Falsafada borliq muammosi Gnoseologiya – bilish nazariyasi to’g’risidagi ta’limot Falsafada Rivojlanish muammosi


Download 83.34 Kb.
bet10/20
Sana28.12.2022
Hajmi83.34 Kb.
#1024383
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
2-мавзу.docx

FALSAFADA RIVOJLANISh MUAMMOSI

Dialektika ta’limotini muhim vazifalaridan biri insonni olam bilan bog’lab turadigan, predmetlarning harakatlari va o’zgarishlarida namoyon bo’ladigan aloqadorliklar va qonuniyatlar to’g’risida umumiy tasavvurlarni, tushunchalarni shakllantirishdir.


Borliqni dialektik tarzda o’rganishni muhim nazariy natijalaridan bir – moddiy va ma’naviy predmetlar olamida yakka, juz’iy va umumiy aloqa va bog’lanishlar bilan birga eng umumiy, universal (har tomonlama, beistisno barcha narsa va hodisalarga xos bo’lgan) aloqadorliklar mavjudligi haqidagi talimot bo’lib, yalpi, universal aloqadorlik munosabat, aloqa, bog’lanish, ta’sir va aks ta’sir orqali o’zini namoyon etadi. Shu bilan birga munosabat har qanday aloqa, bog’lanish, ta’sir va o’zaro ta’sirga xos bo’lgan muhim tomon yoki jihatdir.

Antik davrda dialektik tarzda fikrlovchi faylasuflarning muxoliflari ham bo’lgan. Ular olamni, undagi narsalarning harakatini, o’zgaruvchanligini inkor qilishgan. Eleatlik Parmenidning fikricha, haqiqiy borliq yagonadir, abadiy, harakatsiz va bo’linmasdir. Uning shogirdi Zenon mantiq qoidalarini dalil qilib hodisalarning ziddiyatli bo’lishi, o’zgaruvchanligi haqidagi tasavvurlarning asossiz ekanligi ko’rsatishga urindi. «Yoy o’qi» deb nomlangan aporiyada /grekcha – aporiya – mushkul masala,yechimi qiyin bo’lgan hukm/ quyidagi fikr keltirilgan. Agarda uchuyotgan yoy har daqiqada ma’lum joyoni egallaydi / ya’ni sukunat saqlaydi/ deb faraz qilsak, unda harakat mumkin emas. Chunki sukunatlar yiqindisidan faqat sukunat hosil bo’ladi2.


«Dialektika» atamasi grekcha «dialegomai» /suhbatni olib borish, bahslashish/ so’zidan kelib chiqqan. Shu so’zdan «dialektike texne» /bahslashuv san’ati/ iborasi hosil qilinib, uni Suqrot munozara olib borish usuli sifatida tatbiq qildi. Mutafakkir yashagan davrda antik demakratiya doirasida ijtimoiy hayotda /ta’lim tarbiya ijtimoiy faoliyat, davlatni boshqarish sud ishlari soharida/ dialog munozara va bahsning ahamiyati oshadi. Suqrot bahslashuv san’atini tushunchalar va hukmlarni tahlil qilishda yakka tushunchalardan umumiy tushunchalardan umumiy tushunchalarga o’tishda muhim rol o’ynashini anglab mayevtika /grekcha – doya san’ati/ usulini ishlab chiqdi. Mayevtikaga binoan biron bir falsafiy muammo /masalan «olam», «aql», «nafosat» kabi tushunchalarni tahlil qilish/ yuzasidan suhbat bo’ladi, suhbat davomida ketma – ket berilgan savollar orqali olinayotgan javoblarning to’g’ri yoki notqg’riligi aniqlanadi, hukmlardagi ziddiyatlar ochiladi, kundalik hayotda ishlatiladigan so’zlar va tasavvurlarni sayoz mazmunga ega bo’lishi ko’rsatiladi. Natijada suhbatdosh tomonlar maqbul fikrga kelganlar, narsa va hodisalarning mohiyatini ochib beradigan haqiqatni izlab topishiga harakat qilganlar.
Aflotun ustozi Suqrotni dialektikaga oid fikrlarini tizimga soldi. Mutafakkuir, dialektika – bu olam, inson va bilish jarayonining mohichtini, borliqning umumiy tomonlari va turkumlarini harakat, sukunat, tafavut, ayniyat. Borliq kategoriyalari yordamida tushuntirib beradigan bilim sohasidir, degan fikrga kelgan.
Aristotel o’zidan oldin ijod etgan faylasuflarni stixiyali dialektik qarashlaridan xabardor bo’lgan, borliqdagi narsalarni xossalari va mohiyatini, ularni in’ikos tasavvurlarni o’zgarib turishini e’tirof etgan. Lekin mutafakkir dialektika usuliga Suqrot va Aflotun bergan tushuntirishdan farq qiluvchi izohni bergan. Uning fikricha dialektika ehtimolli hukmlarni tahlil qilish sohasida qo’llaniladigan usuldir. Dialektik isbotlashda ehtimolli hukmlardan ehtimolli xulosa kelib chiqadi. Mantiqiy zaruriyat holatida apodiktik /grekcha – ishonchli, shak – shubhasisiz/ hukmlardan xulosa chiqarishda dialektika qo’llanilmaydi.

Ba’zi bir obyektiv sabablarga ko’ra, haqiqatga intilish turli g’oyalarga, to’siqlarga uchrab turadi. Ijtimoiy hayotda bo’lganidek, bilish sohasida ham bir – biriga muqobil munosabatda bo’lgan yondashuvlar, usullar mavjuddir. Shular jumlasiga dialektikaga qarama –qarshi bo’lgan sofistika, eklektika, dogmatizm va metafizika kiradi.



Download 83.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling