Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari
Download 162.87 Kb.
|
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26) Diniy bag`rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili.
Bahouddin Naqshband (1318-1389 yillar) naqshbandiya tariqatining asoschisidir. Bu ta’limotning mohiyati «Dil — ba yoru dast — ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan. Inson Olloh inoyati natijasi bo’lib, bu dunyoni unutib qo’ymasligi lozim, uning qalbi doimo Ollohda, qo’li esa mehnatda bo’lmog’i lozim. U tasavvufning barcha tariqatlari singari shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat maqomlarini e’tirof etadi.
Naqshbandning ta’kidlashicha, shariat — ahdga vafo, islomning beshta asosiy talabiga rioya qilish, dil va til birligi. Tariqat esa, o’zidan kechish, fano bo’lishdir. Haqiqat — behuda ishlardan uzoqlashish, haq ishlarga bog’lanish. Demak, shariat — qonun, tariqat — yo’l. Qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi. Yo’l esa ko’ngilni poklab, ruhni ilohiy quvvatdan bahramand qiladi. 26) Diniy bag`rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili. Musulmon Sharqi, jumladan islom joriy etilganidan keyin Vatanimiz hududidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar ijodida Olloh, inson va tabiat masalalari ilohiyot va dunyoviy falsafaning muhim muammolaridan biri bo’lib kelgan. Bironta buyuk alloma va mutafakkir islomiy qadriyatlar mavzuini chetlab o’tmagan. Markaziy Osiyoda ilk o’rta asrlar davrida keng tarqalgan tasavvuf ta’limotidagi komil inson maqomi, nafsni tiyish, bag’rikenglik, diniy donishmandlik, Muso al-Xorazmiy va Ahmad al-Farg’oniy tadqiqotlarida ilgari surilgan tabiiy-ilmiy g’oyalar, Forobiy, Beruniy va Ibn Sinoning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari, fandagi yangi yo’nalishlar birinchi galda musulmon Sharqi, qolaversa, butun jahon tabiiy-ilmiy va falsafiy tafakkurining ravnaqiga hayotbaxsh ta’sir o’tkazib keldi. XIV asrning oxiri-XV asrning boshlarida Amir Temur amalga oshirgan harbiy yurishlar natijasida o’lka mustaqilligi qo’lga kiritildi. Temur va temuriylar davrida uyg’onish davrining ikkinchi bosqichi boshlandi. Bu ilm-fan va madaniyatning gullab-yashnash bosqichi bo’ldi. Ma’naviyatga homiylik harakati avj oldi. Bunga Samarqandda Ulug’bek astronomiya maktabining vujudga kelishi, rasadxonaning qurilishi, mashhur olimlar Qozizoda Rumiy, al-Koshiy, Ali Qushchi va boshqalarning fandagi jonbozligi yaqqol misoldir. Afsuski, bu madaniy uyg’onish mo’g’ul bosqini tufayli tanazzulga yuz tutdi. Amir va sultonlar o’rtasidagi o’zaro ixtiloflar, noahillik Chingizxon bosqiniga qo’l keldi. Bu bosqin mo’g’ullarning 1218 yilda O’tror shahrini bosib olishi, uning hokimi, Xorazmshohning qaynog’asi, Inolchiqni bandi qilishi va qulog’iga qaynab turgan kumushni quyib yuborishdek xunrezlikdan boshlandi. Mo’g’ullarning hukmronligi davrida ana shunday qonxo’rlik tinimsiz davom etdi. Ko’rkam shahar va qishloqlar vayronaga aylandi, iqtisodiyot tanazzulga yuz tutdi. Ilm-fan, madaniyat, jumladan falsafa ilmi ham inqirozga uchradi. Xalqimiz mo’g’ul bosqinini qattiq qarshilik bilan kutib oldi. Garchand uquvsiz hukmdor Muhammad Xorazmshoh saltanatni saqlab qola olmagan bo’lsa-da, xalqimizning bosqinchilarga qarshi kurashi aslo to’xtagani yo’q. Ba’zi tarixiy manbalarga ko’ra, o’sha davrda nihoyatda katta hududdan 600 mingga yaqin qo’shin to’plash mumkin edi. Bu qo’shin to’planganida va tajribali lashkarboshiga topshirilganida Chingizxon saltanatni bosib olishi gumon edi. Insoniyatning o’tmishini yaxshi biladigan ba’zi olim va mutaxassislarning fikricha, agar shoh o’zining yovqur o’g’li Jaloliddinni avval boshdanoq taxt vorisi etib tayinlaganida va qo’shinnining ixtiyorini unga topshirganida, nafaqat Osiyo tarixi, balki jahon tarixi boshqacharoq yo’ldan ketishi mumkin edi. Afsuski, tarix «Agar unday bo’lmaganida edi...» qabilidagi tamoyillarni tan olmaydi. Chingiziylar bosqini Vatanimiz madaniy taraqqiyotini bir necha asrlar orqaga surib yubordi. O’sha davrda bosqinchilarga qarshi kurashning eng atoqli vakili Jaloliddin Manguberdi esa millatimiz o’z ozodligi uchun olib borgan kurashning timsoli sifatida tariximiz sahifalarida abadiy qoldi. Bu milliy qahramonimizning tavallud kuni 1999 yilda keng nishonlangani uning ruhini shod qilish va Jaloliddin Manguberdini kurashga otlantirgan ezgu g’oyalar bizning kunlarimizda amalga oshganligining ramzidir. Prezidentimizning «Olloh qalbimizda, yuragimizda» tamoyili o’rta asrlar falsafasini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk ajdodlarimizning bag’rikengligi, mazhabparastlikka berilmaganligi, ular dunyoqarashida dunyoviy va diniy ilmlarning mushtarakligi, sabr-qanoatliligi barchamizga namuna — ibratdir. Bu boy ma’naviy xazina yoshlar ongiga milliy g’oya va istiqlol mafkurasini singdirishga xizmat qiladi, ularni mustaqil fikrlash, do’stni dushmandan farq qilishga undaydi, yurtim deb, elim deb yashashga chorlaydi. Download 162.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling