Falsafa yunoncha ―phileo‖ – ―sevaman‖, ―Sophia‖ – ―donolik‖ degan ma’noni anglatadi. Insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardan biri


Download 13.51 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi13.51 Kb.
#1028359
Bog'liq
Bekzod Falsafa 1- mavzu


Falsafa - yunoncha ―phileo‖ – ―sevaman‖, ―Sophia‖ – ―donolik‖ degan ma’noni  anglatadi. Insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardan biri. Olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo’qlik kabi ko’plab muammolar haqida bahs yuritadigan fan.  
Faylasuf – Pifagor  Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta'rif berib, u shunday degan: «Hayot o‘yinga o‘xshaydi: ba'zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba'zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o‘ch bo‘lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi»1.
Dunyoqarash - Inson o’zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, unga baho berishi, xulosa chiqarishi bo’lib, dunyoni inson ongidagi o’ziga xos in’ikosidir. Insonning o’ziga va uni qurshab turgan borliqqa bo’lgan munosabatlarini ifodalaydigan ko’nikmalari, malakalari, bilimlari hamda dunyoni amaliy va nazariy o’zlashtirish hamdir. 
Mifologik dunyoqarash - Ijtimoiy taraqqiyotning boshlang’ich bosqichlariga xos bo’lib, dunyoni tushunishning oddiy usuli, xayoliy in’ikosidir. 
Diniy dunyoqarash - Olamdagi voqea va hodisalar sabablarini ilohiy kuchlar, oldindan belgilangan maqsadlar bilan bog’lab tushunishdir. 
Download 13.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling