Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) O’zbekistonda tabiat, jamiyat va insonni asrash


Download 195.3 Kb.
bet88/92
Sana28.10.2023
Hajmi195.3 Kb.
#1732035
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

106) O’zbekistonda tabiat, jamiyat va insonni asrash.
Mamlakatimizning kelajagi to’g’risidagi ilmiy-falsafiy bashorat Prezidentimiz I. Karimov tomonidan «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat», «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» va boshqa bir qator asarlarida asosli ravishda bayon qilib berilgan. Bu asarlarda O’zbekistonning mintaqamizdagi o’ziga xos o’rni, ulkan tabiiy resurslari, demografik omil va inson salohiyatini inobatga olib, boy ma’naviy merosimiz, tarixiy tajriba, milliy qadriyatlarimizga asoslanib, yaqin kelajakda mamlakatimiz, shubhasiz rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o’ringa ega bo’lishi kerakligi bashorat qilingan. Islom Karimov to’g’ri ta’kidlagani kabi: «Jahon sivilizatsiyasi xazinasiga ulkan hissa qo’shgan boy tariximiz, buyuk madaniyatmiz, ko’p avlodlar hayoti davomida vujudga kelgan beqiyos tabiiy va aqliy imkoniyatlarimiz, xalqimizning yuksak madaniyati va axloqiy qadriyatlarimiz, zaminimizda yashayotgan odamlarning mehnatsevarligi, saxovatliligi, bag’rikengligi va jahon hamjamiyatida o’ziga munosib o’rinni egallashga bo’lgan istagi buning garovidir».
Albatta, mamlakatimizda sobiq Ittifoqdan meros qolgan eng global muammo — Orol fojiasi ekanligini bilamiz. Bu borada Respublikamiz mintaqadagi davlatlar orasida ko’pdan-ko’p tashabbuslarni o’rtaga tashlab kelmoqda. Shu bilan birga mamlakatimiz aholisi ham muttasil o’sib bormoqda.
Keyingi paytlarda respublika hukumati onalarning sog’lig’ini muhofaza qilish, tug’ilgan xar bir chaqaloq oldida ota va onaning, qolaversa, jamiyatning javobgarlik hissini oshirish borasida, shuningdek farzandning ota-ona va Vatan hamda xalqi oldidagi burchlarini chuqur anglashlari uchun juda katta ma’naviy rag’batlantiruvchi tadbirlar ishlab chiqqanligi o’ta muhim ahamiyat kasb etdi. Shu maqsadda «Sog’lom avlod» jamg’armasining tuzilishi, «Sog’lom avlod uchun» ordenining ta’sis etilishi fikrimizning dalili bo’ladi.


107) O’zbekistonning jaxon sivilizatsiyasiga qo`shilish yo’lining falsafiy - metodologik muammolari.
Uzbekistonning dunyo sivilizatsiyasiga qo’shilishining asosiy yo’nalishlari, mamlakatimiz istiqloli va o’ziga xos tadrijiy taraqqiyot yo’lining nazariyasi, amaliyoti I. A. Karimovning “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” , “O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy yo’nalishlari”, “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” kabi asarlari, nutq hamda maqolalarida keng yoritilgan.
O’zbekiston mustaqilligi ob’ektiv zaruriy jarayon, ajdodlarimizning azaliy orzusi, o’zbek xalqining buyuk tarixiy yutug’idir. Bunda quyidagilar alohida e’tiborga molik:
— O’zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi;
— milliy mustaqillik ramzlari bo’lgan davlat bayrog’i, davlat madhiyasi, davlat gerbining qabul qilinishi;
— milliy davlatchilik demokratik tizimining shakllanganligi;
— xalqimiz tabiat ato etgan barcha boyliklarga egalik huquqini o’z qo’liga olganligi;
— milliy armiya va xavfsizlik tizimi yaratilganligi;
— milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish.
O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, jamiyat hayotini tubdan isloh etishning asosiy tamoyillari Prezident I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Bu jarayonning umuminsoniy jihatlari va jahon sivilizatsiyasiga xos tomonlarining amalga oshishi muayyan muddatni talab qiladi. Bu muddatda amalga oshiriladigan barcha ishlar o’tish davri zaruratidan kelib chiqadi.
Mustabid tuzum davrida jahon sivilizatsiyasidan ajratib qo’yilgan O’zbekiston bu borada ikkita uzviy yo’nalishda faoliyat yuritishga majbur bo’lmoqda. Birinchidan, mustaqillikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni tiklash va asrab-avaylash asosida o’ziga xos va o’ziga mos yo’ldan borish. Ikkinchidan esa, bu jarayonda umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlash, jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan keng foydalanish, demokratik jamiyat qurish vazifalarini amalga oshirmoqda.
Bir qarashda ikki xil yo’lga o’xshab ko’ringan bu taraqqiyot usuli aslida umumiy jarayonning uzviy bog’liq ikki jihati, bir-birini taqozo etadigan tomonlarning dialektikasidir. O’zbekistonning I.A. Karimov tomonidan asoslab berilgan o’ziga xos taraqqiyot yo’li quyidagi tamoyillarni nazarda tutadi:
1) iqtisodning siyosatdan ustuvorligi;
2) davlatning bosh islohotchi ekanligi;
3) qonun ustuvorligi;
4) kuchli ijtimoiy siyosat;
5) bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish.
O’zbekistonning tadrijiy taraqqiyot yo’li ayrim davlatlarning bozor munosabatlariga “shokterapiya”si usuli bilan o’tish tajribasidan keskin farkdanadi. O’zbekistonning mustabidlikdan qutulgan dastlabki davrdagi o’ziga xos iqtisodiy ahvoli, sobiq ittifoq davrida o’lkaning xom ashyo etkazib berishga ixtisoslashishi kabi og’ir meros bilan birga xalqning ming yillik tajribasi, undan kelib chiqadigan xulosalar bozor munosabatlariga tadrijiy ravishda bosqichma-bosqich o’tishni taqozo etdi.



Download 195.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling