Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) O’zbekiston xududidagi eng qadimgi falsafiy qarashlar


Download 195.3 Kb.
bet16/92
Sana28.10.2023
Hajmi195.3 Kb.
#1732035
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

16) O’zbekiston xududidagi eng qadimgi falsafiy qarashlar.
O‘rta Osiyoda, jumladan hozirgi O‘zbekiston zaminida tengi yo‘q ma’naviy boylik-yozuvning paydo bo‘lishi va turli-tuman, katta-kichik dinlarning shakllanib, el orasida tarqala boshlaganligi qadimgi davr ajdodlarimiz ijtimoiy-falsafiy qarashlarining birmuncha rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Shubha yo‘qki, bu o‘rinda qadimiy turk O‘rxun-runiy matnlari (yozuvlari) va Zardushtiylik dinining ahamiyati beadaddir. Keyingi yillarda olib borilgan ilmiy-tarixiy tadqiqotlarning xulosalariga ko‘ra zardushtiylik ilk bor hozirgi O‘zbekiston hududida, Xorazm zaminida yuzaga kelgan. U urug‘chilik tuzumi hukmronlik qilgan davrlarda shakllanib, O‘rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron hamda yaqin va O‘rta Sharq hududlarida tarqala boshlagan. Uning kamol topgan davri sosoniylar hukmronligi zamoniga va milodiy VI asrga to‘g‘ri keladi. Bu davrda zardushtiylik kuchayib hukmron din darajasiga ko‘tarildi.
II-III asrlariga kelib O‘rta Osiyoda quldorlik tuzumi asta-sekin inqirozga yuz tutib, uning o‘rniga feodal munosabatlari shakllana boshladi. Ana shu davrda zardushtiylik ichida yangi oqim – Moniy ta’limoti yuzaga keldi. Moniy ta’limoti zardushtiylikning yaxshilik va yomonlik ta’limotiga asoslangan bo‘lib, keng xalq ommasi manfaatiga mos kelar edi. Uning ta’limoti keyinchalik mayda sektalarga bo‘linib, o‘z ta’sirini susaytirib yuboradi.
V-VI asrlarda O‘rta Osiyoda feodal siyosati va zulmiga qarshi bo‘lgan yangi diniy-falsafiy, harakat-mazdakizm oqimi vujudga kelgan. Mazdak nomi bilan bog‘liq bo‘lgan bu harakat asosan zardushtiylikning yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash g‘oyasiga asoslansada, u zardushtilikning hukmronlik roliga qarshi chiqdi. Mazdakiylar jamiyatda hammaning barcha sohada tengligini targ‘ib qildilar, natijada Mazdak ta’limoti xalq ommasi ichida keng tarqaldi. Mazdak ta’limoti, shuningdek, xalqning tashqi bosqinchlarga qarshi mustaqillik uchun kurashga katta ta’sir ko‘rsatdi.


17) Zardushtiylik va «Avesto» da aks etgan falsafiy g’oyalar.
Zardushtiylik, albatta, diniy ta’limotdir. Lekin uning g‘oyalari, ayniqsa uning muqaddas kitobi – «Avesto» da ifodalangan qoida va g‘oyalar Zardushtiylikning sof diniy emas, balki dunyoviy g‘oyalarning, ijtimoiy-falsafiy ma’nolarning ham manbai bo‘lganligidan dalolat beradilar. Shuning uchun ham «Avesto» ning ikki jihatini: diniy- mifologik va ijtimoiy-falsafiy jihatlarini qayd qilmoq zarur. «Avesto» ta’limotiga ko‘ra, dunyoda ikkita kuch: yaxshilik va yomonlik kuchlari mavjud bo‘lib, ular bir-birlariga abadiy va murosasiz dushmanlik qilib keladilar. Inson hayotini, uning baxti yoki baxtsizligini ana shu kurashning natijasi belgilab beradi. Ya’ni, kishilar o‘zlarining yaxshi xulqlari, rostgo‘yliklari, mehnatsevarligi bilan yaxshilikka moyilliklarini ko‘rsatishlari va bu harakatlari bilan yovuz kuchlarga qarshi kurashda Ezgu ruhlarga ko‘maklashishlari lozim. Agar kishilar bularning teskarisini qilsalar – yolg‘on gapirsalar, mehnat qilmasalar, insonga nomunosib harakatlar qilsalar, abadul-abad azob-uqubatda qoladilar.
«Avesto»da ta’kidlanishicha, mehnat faqat noz-ne’mat yaratish manbai emas, balki axloqiy yuksaklik, yaxshilik manbaidir. Shu boisdan inson saxovatli bo‘lishi uchun dastavval mehnat qilishi zarur. Ishyoqmaslik esa barcha nuqsonlarning manbaidir. «Avesto» targ‘ib etgan axloq-odob g‘oyalari quyidagi uchlik: Ezgu fikr, Ezgu so‘z, Ezgu amal mezonlari bilan baholanadi.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, zardushtiylik va uning muqaddas kitobi – «Avesto» diniy aqidalarni tashviq qilish bilan bir qatorda o‘z davri uchun ilg‘or ijtimoiy-falsafiy g‘oyalarni ham keng targ‘ib qilgan. Bu g‘oyalar orasida kishilarni insof-adolatga da’vat etish, ularni mehnat qilishga undash, rostgo‘y bo‘lish, yolg‘on so‘zlashdan tiyilish, bir so‘z bilan aytganda insonlarni axloq-odobga chaqirish kabilar muhim ahamiyatga egadir. Bu esa oddiy ma’naviy hodisa bo‘lmay, o‘sha davrlarda ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivoji holatini belgilovchi mezon hamdir.



Download 195.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling