Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Tabiat va jamiyat, ularning o’zaro aloqasi


Download 195.3 Kb.
bet42/92
Sana28.10.2023
Hajmi195.3 Kb.
#1732035
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

45) Tabiat va jamiyat, ularning o’zaro aloqasi.
Tabiat inson mehnati qaratilgan soha, inson mehnatining predmeti, mehnat vositalari va oziq-ovqat zamini deb tavsiflanadi. Inson jismoniy va ma’naviy jihatdan tabiat bilan bog‘langan, ya’ni tabiat insonning ham jismoniy, ham ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. Tabiiy atrof muhit insonni boqib, kiyintiribgina qolmasdan, u axloqiy va estetik munosabatlar obyekti hamdir. Biz tabiatdan, hayvonot va o‘simliklar dunyosidan zavq olamiz, pullar va bog‘lar tashkil qilganmiz, o‘z maqsadlarimizga muvofiq hayvon turlarini yetishtirganmiz.
Jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi aloqadorlik zaminida mehnat yotadi. Mehnat avvalo, odam bilan tabiat o‘rtasida yuz beradigan jarayondir, odam shu jarayonda o‘z faoliyati bilan o‘zi ila tabiat o‘rtasida moddalar ayirboshlanishiga vositachilik qiladi, bu ayirboshlashni tabiatga soladi va nazorat qiladi. Odamning o‘zi tabiat kuchi sifatida tabiat moddasiga qarama-qarshi turadi. Odam tabiat moddasini o‘zi hayoti uchun yaroqli bo‘lgan ma’lum bir shaklda o‘zlashtirishi uchun o‘z tabiiy kuchlarini: qo‘l va oyoqlarini, bosh va barmoqlarini harakatga keltiradi. Shu harakat vositasi bilan tashqi tabiatga ta’sir qilib va uni o‘zgartirib, odam shu bilan birga o‘z tabiatini ham o‘zgartiradi. Kishilar moddiy yaratish, mehnat qilish asosida tabiat kuchlariga ta’sir etganlar, madaniyat tarixini, ijtimoiy munosabatlar dunyosini yaratishga muvaffaq bo‘lganlar.
Odamlar moddiy ne’matlar ishlab chiqarish natijasidagi tabiat kuchlarini yengishga muvaffaq bo‘lganlar. Hayvon, parrandalar, o‘simliklarni, har xil giyohlarni yeydilar, ular tirikchilik vositalarini tabiatdan tayyor holda oladilar. Shuning uchun ham ular tabiatga mutlaq qaramdirlar. Odam esa tabiatga faol ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat yordamida inson tabiat kuchlaridan o‘z maqsadi yo‘lida foydalanadi. Kishilar tabiatdagi narsalarni o‘zgartirib mehnat qurollarini va tirikchilik vositalarini tayyorlaydilar. Odamning hayvondan farq qiladigan muhim tomonlaridan biri ham ana shunda.
Inson tabiat farzandi sifatida paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin insonga xos deb e’tirof etilgan xususiyatlar hammasiga u jamiyatda bevosita aralashishi, ta’lim-tarbiya olish, mehnat qilish orqali erishdi.



Download 195.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling