Mundarija: Kirish I bob. Qadimgi Hindistonda diplomatik munosabatlar tarixi bo‘yicha manbalar


Download 74.95 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi74.95 Kb.
#1605109
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
«Qadimgi Hindistonda davlatlararo munosabatlari»


Mundarija:
Kirish……………………………………………….………………………….….2
I Bob. Qadimgi Hindistonda diplomatik munosabatlar tarixi bo‘yicha manbalar
1.1. Eng qadimgi hind sivilizatsiyasi……………………………………………….4
1.2. Qadimgi Hindistonda diplomatik munosabatlar tarixi.....................................10
II Bob. Qadimgi Hindistonda davlatlararo savdo-sotiq va pul, elchilik munosabatlari
2.1. Qadimgi Hindistonda savdo-sotiq va pul munosabatlari………………….….20
2.2. Elchilik xizmati………………………………………………………………24
Xulosa………………………………...…………………………………………..28
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati…………………………………………….30

Kirish
Mavzuning dolzarbliligi. Qadimgi Hindiston tashqi siyosatda har xil tinchlik bitimlari siyosatning eng birinchi va muhim vositasi sifatida nazarda tutilgan. Tashqi siyosatning ananaviy usullari orasida ahamiyati jihatdan ikkinchi o’rinda urush turadi. Urush barcha usullardan foydalanib bo’lgandan keyingina, oxirgi vosita sifatida ko’rilgan. Podshoga g’alabalarga jangsiz erishish tavsiya qilingan, chunki tinch yo’l bilan bo’ysundirish kamroq kuchni va harajatni talab qiladi. Duta (elchi) atamasining braxmanlarda tilga olinishi elchilik xizmati Hindistonda davlatchilik taraqqiyotining ilk bosqichida (mil. avv. I ming yillikning birinchi choragi) vujudga kelgan deb so’z yuritishga imkon berardi. Shu yerda, jumladan, elchilarning turkumlari keltirilgan - muxtor, cheklangan vakolatlarga ega va chopar (maktublar yetkazuvchi). Elchilik xizmatini bajargan amaldorlar boshqa, doimiy vazifalarga ham ega bo’lgan-ki, ularning mamuriy apparatdagi o’rni va mansablarining nomlari aynan shu orqali belgilangan. Elchining mahalliy aholi bilan aloqa qilishi podsho farmoniga kora man etilishi yoki cheklanishi mumkin edi. Siyosiy asarlarda elchiga ko’proq sukut qilish va eshitish qat’iyan tavsiya etiladi. Elchi o’zga mamlakatga jo’nab ketar ekan, sayohati uchun zarur bo’lganlarning barchasini - otlarni, aravalarni, pullarni puxtalik bilan tayyorlagan. Uzoqda joylashgan mamlakatlarga elchiliklar juda kam yuborilgan1.
Manbalarda, asosan, Hindiston ichkarisida mavjud bo’lgan davlatlarga yuborilgan elchiliklar haqida gap yuritiladi. Hindiston hududida ko’plab kichik davlatlarning mavjud bo’lishi elchiliklar sonining shunga mos bo’lishini talab qilardi. Tobe davlatlar oliy xukmdor poytaxtida doimiy vakillariga ega bo’lishgan. Elchilik xizmatining tashkil qilinishi Qadimgi Hindiston davlatlarining rivojlanish darajasiga mos bo’lgan. Maxsus diplomatik muassasa, aftidan, shakllanmagan bo’lsa ham, elchilik vazifalarini podsho nomidan ish olib borgan oliy mansabdor shaxslar yoki batafsil ko’rsatmalar olgan oddiy amaldorlar bajargan. Elchilardan nomalarni (maktublarni, xatlarni ) yetkazib berish niqobi ostida raqibni yoki uning eng qudratli amaldorini yo’q qilish maqsadida ham foydalanilgan.

Download 74.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling