Falsafada borliq muammosi Gnoseologiya – bilish nazariyasi to‘g‘risidagi ta’limot Falsafada rivojlanish muammosi


Download 32.72 Kb.
bet6/9
Sana15.06.2023
Hajmi32.72 Kb.
#1477259
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Mavzu

D o g m a t i z m (grekcha dogma – rad qilib bo‘lmaydigan, shubhaga o‘rin qoldirmaydigan, o‘zgarmas mazmunga ega bo‘lgan ta’limot, aqida) - aqidaparastlik bo‘lib, u fan va amaliyotning yangi ma’lumotlarini, o‘rin va konkret sharoitlarni hisobga olmasdan, mazmunan «qotib» qolgan, eskirgan tushunchalar va qoidalarga tayanib hodisalarga baho berish, tasavvurga ega bo‘lish va shu asosda u yoki bu faoliyatni amalga oshirish usulidir. Dogmatizmni vujudga keltiradigan sabab va shart-sharoitlar obyektiv va subyektiv xarakterga ega. Uning obyektiv, ijtimoiy zaminda mavjud ahvolning turg‘unligini saqlashga qaratilgan shaxsiy va gruppaviy mafaatlar, shu manfaatlar, shu manfaatlarni oziqlantirib turuvchi iqtisodiy holat va hayot tarzi yotadi. Yana bita obyektiv sabab shundan iboratki, fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyot sharoitida voqyealikdagi o‘zgarishlar kishilar tomonidan shu o‘zgarishlarni anglab olishlariga qaraganda tezroq sodir bo‘ladi. Inson voqyealikka nisbatan (fikrlash inersiyasi, o‘zgarmas qolipga solingan tushunchalar va aqidalar bilan ish ko‘rish shaklida) ruhiy ko‘nikish va o‘ziga xos ma’naviy immunitet hosil qilgan, uning tafakkuri dogmatik xarakterga ega bo‘la boshlaydi.


4- reja. Falsafa kategoriyalari
Kategoriya yunon tilidan olingan bo‘lib, «izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Kategoriyalarni falsafa tarixida birinchi bo‘lib Arastu ta’riflab bergan.
U o‘zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni obyektiv voqelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqye», «harakat», «azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.
In’ikos etilayotgan aloqadorlik va bog‘lanishalrni, borliqning universal xislatlari va qonuniyatlarini miqyosi va mazmunini nazarga olib falsafiy kategoriyalarni uch turkumga bo‘lish mumkin:

  1. Borliq to‘g‘risidagi ta’limot kategoriyalari (borliq, olam, substansiya, materiya, harakat, makon va vaqt, cheklik va cheksizlik va boshqalar)

  2. Bilish nazariyasiga oid kategoriyalar (bilish, in’ikos, haqiqat, adekvatlik, obraz, tafakkur va boshqalar)

  3. Dialektika kategoriyalari (yakkalik va umumiylik, xodisa va mohiyat va boshqalar)


Download 32.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling