Falsafada borliq muammosi Gnoseologiya – bilish nazariyasi to’g’risidagi ta’limot Falsafada Rivojlanish muammosi
Download 83.34 Kb.
|
2-мавзу.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- RIVOJLANISh – olamdagi obyektlardagi yangi shakllarni vujudga kelishini, ilgarilanma harakatni, oddiydan murakkablikka o’tishni ifodalovchi falsafiy kategoriya.
- Yangi davr falsafasiga rivojlanish g’oyasini nemis faylasufi G.V.Leybnis kiritgan.
D o g m a t i z m /grekcha dogma – rad qilib bo’lmaydigan, shubhaga o’rin qoldirmaydigan, o’zgarmas mazmunga ega bo’lgan ta’limot, aqida / - aqidaparastlik bo’lib, u fan va amaliyotning yangi ma’lumotlarini, o’rin va konkret sharoitlarni hisobga olmasdan, mazmunan «qotib» qolgan, eskirgan tushunchalar va qoidalarga tayanib hodisalarga baho berish, tasavvurga ega bo’lish va shu asosda u yoki bu faoliyatni amalga oshirish usulidir. Dogmatizmni vujudga keltiradigan sabab va shart – sharoitlar obyektiv va subyektiv xarakterga ega. Uning obyektiv, ijtimoiy zaminda mavjud ahvolning turg’unligini saqlashga qaratilgan shaxsiy va gruppaviy mafaatlar, shu manfaatlar, shu manfaatlarni oziqlantirib turuvchi iqtisodiy holat va hayot tarzi yotadi. Yana bita obyektiv sabab shundan iboratki, fan – texnika va ijtimoiy taraqqiyot sharoitida voqyealikdagi o’zgarishlar kishilar tomonidan shu o’zgarishlarni anglab olishlariga qaraganda tezroq sodir bo’ladi. Inson voqyealikka nisbatan /fikrlash inersiyasi, o’zgarmas qolipga solingan tushunchalar va aqidalar bilan ish ko’rish shaklida/ ruhiy ko’nikish va o’ziga xos ma’naviy immunitet hosil qilgan, uning tafakkuri dogmatik xarakterga ega bo’la boshlaydi.
Dogmatizmning subyektiv asosini u yoki bu shaxsning avtoritetiga /lat. autoritas- e’tibor, kuch, obro’ /ko’r – ko’rona ishonish, mafkuraviy va nazariy tasavvurlarningmazmuni o’zgarmagan holda kishining dunyoqarashi tizimida chuqur o’rnashib qolishi, eskirgan qoida va tamoyillarni himoya qilish, ularning ahamiyatini bo’rttirish , yangilikdan hadiksirash, nazariyaning amaliyotdan ajralib qolishi tashkil qiladi. RIVOJLANISh – olamdagi obyektlardagi yangi shakllarni vujudga kelishini, ilgarilanma harakatni, oddiydan murakkablikka o’tishni ifodalovchi falsafiy kategoriya. Rivojlanish tushunchasi tabiatshunoslik fanlarining, xususan, biologiya, geologiyaning, keyinroq, kosmologiyaning vujudga kelishi munosabati bilan shakllandi va falsafiy tafakkurga kirib keldi. Yangi davr falsafasiga rivojlanish g’oyasini nemis faylasufi G.V.Leybnis kiritgan.Mazkur ta’limotda Leybnis "evolyusiya" (lotincha: evolvo - ochilish, yozilish) va "rivojlanish" (de’voloppement., nem. Entwicrlung) tushunchalarini tirik tabiatga nisbatan ishlatgan edi. Kant falsafasida esa, ular, universal falsafiy tushunchalar sifatida, butun tabiatga nisbatan ishlatila boshlandi. Keyinchalik, Kant "evolyusiya" tushunchasini jamiyatga nisbatan ham ishlatdi. XVIII asrning oxiriga kelib, rivojlanish tushunchasi barqaror ma’no kasb etdi. Rivojlanish haqidagi teran falsafiy g’oyalar nemis mumtoz falsafasida, xususan Kant, Gegel ta’limotlarida, bayon etilgan, deb hisoblab kelingan edi. Vaќolanki, Gegelning o’zining tan olishiga ko’ra, uning rivojlanish haqidagi dialektik oyalarining shakllanishiga so’fizm ta’limotining taniqli namoyandasi - J.Rumiy asarlari kuchli ta’sir ko’rsatgan. Hozirgi davrda rivojlanish tushunchasi, o’zgarish tushunchasi yordamida, ta’riflanadi. Shunga ko’ra, rivojlanish - ortga qaytmaydigan, muayyan yo’nalish bo’yicha, qonuniyatli ravishda sodir bo’ladigan o’zgarishdir. Ana shu uch jihatning birgalikda mavjud bo’lishi rivojlanish tushunchasini aniq ta’riflanishiga xizmat qiladi. Agar shu jihatlardan birontasi qatnashmasa, bunday o’zgarish rivojlanish, hisoblanmaydi. Rivojlanish natijasida, obyektda, yangi sifat holati vujudga keladi. Rivojlanish, o’z mazmuniga ko’ra, ikki jihatni qamrab oladi. Bular evolyusiya va revolyusiyadir. TARAQQIYoT – borliqning eng umumiy xossalaridan biri bo’lib, u predmetning yangi sifat holatiga o’tishida, tarkibi va strukturasining, xossalari, aloqalarni va munosabatlarining o’zgarishida o’z ifodasini topadi.Vaqt taraqqiyotning muhim xususiyatlari qatoriga kiradi. Har qanday taraqqiyot real vaqtda sodir bo’ladi va bu uning orqaga qaytmas yo’nalishga ega o’zgarish ekanligini namoyon qiladi. T. g’oyasining shakllanishi va asoslanishida yangi davrda eksperimental fanlarning vujudga kelishi, ayniqsa, ilmiy komologiyaning paydo bo’lishi, biologiya va geologiyada evolyusiya nazariyalarining yaratilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Nemis klassik falsafasida, xususan yegal sistemasida bu g’oya har tomonlama chuqur o’rganildi va uning natijasi sifatida t. haqidagi yaxlit falsafiy ta’limot – dialektika nazariyasi shakllandi. Unda taraqqiyotning manbaini ziddiyatlar amalga oshishi mexanizmini – miqdor va sifat o’zgarishlarining o’zaro aloqadorligi, yo’nalishini – dialektik inkorga asoslangan abstraktlilikdan konkretlilikka tomon bo’lgan harakat tashkil etishi haqidagi chuqur ma’noga ega fikrlar mantiqan asoslandi. IX asrning ikkinchi yarmida keng tarqalgan tekis evolyusiya nazariyasi negizida t.ning chiziqli yo’nalishga ega bo’lgan bir tekisdagi evolyusion jarayon ekanligi haqidagi tasavvur yotadi. Uni tanqid qiluvchi ijodiy evolyusiya (emerjent evolyusiya) konsepsiyasida t. indeterminizm va subyektivizm ruhida talqin qilinadi. XX asrda ilmiy bilishning rivojlanishi, ayniqsa biologiya, madaniyat tarixi sohalarida erishilgan muvaffaqiyatlar ta’sirida t.ning ichki mexanizmlari haqidagi tasavvurlar kengaydi. Xususan, t. o’zining katta yo’nalishlarida, mas., organik dunyo evolyusiyasi yoki sivilizasiya rivojida bir jinsli emasligi, turli xil tendensiyalardan: progress, regress, turg’unlik kabi jarayonlardan tashkil topishi (mas., organizm va sivilizasiyaning ba’zi turlarining yo’q bo’lib ketishi, boshqalarining paydo bo’lishi, mavjudlarining modifikasiyaga uchrashi) ma’lum bo’ldi. Download 83.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling