Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Siyosiy ong va uning ikki bosqichi


Download 162.87 Kb.
bet59/92
Sana20.06.2023
Hajmi162.87 Kb.
#1631780
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

68) Siyosiy ong va uning ikki bosqichi.
Siyosiy ong jamiyat rivojlanishining ancha yuqori bosqichida, jamiyat siyosiy tizimining qaror topa borishi va siyosatning faoliyat soxasi sifatida paydo bo’lishi bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. Demak, siyosat va siyosiy ong o’zaro uzviy bog’liqdir.
Siyosat ongli, maqsadga qaratilgan faoliyat turi ekan, unga ijtimoiy ongning muayyan shakli mos keladiki, unga siyosiy ong deyiladi. Demak, siyosiy ong davlat hokimiyatiga, ijtimoiy guruhlar, millatlar, siyosiy institutlar va muassasalar faoliyatiga bo’lgan munosabatlarni ifoda etuvchi kayfiyatlar, tasavvurlar va qarash-lar, e’tiqodlar majmuidir. Siyosiy ongda davrning, mamlakatning eng chuqur muammolari o’z ifodasini topadi. Siyosiy ong o’zining bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xususan, u ijtimoiy guruhlarning iqtisodiy manfaatlari bilan o’zaro bog’liq. Ikkinchidan, siyosiy ongning o’ziga xosligi davlat va hokimiyat masalalari bilan chambarchas bog’liq bo’lsa, uchinchidan, jamiyat hayotiga va ijtimoiy ongning boshqa shakllariga ustun darajada ta’sir qila olishida ko’rinadi.
Siyosiy ong bir butun, yaxlit hodisa sifatida nisbatan murakkab ichki strukturaga egadir. Birinchi navbatda siyosiy ongning darajalariga va shakllariga bo’linishini qayd etish lozim.
Siyosiy ongning kundalik-amaliy va g’oyaviy-nazariy darajalarini ajratish mumkin. Kundalik-amaliy siyosiy ongda kundalik tasavvurlar, shakllangan an’analar, odatlar elementlari hukmronlik qiladi. Kundalik-amaliy siyosiy ongda nazariy formalar, tushunchalar, falsafiy kategoriyalarga deyarli o’rin bo’lmaydi. Unda voqelik amaliy, foydalilik nuqtai nazaridan tushuniladi va baholanadi.
Siyosiy ongning yuqoriroq darajasi g’oyaviy-nazariy ongdir. Mohiyatan siyosiy mafkuragina sof nazariy xarakterga ega. Chunki u muayyan ijtimoiy guruhlar, jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda dasturlar, doktrinalar, ideallar, boshqacha aytganda, siyosiy voqelikning kontseptual ifodasini yaratadi. Shuning uchun ham odatda g’oyaviy-nazariy siyosiy ongni ishlab chiqish bilan nazariyotchilar, siyosiy va ijtimoiy fanlar, siyosiy institutlar va muassasalar shug’ullanadilar.
Siyosiy ong shakllarini turli asoslarga ko’ra farqlash mumkin. Asos sifatida siyosiy ongning sub’ekti olinadigan bo’lsa, shaxs, guruh, millat va fuqarolik (umumdavlat) siyosiy ongini farqlash mumkin. Ayni paytda yo’nalishiga ko’ra demokratik va nodemokratik siyosiy ong shakllarini ajratish mumkin. Bunday holda totalitar, avtoritar, byurokratik siyosiy ong shakllari nodemokratik siyosiy ongning ko’rinishlari sifatida chiqadi. Shu bilan birga mavjud siyosiy tuzumni, amalga oshirilayotgan siyosatni tan oluvchi-xayrixohlik va muxolifiy siyosiy ong shakllarini ko’rsatish mumkin.



Download 162.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling