Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari
) «Sharqona demokratiya» tushunchasining moxiyati
Download 162.87 Kb.
|
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e
- Bu sahifa navigatsiya:
- 63) «Yangicha fikrlash - davr talabi» shiorining mazmuni.
62) «Sharqona demokratiya» tushunchasining moxiyati.
Mamlakatimizda hozir erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini tuzishga kirishganmiz. Bu jamiyat, ma’lum ma’noda, g’arbliklar tasavvuridagi fuqarolik jamiyatlaridan farq qiladi. G’arbda bu borada e’tibor asosan huquqiy yo’nalishning ustuvorligiga qaratilsa, bizda axloqiy-ma’naviy yo’nalishning ustuvorligini ko’rish mumkin. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, biz qurayotgan fuqarolik jamiyati G’arb dunyosi uchun o’rnak bo’lishi mumkin. Bu faxrlanish hissidan kelib chiqqan balandparvoz gap emas. O’zbek mahallalari tom ma’noda axloqiy tarbiyaning maskanidir. Bu borada Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning: «Shu ma’noda mahallani o’z-o’zini boshqarish maktabi, ta’bir joiz bo’lsa, demokratiya darsxonasi, deb atash mumkin», degan so’zlari ayni haqiqatdir. Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog’liq. Zero axloqiy tarbiya insonning shaxs bo’lib yetishuvini ta’minlaydigan uzluksiz jarayonlaridan biri. Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl ma’nosi, avvalo, ota-onaning o’zi axloqiy tarbiya ko’rgan bo’lishi kerak degani. Axloqiy tarbiyaning aqliy-ma’naviy va jismoniy tarbiya bilan qo’shib olib borilishi maqsadga muvofiq. O’shanda jamiyatimiz har jihatdan kamol topgan fuqarolik jamiyatiga aylanadi. Mamlakatimizda buning uchun barcha huquqiy-ijtimoiy shart-sharoitlar yaratilgan. 63) «Yangicha fikrlash - davr talabi» shiorining mazmuni. Sho’rolar davrida o’zbek milliy ma’naviyatining hayotbaxsh sarchashmalarini xalq tarixidan uzib qo’yishga, sun’iy va zo’raki baynalminallashtirishga harakat qilindi. Ular totalitar tuzum kutgan natijani bermagan bo’lsa ham, lekin izsiz o’tib ketmadi. Markazning millat va xalqlarni bo’lib tashlash va xukmronlik qilish siyosati amalga oshirilishi natijasida millatning muayyan qismi ruhiyatida boqimandalik singari illatlar tomir ota boshladi. Milliy istiqlol qo’lga kiritilganidan keyin bu salbiy sifatlardan qutulish va milliy ma’naviyatning o’zagi bo’lgan milliy g’oya, milliy mafkura atrofida xalqni jipslashtirish imkoni tug’ildi. Mafkura muayyan shaxs, jamiyat, millat, davlat yoki ijtimoiy guruh manfaatlariga xizmat qiluvchi qarashlar, g’oyalar, ta’limotlarni amalga oshirish tizimi sifatida namoyon bo`ladi. U davlat, jamiyat yoki partiyalarning ijtimoiy barqarorligini, yashovchanligini g’oyaviy jihatdan ta’minlashga ham xizmat qiladi. Shu o’rinda mafkura o’zi mansub bo`lgan jamiyat, millat yoki ijtimoiy guruhning harakat dasturiga yo’nalish berishga qaratilgan targ’ibotlar majmuini ham qamrab oladi. Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi uchun istibdod va eski mustabid siyosat tufayli ongimizga singib ketgan mutelik, loqaydlik, boqimandalik, sustkashlik, mas’uliyatdan qochish kabi asoratlardan xalos bo’lish darkor. Bu asoratlar ham osonlikcha bartaraf etilmaydi. Bunda, avvalo, jamiyatning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotida yuz beradigan ijobiy o’zgarishlar uni harakatlantiruvchi, taraqqiy ettiruvchi asosiy omil — inson tafakkuri, ruhiyati, his-tuyg’ulariga samarali ta’sir etadi. Shu bilan bog’liq ravishda, Vatan va xalq tarixi, ma’naviy-madaniy meros, ona tili, din, milliy turmush tarsi va urf-odatlarni yangi davr mohiyat-mazmunidan kelib chiqqan holda tiklash, boyitish va milliy g’urur-iftixorning yuksalishida juda ulkan o’rin tutadi. Download 162.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling