Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Jadidchilik: mustaqillik uchun kurash g’oyalari


Download 195.3 Kb.
bet36/92
Sana28.10.2023
Hajmi195.3 Kb.
#1732035
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

38) Jadidchilik: mustaqillik uchun kurash g’oyalari.
Turkistonda ma’rifatchilik harakatining avj olishi jadidchilik g’oyalarining vujudga kelishida muhim o’rin egalladi. Lekin Sho’rolar davrida jadidchilik ko’pincha bir tomonlama talqin qilindi, uning g’oya va maqsadlarini soxtalashtirish, hatto uni millatchilik harakati, deb baholash hollari ham bo’ldi. Mustaqillikka erishilgandan so’ng bu harakatni xolisona va ilmiy nuqtai nazardan tadqiq qilish imkoniyati tug’ildi. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari Turkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib bordilar. Jadidchilik harakatining muhim xususiyati uning milliy-ozodlik harakati va Turkistonda milliy burjuaziyaning vujudga kelishi bilan chambarchas bog’liqligi edi.
O’sha davrda jadidchilik harakatining qator vakillari yetishib chiqdi. Bular Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Behbudiy, Fitrat, Cho’lpon va boshqalardir.
Mahmudxo’ja Behbudiy (1875-1919) jadidchilik xarakatining asoschilaridan biri bo’lib, yangi maktablar qurish, yosh avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalash, ularni ilmli qilish, ma’rifat va taraqqiyot uchun kurashga katta hissa qo’shgan mutafakkirdir. Behbudiy yangi maktablar uchun “Risolayi asbobi savod”, “Risolayi jug’rofiyai umroniy”, “Kitobat ul-atfol”, “Amaliyoti islom”, “Risolai jug’rofiyai rusiy” va boshqa darsliklarni yozadi. Uning asosiy asari “Padarkush” dramasidir. Bulardan tashqari, Behbudiy ko’plab publitsistik maqolalar yozdi, matbuotda xizmat qildi, nashr ishlari bilan mashg’ul bo’ldi. Uning maqolalarida millat va Vatan taqdiri, mustaqillik g’oyasi, axloq va ta’lim-tarbiya kabi boshqa masalalar ham o’rin olgan.
Jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Avloniy (1878— 1934) pedagogik faoliyat va badiiy ijodni qo’shib olib bordi. Avloniy ochgan maktablarda dunyoviy fanlarni o’qitish yo’lga qo’yildi. Mutafakkir “Ikkinchi muallim”, “Birinchi muallim” “Alifbedan so’nggi o’quv kitobi” kabi darsliklarni yaratdi.
Ayniqsa, olimning “Turkiy guliston yoxud axloq” darsligi bolalar dunyoqarashi, milliy ongi va mafkurasining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Unda bolalarga ilm-fan sirlarini o’rgatish, yaxshi xulq-odob qoidalarini singdirish, Turkiston xalqini asriy qoloqlikdan qutqarish yo’llari, iqtisod, tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatni xom ashyo qaramligidan xalos etish, ma’rifat va ma’naviyatni yuksaltirish masalalari yoritilgan. Uning “har narsada o’rta iqtisod yo’lini tutmoq lozimdir”, degan fikri hozirda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Uning fikricha, mamlakat boyligi va qudratini oshirish uchun barcha sohada “ilm va ma’rifat ila barobar iqtisod, insof, tuganmas sa’y, bitmas g’ayrat” talab qilinadi. Avloniy “Advokatlik osonmi”, “Biz va Siz”, “Portugaliya inqilobi”, “Ikki sevgi” va boshqa dramatik asarlar yozib, o’zbek teatri hamda dramaturgiyasi rivojiga munosib hissa qo’shdi.
Jadidchilik harakatining yana bir yorqin vakili Abdurauf Fitrat (1884—1939) bo’lib, ilmning ko’p sohalarida ijod qilgan mutafakkirdir. Olim “Sayha” (“Bong”), “Hind sayyohining qissasi”, “Uchqun” to’plami, “Chin sevish”, “Hind istilochilari”, “Uzbek tili grammatikasi”, “Chig’atoy adabiyoti” va boshqa ko’plab asarlar yozdi. Fitratning asarlarida xalqni jaholat va nodonlikdan qutqazish, ilm-ma’rifatga chorlash, milliy mustaqillikka erishish, xalqning o’zligini tanishi, ongining o’sishi, kuchli va rivojlangan davlat tuzish, xalqning bilimdon bo`lib, tijorat va tadbirkorlik bilan shug’ullanishi, Yevropaning fan va texnika yutuqlarini o’rganish kabi g’oyalar ilgari suriladi. “Chin sevish” asarida bir qator dolzarb ijtimoiy-siyosiy masalalarni ko’tarib chiqdi. Bulardan tashqari, tasavvuf ta’limotining mohiyati, yassaviylik, naqshbandiylik, kubraviylik ta’limoti to’g’risida qator ilmiy maqolalar e’lon qildi. Mumtoz qo’shiqchilik san’ati hamda “Shashmaqom”dek noyob durdonaning bizning davrimizgacha omon-eson yetib kelishida Fitratning hissasi beqiyos. Uning rahbarligida “Shash-maqom” musiqa tarixida ilk bora notaga tushirildi. Fitrat adabiyotshunoslikda ham ulkan xizmatlarni bajardi, navoiyshunoslikning birinchi namoyandalaridan biri sifatida e’tirof etildi. Uning yuqoridagi millatparvarlik va vatanparvarlik ruhi bilan sug’orilgan g’oyalari hozir ham tadbirkorlik, ma’naviyat va ma’rifatni ravnaq toptirishda, milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda, xalqning o’zligini anglashida muhim ahamiyatga ega.



Download 195.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling