Falsafada uslub muammosi kirish reja: Falsafada usul va uslub muammosi
Download 37.69 Kb.
|
FALSAFADA USLUB MUAMMOSI1
Falsafiy kategoriyalar.
Bu so‘z qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish», degan ma'nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma - xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga aylangan. Falsafa tarixida ularni birinchi bo‘lib, Arastu ta'riflab bergan. U o‘zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni ob'ektiv voqyelikning umumlashgan in'kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqye», «harakat»,«azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan. Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o‘rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e'tirof qilinadi. Ma'lumki, ungacha Yunonistonda ko‘proq politika va ritorika (notiqlik san'ati) fanlari sistemalashgan, ya'ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki o‘sha davrda qo‘shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ammo o‘sha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, hali go‘yoki shakllanmagan fan bilan shug‘ullangani va yoshlarni bu ilm yo‘liga boshlab, ularning noto‘g‘ri tarbiyasiga sabab bo‘lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun turtki bo‘lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta'riflagan va falsafani fan darajasiga ko‘targan. O‘sha davrdan boshlab falsafa o‘z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo‘lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar. XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. Xususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, ko‘plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va harakat, o‘zaro ta'sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqyelik va novoqyelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli o‘laroq, Hyegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me'yor), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (ob'ektiv, sub'ektiv, absolyut g‘oya) tarzida izohlagan. Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) ob'ektiv voqyelikning in'ikosi; 2) narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o‘zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri. Ko‘pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqyealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo‘shiladilar. Bu ma'noda borliq, voqyelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir. Falsafada o‘z xususiyatlariga ko‘ra, «juft kategoriyalar» deb ataladigan; umumiy bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo‘nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog‘lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining uzluksizligini ta'minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan. Alohidalik, xususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik - olamdagi alohida, individual tarzda namoyon bo‘layotgan narsa - hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bo‘lishidir. Alohidalik va umumiylik o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi konkretlik bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchidan, «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bo‘lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon bo‘lish shaklidir. Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alohidalikdan xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka o‘tish tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday alohidalikning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan iboratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo‘lsa ham, bu jarayon turli ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun o‘ziga xos bo‘lgan modelni taqozo qiladi. Alohidalikning umumiylikdan farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini qo‘llash bozor strategiyasi va taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga yordam beradi. Alohidalik yoki, ba'zi falsafiy adabiyotlarda ko‘rsatilganidek, yakkalikni muayyan xossa hamda xususiyatga ega bo‘lgan narsa va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan konkret holati, boshqacha kilib aytganda, har qanday hodisa va narsaning ichki sifat muayyanligi, individualligi deyish mumkin. Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muayyan turg‘unlikka ega bo‘lgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun, Arastu). Hyegel, alohidalikni voqyealarning zaruriy shakli, makon va zamondagi tafovutlarning namoyon bo‘lish momenti sifatida qaraydi. Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohidalikning umumiylikdan farqini mutlaqlashtirish natijasida muayyan qarashlar vujudga kelishi mumkin (Bu haqda «Osiyosentrizm» va «evropatsentrizm» to‘g‘risida eslash kifoya). Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojlanishida muayyan ichki birlik mavjud bo‘lib, madaniyat tarixida har bir xalq, millat o‘z o‘rni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning uchun umuminsoniyat sivilizatsiyasi tarkibidagi milliy madaniyatni mutlaqlashtirish, muayyan siyosiy manfaatlarga asoslangan bo‘lib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan boshqa narsa emas. Bu XX asrning 30-yillarida fashizm mafkurasini shakllantirgan asosiy sababalardan biri edi. Haqiqat – bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi, chunki haqiqat ongdan, bilayotgan sub'ektdan tashqarida va undan qat'iy nazar mavjuddir. Haqiqat – bilimlarning ob'ektiv borliqqa muvofiq bo‘lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish in'ikosining natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab yetilgan tasdiqlovchi mulohazalar ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba'zan boshqa, yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. Shu ma'noda haqiqat – bilish rivojlanishining yakuni va omilidir. Download 37.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling