15) Istiqlol falsafasi va yoshlar tarbiyasi.
Bugun ijtimoiy fanlar rivojini zamon talablari darajasiga yetkazish borasida davlat va jamoat tashkilotlari, olim va ziyolilar oldida g`oyatda mas’uliyatli vazifalar turibdi. Birgina «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishning o`zi bir necha yillarga mo`ljallangan keng ko`lamli faoliyat yo`nalishlarini nazarda tutadi. Bugungi kunda siyosiy, mafkuraviy va ma’naviy soxalardagi taraqqiyot vazifalari o`zaro uyg`unlashib bormoqda, ta’sir doirasi ancha kengaymoqda. Ayniqsa, mafkura borasidagi nazariy faoliyat, targ`ibot va tashviqotni xar tomonlama kuchaytirishga aloxida axamiyat berish zaruratga aylanib bormoqda.
Falsafiy dunyoqarash tizimini shakllantirish va rivojlantirish uchun muayyan imkoniyatlarga ega. Ular quyidagilarda ayniqsa yaqqol namoyon bo`ladi: birinchidan, mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik o`rnatilgan; ikkinchidan, axolining siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy xaq-xuquqlari qonuniy asosda kafolatlangan; uchinchidan, jamiyatning barcha soxalarini demokratlashtirish va erkinlashtirish davlat siyosati darajasiga kqo`tarilmoqda; to`rtinchidan, mamlakat axolisining ma’naviy-ma’rifiy saloxiyatini rivojlantirish ustuvor axamiyat kasb etgan.
Bularning barchasi falsafiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini samarali xal qilishga asos bo`lmoqda. Galdagi vazifalar esa, ana shu imkoniyatlarni amaliy ishga aylantirishda xar birimiz o`z mas’ulligimizni qay darajada sezishimiz va qanday faoliyat yuritishimizga bog`liq.
Prezidentimiz I.Karimov aytganidek, «biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq- atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz».
Bunday shaxslarni tarbiyalashda tarixga murojaat qilish, uni xolisona yoritib berish zarurati tug‘ildi. Shu o‘rinda tarixchi olimlar tomonidan qilingan xatti-harakatlar tufayli O‘zbekistonning har bir fuqarosi tarixni sun’iy buzib ko‘rsatishning fosh qilingan sir-asrorlarini bilib oldi, o‘z xalqi tarixiga yangi nazar bilan qaray boshladi. Yoshlarda o‘z xalqi tarixiga, madaniy merosiga nisbatan g‘urur hissi shakllantirib borildi. Shu tariqa ma’naviy-ruhiy qadriyatlarning va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi yuz bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |