Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari
Download 195.3 Kb.
|
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e
- Bu sahifa navigatsiya:
- 83) O’zbekiston mustaqilligi va insonning qadr-qimmati.
82) Inson tabiati va moxiyati.
Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o’rganadi. Inson shunday murakkab va ko’p qirrali mavjudotki, uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida inson, shaxs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Inson — o’zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar xos. Inson boshqa mavjudotlardan sotsial xususiyatlari bilan ajralib turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish, o’z-o’zini idora etish, badiiy ijod, axloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar, tabu (taqiqlash) shular jumlasidandir. Insonning psixik xususiyatlariga ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g’am-tashvish, qayg’u, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar kiradi. Inson mohiyatini falsafiy jihatdan chuqurroq tahlil kilishda shaxs, individ, individuallik tushunchalarining mohiyatini bilish va ularni bir-biridan farqlash muhimdir. Shaxs o’zida ijtimoiy fazilatlarni mujassamlashtirgan insonni ifoda etadi. Kishilar shaxs bo’lib tug’ilmaydi, balki jamiyatdagina shaxs bo’lib shakllanadi va rivojlanadi. Chunki insonga xos ijtimoiy fazilatlar avloddan-avlodga irsiy yo’l bilan o’tmaydi. Inson dunyoga kelgan vaqtida jamiyat, siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chiqarish, oila, ommaviy axborot vositalari, mafkura kabi ijtimoiy tuzilmalar mavjud bo’ladi. Inson ta’lim-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar, siyosiy g’oya, milliy mafkura kabi omillar ta’sirida yashaydi, ularni o’zlashtiradi va shu jarayonda ijtimoiylashadi, ya’ni shaxs bo’lib shakllanadi. Natijada insonda yangicha fazilatlar paydo bo’ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat ko’rsata boshlaydi. 83) O’zbekiston mustaqilligi va insonning qadr-qimmati. Insonning jamiyatdagi o’rni, qadr-qimmati borasidagi maqsad va vazifalar: — insonning qadr-qimmatini joyiga qo’yish; — inson uchun baxtli hayot sharoitlarini yaratish; — insonning o’zligini anglashi, ijtimoiy burch va vazifalarini ado etishi, sog’lom avlodlar uzluksizligini ta’minlashi, kelgusi avlodlarga yaxshi xotiralar qoldirishi va iymon-e’tiqodi butun bo’lishi uchun qulay sharoitlar yaratish. Bunday imkoniyatlarni amalga oshirishga xalaqit beradigan nuqsonlar ham inson tabiati bilan bog’liqdir. Hozirga qadar inson to’g’risidagi falsafiy ta’limot va qarashlarda, asosan, uning ijobiy xususiyatlariga, yaratuvchanligiga ko’proq e’tibor berib kelindi. Keyingi vaqtlarda inson borlig’ining salbiy jihatlari ham tahlil qilina boshlandi. Mustaqillik yillarida inson tabiatini chuqurroq o’rganish va undagi salbiy mayllarni bartaraf etishga yordam beradigan falsafiy qarashlarga ehtiyoj vujudga keldi. Shuni ta’kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, xalq manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va me’yorlarni poymol etib, ko’proq g’arazli maqsadlarini amalga oshirishga va turli ixtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Shunday niyatlar yo’lida hatto jinoiy guruhlarga birlashadilar, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim aqamiyatga ega bo’lgan davlat dasturlarini amalga oshirishga to’sqinlik qiladilar. Shuningdek, ular milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlikka raxna soladi, ma’naviy-axloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy adolatga bo’lgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga yetkazishga qarshilik ko’rsatadi. Ular turli ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi ekstremistlar, korruptsiya va jinoyatchilik olami vakillari, giyohvand, poraxo’r, terrorchi va shuhratparastlar kabi jamiyat uchun noxush odamlardir. Insonni falsafiy bilish va taxdil etishda ana shunday kishilar mavjudligini e’tiborga olish muhimdir. Demokratik jamiyat inson huquqlarini ta’minlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yar ekan, bunday kishilarni tarbiyalashga, ularni ijtimoiy foydali mexnatga jalb etishga, kishilar ongida milliy manfaat va ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor beradi. Download 195.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling