Falsafada borliq muammosi Gnoseologiya – bilish nazariyasi to‘g‘risidagi ta’limot Falsafada rivojlanish muammosi
Download 32.72 Kb.
|
2-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaruriyat va tasodif.
Sabab va oqibat. Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga ko‘ra, ularning mazmuni va shakli o‘zgarib turadi. O’z navbatida, har qanday sistemaning elementlari o‘rtasidagi strukturaviy bog‘lanish konkret mazmunga ega bo‘lib, unga mos mazmunlarda o‘z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakl o‘rtasidagi aloqadorlik, bog‘lanish, munosabatning xarakteri muayyan sababga asoslanadi. Ya’ni, narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon bo‘lishi, muayyan sabab oqibatidir. Demak, narsa va hodisalarning tadrijiy rivojlanishi sabab-oqibat munosabatlari tarzida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, sabab biror narsa va hodisa rivojlanish jarayonining oqibatidir.
Narsa va hodisalarning rivojlanishi asos bo‘lgan sabablar tizimi mavjud. Ularni shartli ravishda: asosiy va asosiy bo‘lmagan, muhim va muhim bo‘lmagan sabablarga ajratish mumkin. Sababning mohiyati avvalgi hodisalarning oqibati sifatida vujudga kelayotgan hodisalar uchun sababligidadir. Shunga ko‘ra, sababni bir vaqtning o‘zida oqibat tarzida qarash mumkin. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, har qanday oqibat sabab tarzida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, sababni narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon va zamondagi davriy takrorlanishdan farqlash kerak. Chunki, sabab mavjudlikning genetik bog‘lanishlarini, aloqadorliklarini ifodalashi bilan birgalikda, ularning istiqbollarini ham belgilab beradi. Hyegel tili bilan aytganda, sabab-mohiyatning harakatdagi mavjudlik holatidir. Sabab falsafiy kategoriya sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: 1) uning obyektiv xarakteri narsa va hodisalarning ichki, tarkibiy elementlari munosabatlariga xos bo‘lib, mohiyatning real mavjudlik holatini ifodalaydi; 2) sababning konkretligi narsa-hodisalarning xususiyatlaridan kelib chiqadi, hamda uning individualligini ta’minlaydi; 3) sabab umumiy xarakterga ega bo‘lib, hyech qanday narsa va hodisaning rivojlanishi sababsiz sodir bo‘lmaydi; 4) sabab zaruriy bo‘lib, muqarrar ravishda, muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi; 5) sababning uzluksizligi, bir tomondan, turli sabablarning izchil bog‘lanishlarini, munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sababning oqibat tarzida oldingi sabab bilan bog‘liqligini xarakterlaydi. Zaruriyat va tasodif. Obyektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat – narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa – zaruriyatning namoyon bo‘lish shaklidir. 11 Философский энциклопедический словарь. М., 1983. С. 628. 22 Қаранг: Клизовский А.Й. Основы миропонимания новой эпохи. Таллин, 1991. С. 15. Download 32.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling