Falsafada borliq muammosi Gnoseologiya – bilish nazariyasi to’g’risidagi ta’limot Falsafada Rivojlanish muammosi


Download 83.34 Kb.
bet11/20
Sana28.12.2022
Hajmi83.34 Kb.
#1024383
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
2-мавзу.docx

S o f i s t i k a / grekcha sofizm – uydirma, ayyorlik / ongli ravishda mantiqning qonun va qoidalarini buzish, soxta dalillarni ishlatish asosida sirtdan, shaklan to’g’ri bo’lib ko’ringan mulohaza yuritish usulidir. Sofistik tarzda fikrlovchi kishilar voqyealikni in’ikos etuvchi tushuncha va hukmning mazmuni nisbiyligini, bilish jarayonini murakkabligini, so’zlarni esa ko’p ma’noga ega ekanligini nazarda tutib, hamda juziy manfaatlarni ko’zlab tushunchalarni almashtirishga, hiyla – nayrang yo’li Bilan to’g’ridek ko’ringan, aslida noto’g’ri bo’lgan xulosalarni chiqarishga harakat qiladilar. Bu yerda shuni ta’kidlash joizki, ba’zi bir adabiyotlarda sofistika metafizikani bir ko’rinishi deb belgilangan1. fikrimizcha bunday deyish anglashilmovchilikdir. Metafizik usul sofistikadan farq qiladi. Metafizikcha yondashuvda narsa va hodisalar sifat jihatdan o’zgarmas, taraqqiyot esa ko’payish yoki kamayish deb tushuniladi., rivojlanish jarayonini ziddiyatli tomonlari inobatga olinmaydi. Lekin metafizik tarzda fikrlovchi faylasuflar, olimlar, agarda Biron - bir tor shaxsiy yoki guruhga oid maqsaddaye kelib chiqqan manfaatga intilish bo’lmasa, sofistik usulni qo’llashmaydi.
E k l ye k t i k a – turli, ko’pincha qarama – qarshi nuqtai nazar, ijtimoiy – falsafiy qarashlar, siyosiy tamoyillarni bir – biri Bilan aralash – quralash qorishtirib nazariy, g’oyaviy «moshkichirini» hosil qilish usulidir. Masalan, parapsixilogik asarlarda, okkultizmga / lat. okkultus – sirli, pinhon; g’ayritabiiy kuchlar bilan muloqotda bo’lish mumkinligini e’tirof etadigan ta’limot/ oid mulohazalarda inson ongini mohiyati va xususiyati falsafiy, diniy, fizikaviy/ energetik/ tasavvurlar orqali izohlanadi, tafakkur – psixoenergetik kuch, astral/ lat. astralis – yulduzli; samoviy yulduzlar bilan g’ayritabiiy tarzda bog’lanish ma’nosida/ mohiyatga ega deb ta’riflanadi2. manna shu tarzda ongning mohiyatini izohlash muammoga eklektik yondashuvdan darak beradi.
M ye t a f i z i k a /grekcha: meta ta fizika – fizikadan keyin keladigan/1 dialektikaga zid bo’lgan tafakkur usulidir. Metafizikcha tarzda fikrlovchi kishilar odatda narsa va hodisalarga /ma’lum darajada/ xos bo’lgan baraqarorlikka, muvozanat holatiga asoslanadilar. Nazariy bilish sohasida metafizikcha fikrlash tahlil qilinayotgan predmetdagi barqarorlikni, ayniyatlikni, xossa va sifatning turqunligini bo’rttirib yuboradi. Keng ma’noda m ye t a f i z i k a – voqyealikni bilish jarayonida namoyon bo’ladigan bir yoqlamalikni, predmetlarni barqaror va bir – biridan mustaqil deb tushunishni, o’zgarish va rivojlanishning manbai ichki va tashqi bog’lanishlar, ziddiyatlar ekanligini, qarama – qarshi tomonlarning bir – biriga o’tishi mumkinligini inobatga olmaydigan tafakkur usulini anglatadi.

Download 83.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling