Falsafada uslub muammosi kirish reja: Falsafada usul va uslub muammosi


Download 37.69 Kb.
bet8/10
Sana03.11.2023
Hajmi37.69 Kb.
#1743081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
FALSAFADA USLUB MUAMMOSI1

Emotsiyalar. iroda, ishonch, ideal. Ilgari sezgilar hodisalarning muhim jihatlariga nisbatan neytral deb qaralar edi. Odatda bu neytrallik mavjud bo‘lmaydi. Bu holda sezgilar sub'ektga yuz berayotgan voqyeaning shaxsiy ma'nosini tushunish imkonini beruvchi kechinmalar sifatida amal qiladi. Hodisalar va holatlar ahamiyatini bevosita his etish emotsiyalar deb ataladi. Ijobiy emotsiyalar – lazzatlanish, quvonch, hayrat, muhabbat va sh.k. Salbiy emotsiyalar - qo‘rquv, hayiqish, nafrat, qayg‘u va sh.k. Insonning emotsiyalar dunyosi juda murakkab bo‘lib, uni psixologiya atroflicha o‘rganadi. Falsafiy jihatdan emotsiyalarni ekzistensializm ko‘proq o‘rgangan bo‘lib, bu yerda ekzistensial deganda ko‘pincha vaziyatli emotsiyalar (kuchli ruhiy hayajonlanish, ehtiroslar) emas, balki inson borlig‘ining barqaror strukturalari tushuniladi. Inson emotsiyalariga uning butun hayot tajribasi kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Ba'zan bir so‘z bilan ifodalangan qisqacha xabar inson o‘limiga sabab bo‘lgan hollar ma'lum.
Iroda inson ruhiyatining har xil shakllari orasida – sub'ektning o‘z faoliyatini o‘zi tartibga solishi muhim ahamiyatga ega. Kant va Fixte uchun iroda axloqiy tamoyillarni ro‘yobga chiqarish manbai, inson amaliy faoliyatining negizi hisoblanadi. Shopengauer va Nitsshe uchun iroda – borliqning irratsional impulsi. Bu yerda iroda ruhiyat doirasidan butunlay chiqariladi.
Ishonch insonning qadriyatlari va mo‘ljallari dunyosida biron-bir narsa yoki hodisani haqiqiy deb qabul qilishida muhim ahamiyatga ega. Ishonchga shubha zamin hozirlaydi, u bir qancha ruhiy holatlar natijasida ishonchga aylanadi. Ilohiyotchilardan farqli o‘laroq, faylasuflar shubha va ishonchning o‘zaro nisbatiga ko‘proq e'tibor beradilar. Diniy e'tiqod odatda vahiyning bevosita mahsuli sifatida isbotlashga muhtoj emas deb qaraladi. Shveytsariyalik taraqqiyparvar ilohiyotchi Karl Bart e'tiqodning isboti uning o‘zida deb hisoblagan. Faylasuf Karl Yaspers uchun falsafiy e'tiqod – falsafiy mushohada yuritish natijasidir.
Ideal pirovard kelajakning muayyan obrazi emas, balki qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan har xil nazariy va boshqa tasavvurlarning kelajakka qaratilgan majmui. Ideal doim ham pirovard maqsadning ustunligiga bog‘lanmaydi. Muayyan pirovard maqsadning ustunligi, ayniqsa, agar u olis kelajakda bo‘lsa, utopiyaga olib keladi. Ayrim utopistlar erkinlikning ustunligini tan oladi, boshqa utopistlar bu o‘ringa adolatni qo‘yadi, utopistlarning uchinchi toifasi faqat ijtimoiy mulkni tan oladi, to‘rtinchi toifasi esa, aksincha, xususiy mulkni hamma narsadan ustun qo‘yadi. Xullas, ideal yaratish, agar unga yetarli darajada mas'uliyat bilan yondashilmasa, utopiyaga olib keladi. Ayni vaqtda, ideal yaratish – inson yutuqlarining muhim negizi. Agar insoniyat ideal yaratish bilan shug‘ullanmaganida, o‘zining hozirgi taraqqiyotiga erisha olmagan bo‘lar edi. Biroq ideal yaratish jarayoni oqilona kechishi uchun rivojlangan, zamonga hamohang falsafa bo‘lishi lozim. To‘g‘ri falsafiy mo‘ljallar utopizmdan saqlaydi. Asosan XX asrda shakllangan noklassik falsafa ideallar bilan juda ehtiyot bo‘lib muomala qiladi.

Download 37.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling