Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari
Download 162.87 Kb.
|
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e
- Bu sahifa navigatsiya:
- 59) Voqelikni aks ettirishning tadrijiy bosqichlari.
Neotomizm — XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bo’lib, u o’rta asrlardagi (XIII asr) Foma Akvinskiyning ta’limotini qaytadan tikladi. U (neo — yangi, tomizm — «foma», transkriptsiyada «toma» bo’lib o’zgargan) Foma Akvinskiyning yangi, zamonaviy ta’limoti demakdir. Bu ta’limotga ko’ra, ilm va e’tiqod o’rtasida to’la muvofiqlik, uyg’unlik bor. Ular bir-birini to’ldirib turadi, har ikkisi ham xudo tomonidan berilgan xaqiqat.
Neotomizm vakillari fikricha, ilm yetmagan joyda e’tiqod qo’llanishi kerak. Lekin bu e’tiqod ko’r-ko’rona, shunchaki ishonch bo’lmay, balki mantiqan teran anglangan e’tiqod bo’lishi kerak. Xudoning mavjudligini falsafa turli mantiqiy usullar orqali isbot qilishi lozim. Shunday qilib, falsafaning vazifasi dinga xizmat qilishdan iboratdir. Neotomistlar dunyoni, jamiyatni xudo yaratgan, jamiyat taraqqiyoti xudoning rejasi asosida boradi, deydilar. Diniy teologiya oqimi bo’lganligidan neotomizm albatta, ilohiy qadriyatlarni ustuvor qo’yadi. Ammo u din va uning jamiyatdagi o’rniga, o’zining nomi kelib chiqishiga sabab bo’lgan, Foma Akvinskiy zamonidan farqli yondoshadi. Fomadan keyingi davr Yevropada xristianlikning sofligini saqlash g’oyasi, asta-sekin mutlaqlashib, o’rta asr aqidaparastligining ma’lum ko’rinishlaridan biri-inkvizitsiyaga olib kelgan edi. Bu esa hurfikrlilik, ilm-fandagi yangilikka qarshi kurashga aylanib ketgan edi. Lekin inson huquqlari, fikr erkinligi demokratiya belgisiga aylangan XX asrda bunday o’taketgan aqidaparstlikka o’rin yo’q. Neotomizm hozirgi sivilizatsiyali dunyoda sivilizatsiyalashgan ta’limot sifatida maydonga chiqmoqda. O’z navbatida bu demokratiya ustivor bo’lgan hayot tarziga muayyan darajada mos keladi. 59) Voqelikni aks ettirishning tadrijiy bosqichlari. Voqelik imkoniyatning nisbatdoshi bo’lib, real holat va mavjud bo’lib turgan hodisalarni ifodalaydigan kategoriyadir. Voqelik tushunchasi o’z mazmuniga ko’ra, fan va falsafada ikki ma’noni anglatadi: birinchidan, olamdagi barcha mavjud narsalar reallikdan iborat, ikkinchidan esa ayrim narsa yoki hodisalarning ro’yobga chiqishini anglatuvchi imkoniyatning yuzaga chiqmaganligi ma’nosini anglatadi. Ikkinchi ma’nodagi voqelik umumiy olamning bir bo’lagi sifatida konkret narsa va hodisalar tarzida namoyon bo’lishi bilan birga inson ongidagi ifodasi hamdir. Demak, voqelik olam qonunlarining zaruriyat asosida ro’yobga chiqqan imkoniyatini, mavjud bo’lib turgan narsa va hodisalarni bildiradi. Voqelik taraqqiyot davomida amalga oshgan imkoniyat bo’lib, u o’z navbatida yangidan-yangi imkoniyatlarni vujudga keltiradigan chek-chegarasiz jarayondir. Imkoniyat va voqelik narsa, hodisa voqealar rivojining ikki izchil darajasi, sababning oqibatga tomon harakati, tabiat, jamiyat, inson tafakkurining sababli aloqalari namoyon bo’lishining ikki muqarrar bosqichidir. Voqelik keng va tor ma’nolarda tushuniladi. Keng ma’noda ob’ektiv olamning o’zida mavjud bo’lgan barcha turli-tuman narsalar, hodisalar, voqealar, jarayonlar yig’indisi tushunilsa, tor ma’noda ayrim muayyan narsa, hodisaning muayyan vaqt va muayyan sharoitdagi holati tushuniladi. Keng ma’nodagi voqelik abadiy bo’lsa, tor ma’nodagi voqelik o’tkinchi, vaqtinchalikdir. Voqelik borliqning mavjud holati bo’lsa. imkoniyat esa ehtimollik bilan muqarrarlik oralig’idagi holatidir, ya’ni ular hali aniq-ravshan voqelikka aylanmagan, ammo ob’ektiv olamda yuzaga kelish va rivojlanish maylini boshidan kechirayotgan reallikdir. Makro va mikroolamda imkoniyat va voqelik o’z ichki qonunlari asosida biri ikkinchisiga o’tib tursa, ijtimoiy sistemalarda bu aloqadorlik o’ziga xos shakllarda namoyon bo’ladi, zero, ijtimoiy tizimlar rivojida aql sohibi — odamzod ishtirok etadi. Ayrim shaxslar va ijtimoiy guruhlar muayyan tarixiy davr va sharoitda aniq maqsad sari faoliyat ko’rsatishlari uchun, jamiyat qonunlarining amal qilishini, ya’ni imkoniyatning voqelikka aylanishining o’ziga xos xususiyatlarini bilishlari zarur. Masalan, har bir millatning mustaqil taraqqiyot yo’liga tushib olishi tarixiy-tadrijiy jarayon bo’lsada, ana shu qonuniyatli jarayonni ro’yobga chiqarish uchun ayrim shaxslar, ijtimoiy guruxlarning milliy ehtiyojlarni anglashiga, imkoniyatni voqelikka o’z vaqtida aylantira olish mahoratlariga ham bog’liq bo’ladi. Agar tub milliy manfaatlar himoyachisi bo’lgan shaxslar, siyosiy partiyalar va harakatlar real imkoniyat bilan mavhum imkoniyatning farqiga bormasalar, ularni bir-biriga aralashtirsalar, turli sotsial larzalarga sababchi bo’ladilar. Download 162.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling