Falsafada borliq muammosi Gnoseologiya – bilish nazariyasi to’g’risidagi ta’limot Falsafada Rivojlanish muammosi


Rasionallik – bu inson aqlini bilishning va kishilar xulq-atvorining asosi deb hisoblovchi falsafiy tushuncha


Download 83.34 Kb.
bet7/20
Sana28.12.2022
Hajmi83.34 Kb.
#1024383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
2-мавзу.docx

Rasionallik – bu inson aqlini bilishning va kishilar xulq-atvorining asosi deb hisoblovchi falsafiy tushuncha. Rasionallikka ko’ra, ilmiy (ya’ni obyektiv, umumiy, zaruriy) bilimga bilishning manbai va uning haqiqiyligi mezoni — aql vositasidagina erishiladi.
Fan rivojlanishining asosiy omili sifatida rasionallik muhim o’rin egallaydi. Chunki rasionallikka tayanib harakat qilish fanning ham falsafaning ham yutug’idir. Inson rivojlanishi, uning faoliyati asosan fan bilan bog’liq ekan, fan rasionallikning eng yuqori bosqichi hisoblanib, uning rivojlanishi bir tomondan qaraganda texnika va texnologiyalarning asosi bo’lib, jamiyat ilmiy-texnik taraqqiyotining sababchisidir. Fan rasionallikka asoslangan holda ilmiy bilim olish vositasi sifatida shakllangan. Shuning uchun fan ijtimoiy institutlar orasida spesifik xususiyatga ega.
Rasionallik insonning har qanday bilish jarayoniga nisbatan aqliy bilishni ustun qo’yadi. Har bir inson o’z hayoti va faoliyati davomida maqsadga muvofiq, rasional va reja asosida harakat qiladi. Shunday ekan rasionallik insonning bilish jarayoni va boshqa ko’rinishidagi faoliyatida ham hissiy bilish shakllariga nisbatan aqlni ustivor qo’yuvchi ta’limoti bo’lib, insonning ma’naviy, ruhiy faoliyatida barcha ashyo, narsalar, hodisalarni qanday bo’lsa aynan ana shunday holda bilish qobiliyati, mavhum fikrlash va tushunchalar yaratish xususiyatidir.
Adabiyotlarda biz rasionallikning quyidagicha ta’riflarini uchratamiz:
1) Ilmiy faoliyatning rasionalligi. Falsafa va fan metodologiyasida bilish faoliyatining me’yor va ideallari, asoslash, tushuntirish va tavsiflash, me’yor va etalonlari, isbotlash me’yorlari, bilimlarni tashkil etish ideallariga katta e’tibor beriladi: 2) Rasionallik ijtimoiy anglangan maqsadlarga yetishish va ularni muayyan ilmiy jamoa tomonidan qabul qilishning optimal normativlik, qoida, me’yor, etalon, standartlar majmuasi sifatida.
Rasionallikka bo’lgan qiziqishning asosi shundaki, rasionallik tabiati bilan bog’liq masala faqatgina nazariy bo’lmay, balki xayotiy-amaliy masala hamdir. Chunki jamiyat rivojlanishi ijtimoiy ong, falsafa va sosiologiyada rasionallikka chuqur qiziqish o’yg’otdi.
Agar biz sezgilar vositasida hodisalar olamini aks ettirsak, sezgi bilan idrok etib bo’lmaydigan mohiyatni aql bilan bilib olamiz. Aql bizning sezgi a’zolarimiz tashqi olamdan olgan axborotlarga asoslanib, hodisalar mohiyatini xiralashtiruvchi va yashiruvchi tashqi, tasodifiy holatlardan abstraktlashib hodisalar dunyosini tashqi, nomuhim xususiyatlar va aloqalardan xalos qiladi. Muhimni nomuhimdan farqlantira va ajrata olmaydigan sezgilardan farqli o’laroq, aql hodisalardan hamma narsani emas, balki faqat eng muhimini, barqarorini, qonuniyatlisini oladi. Shuning uchun abstraksiyalar xissiy bilish uchun g’oyat harakaterli bo’lgan yorqinlik, bevositalik va yaqqollikdan mahrumdir.
Rasional, abstrakt-mantiqiy tafakkur hodisalar olamining qonuniyatli aloqalarini bilishga imkon beradi, bu esa insonga tashqi dunyoni bemalol tushunib olish va tevarak-atrofdagi voqyelik hodisalari va jarayonlaridan o’z manfaatlari yo’lida foydalanish uchun zarurdir.

Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar hosil qilish butun insoniyatga xos bo’lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy ehtiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug’ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi alohida sosial guruh vujudga keldi. Bular — ilm-fan kishilari bo’lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shuQullanadilar.


Hissiy bilish deyilganda, odatda, insonning his qilishi, sezgi a’zolari orqali predmet va hodisalarni, ularning tashqi tomonlarini, tashqi belgi va xususiyatlarini bevosita bilish tushuniladi. Insonning bu bilishi, deyarli hayvonlarga ham xos bo’lgan bilish bilan bir xil xususiyatlarga ega bo’lgan bilishdir (lekin ular tub farqlarga ham ega).
Hissiy bilish jonli mushohada bilimning dastlabki manbaidir. Hissiy bilishda narsa va hodisalar bevosita aks ettiriladi. Hissiy bilishning sezgi, hissiy qabul (yoki idrok), tasavvur kabi shakllari mavjud. Hissiy bilish bosqichida narsalar, hodisalarni alohida-alohida, bir-biridan ajratilgan holda aks ettiramiz. Shu sababli bu bosqichda narsa va hodisalar o’rtasidagi aloqadorlik, bog’lanish nazardan chetda, ularning mohiyati ochilmay qoladi.
Ilmiy bilish – inson faoliyatining empirik bilish bilan nazariy bilishning chambarchas bog’liqligidan iboratdir. Empirik bilish insonning narsalarga bevosita (yoki asboblar yordamida) ta’sir ko’rsatishi jarayonida yuzaga keladi. Uning metodlari kuzatish, tasvirlash, tajriba, o’lchovdir.
Nazariy bilish deb, inson fikrning voqyelik hodisalarni mohiyatiga chuqur anglab olishdir. Uning shakllari mavhumlik va muayyanlik, modellashtirish, formalizasiyalashtirish, nazariyalar yaratish va bilishdir.

Download 83.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling