Falsafadan testlar
1. Dunyoqarash nima?
A) olam haqida bilimlar yig‘indisi
B) olam va undagi insonni o‘rnini anglash va idrok etishga asoslangan
qarashlar, baholar va tamoyillar yig’indisi
V) olamga falsafiy qarash
G) olam haqida tabiiy-ilmiy qarashlar yig‘indisi
2. Qaysi qadimgi davlatda jamiyat a’zolari tabaqalarga (kastalarga) bo‘lingan?
A) Qadimgi Misrda
B) Qadimgi Hindistonda
V) Qadimgi Xitoyda
G) to’g’ri javob yo’q
3. Afsona (mifologiya)ni qanday ta’riflash mumkin?
A) afsona - olamni noto’g’ri his etish
B) afsona - jamiyat rivojlanishining ilk davrlariga xos bo‘lgan ijtimoiy ong
shaklidir
V) afsona - dunyoqarashning mantiqiy taxlilidir
G) afsona - badiiy-poetik obrazlarning yig‘indisidir
4. Quyidagilfrdan qaysi biri diniy dunyoqarashni xarakterlaydi?
A) diniy dunyoqarash - kishilarning tabiatga bog‘liqligi ifodasidir
B) diniy dunyoqarash - egri olamning egri in’ikosidir
V) diniy dunyoqarash - xudoga bo‘lgan ishonchga asoslangan, xissiy obrazli
tasavvurlar, kechinmalar, kadriyatlar, axloqiy ideallar tizimidir
G) diniy dunyoqarash - ibtidoiy ong xosilasidir
5. Quyidagilarning qaysi biri, falsafiy dunyoqarashni ifodalaydi?
a) falsafiy dunyoqarash - olamni ongli ravishda o‘zlashtirishdir
b) falsafiy dunyoqarash - inson va jamiyatni tabiat va uning qonunlariga
tenglashtirishdir
v) falsafiy dunyoqarash - tushunchalar va kategoriyalarning mantiqiy tizimi orqali ma’naviy o‘zlashtirilgan tabiat va odamlarning o‘zaro munosabatidir
g) falsafiy dunyoqarash - olamga axloqiy munosabatdir
6. Falsafa nima?
A) falsafa eng umumiylik to‘g‘risidagi fandir
B) falsafa bu donishmandliklir
V) falsafa bu fanlarning asosi
G) falsafa bu tabiyat jamiyat va inson tafakurining eng umumiy qonunlari
to‘g‘risidagi ta’limotdir
Do'stlaringiz bilan baham: |