16-Mavzu Fuqarolarni fuqaro muhofazasiga o`qitish va qayta tayyorlash. Reja


Download 208.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana18.02.2023
Hajmi208.8 Kb.
#1211366
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
16-maruza



16-Mavzu 
 
Fuqarolarni fuqaro muhofazasiga o`qitish va qayta tayyorlash. 

Reja: 
1.Hozirgi vaziyatda fuqarolarni fuqaro muhofazasiga o’qitishning dolzarbligi
muhofazalanish qoidalariga o’rgatish 
2.Fuqaro muhofazasiga o’qitishni tashkil etish va o’tkazish tadbirlari. 
Tayanch sо‘z va iboralar: struktura, tarmoq, vazirlik, tuzilma, ma’lumot 
almashuv, umummaqsadli, muhofaza, chora-tadbir, qutqatuv, tibbiy yordam, 
sanitariya, obrabotka, dizenfeksiya, dezaktivatsiya, radioktiv, texnogen, tabiiy, 
zilzila, mognituda, ball, o’lchov ishlari, avariya-qutqaruv, maxsus tayyorgarlik. 
Ma’lumki, fuqarolar muhofazasining eng muhim vazifalaridan biri, aholini 
favkulodda vaziyatlardan muhofaza kilishga tayyorlash hisoblanadi. Bu borada 
О‘zbekiston Respublikasining «Aholini va hududlarni tabiiy va texnogen 
xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tо‘g‘risida»gi va «Fuqaro 
muhofazasi tо‘g‘risda»gi qonunlari hamda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1998 yil 7 noyabrdagi 427-sonli «О‘zbekiston Respublikasi 
aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi 
tо‘g‘risida»gi qarori asosida respublikamiz aholisini favqulodda vaziyatlardan 
muhofaza qilishga tayyorlash ishlari yо‘lga qо‘yilgan. Bu huquqiy –me`yoriy 
hujjatlarning bandlarida va Vazirlar Mahkamasining 427-sonli qarorida 
ta`kidlanganidek: «О‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan 
muhofaza qilishga tayyorlash (shu jumladan, ta’lim muassasalaridagi fuqarolarni 
ham) majburiydir». Fuqarolarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga 
tayyorlash, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxonalarda, muassasalarda va 
tashkilotlarda, yashash joylarida, ularning yoshlari va ijtimoiy guruhlarga qarab 
olib boriladi. 
Fuqarolarning FM bо‘yicha о‘qitish - aholini dushmanning ommaviy qirg`in 
qurollari ta’siridan, tabiiy ofatlar, avariya va fojia oqibatlaridan himoyalanishga 
tayyorlashning asosiy tadbirlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. О‘qitish FMning 
boshlig‘i va uning shtablari kо‘rsatmasi, shuningdek, fuqaro muhofazasi masalalari 
bilan shug‘ullanuvchi hududiy hamda ishlab chiqarish yо‘nalishlari bо‘yicha 
tuzilgan yuqori tashkiloti FMning mas’uliyatli boshliqlari qarori, buyrug‘i asosida 
tashkil etiladi va olib boriladi. Ishchi va xizmatchilarni FMga о‘qitish har bir 
xо‘jalik obyektining boshlig‘i zimmasiga yuklanadi.
FM shtabi о‘qitish tadbirlarini tashkil etadi, ta’minlaydi va rahbarlik qiladi, 
о‘z vaqtida о‘qishlarni, amaliy mashg‘ulotlarni olib borilishini nazorat qiladi. 
Obyektda bajariladigan vazifalarga qarab FM yо‘nalishida fuqarolar 
quyidagi toifalar bо‘yicha о‘qitiladi: 
- FMning rahbar tarkiblari; 
- FM tuzilmalariga kiruvchi fuqarolar;
- FM tuzilmalariga kirmaydigan fuqarolar


Ishlab chiqarish va obyekt FM rejasida kо‘rsatilgan tadbirlarni hisobga olgan 
holda har bir toifa shaxslarini ma’lum dastur asosida о‘qitish maqsadga 
muvofiqdir. 

Download 208.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling