidir. Geraklit dialektik tafakkurga asoslanib, olamdagi hamma narsa o‘zgarishda, vujudga kelishda va barham topishida, deb qaraydi.
Pifagor (mil. avv. VI asr) raqamlar borliqning ibtidosi, matematika qonuniyatlari olam turmushining asosidir, – deb aytadi. Uning izdoshlari raqamlar sehri-jodusini, xususan, dastlabki o‘n raqam ilohiy hissalarga ega, deb ta’kidlashadi. Masalan, Filolayning fikricha, o‘nlik ilohiy, samoviy va insoniy hayotning faoliyati va ibtidosidir». Umuman pifogorizmga ko‘ra, ideal raqamlar xudo yaratgan narsalarning dastlabki qiyofasidir.
Demokrit (mil. avv. 460-370) atomistik nazariyaga asos soladi. Uning fikricha, olam moddiy bo‘lib, ong esa ikkilamchi moddiy narsaning mahsulidir. U olamning doimiy harakatda ekanligini ta’kidlaydi. Olamdagi narsa va hodisalar atomlarning turlicha yo‘nalishidan tashkil topgan atomlar o‘zlarining fazodagi tartibsiz harakatlari jarayonida o‘zaro to‘qnashib bir-birlarini parchalab boradi. Ikkinchi tomondan bir-biriga qo‘shilib, tuproq, suv, olov, o‘t va ulardan quyun shaklida harakatlanuvchi ko‘p dunyolarni vujudga keltirishni asoslashga urinadi. Demokrit falsafa tarixida birinchi bo‘lib bilish jarayoni in’ikos jarayoni ekanligi haqidagi fikrni aytadi. Uning fikricha, kishilarning beshta sezgi a’zolari orqali hosil qilgan tushunchalari moddiy olamdagi narsa va hodisalarning obrazidir.
Arastuning fikricha, dunyoda to‘rt xil sabab bordir:

  1. moddiy sabab yoki materiya (masalan, uy bunyod etish uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari);

  2. shakli sabab yoki shakl (uy tuzilishi);

  3. vujudga keltiruvchi sabab (uy quruvchi binokorlik san’ati);

  4. so‘nggi sabab yoki maqsad (bitkazilgan bino).

U qadimgi dunyodagi sodda dialektik fikrni eng yorqin ifodalagan mutafakkirlardan biri bo‘lib, tabiatni ongli ravishda, o‘zgarishda, rivojlanishda deb qaraydi va buni u materiyaning shaklga ega bo‘lish jarayoni, imkoniyatni voqelikka aylana borishi deb tushunadi. Uning ta’limotida dialektikaga zid fikrlar ham mavjud bo‘lib, materiya passiv, shakl esa aktiv bo‘lib, narsani narsa qiluvchidir deydi. Uning bu fikrlari idealizm tomon og‘ishini anglatadi. U shaklning aktivligi haqida gapirib, hamma shakllarning shakli-xudoning, dunyoviy ruxning, dastlabki turtkining ijodi rolidir,-deb ta’kidlaydi.
Qadimgi Yunonstonning mashhur faylasuflaridan yana biri Epikur bo‘lib, (mil.avv. 341-270-yillar) Demokritning atomistik nazariyasini rivojlantiradi. Demokrit asosan atomlarning shakl va miqdor jihatdan farqini ta’kidlagan bo‘lsa, Epikur esa ularning hajmi va og‘irligi jihatdan farqini ta’kidlaydi va atomistik materializmni yana bir qadam ilgari suradi. Epikur ta’limoticha, atomlar doim bo‘shliqda harakat qiladi, harakat esa mangudir. Atomlar og‘ir bo‘lganidan hamma vaqt pastga tomon to‘g‘ri harakat qiladi. Bundan tashqari ular o‘zaro to‘qnashuv oqibatida to‘g‘ri yo‘ldan chekinib yon tomonga ham harakat qilishi mumkin.
Umuman Qadimgi Yunonistonda fan, adabiyot va san’at rivojlanishi bilan juda noyob falsafiy fikrlar, maktablar, oqimlar yuzaga keldi. Yunon falsafasi jahon sivilizatsiyasida alohida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lib, dunyoga tanilgan faylasuflarni yetkazib berdi.



Download 162.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling