Mundarija: Kirish I bob. Qadimgi Hindistonda diplomatik munosabatlar tarixi bo‘yicha manbalar
Download 74.95 Kb.
|
«Qadimgi Hindistonda davlatlararo munosabatlari»
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining predmeti.
- I Bob. Qadimgi Hindistonda diplomatik munosabatlar tarixi bo‘yicha manbalar 1.1. Eng qadimgi hind sivilizatsiyasi
Kurs ishining maqsadi: Qadimgi Hindistonda davlatlararo munosabatlari mavzusini o’qitishning nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish, mavzu yuzasidan o’qitishni takomillashtirish bo’yicha xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining maqsadidan kеlib chiqib quyidagi vazifalar bеlgilab olindi: «Qadimgi Hindistonda davlatlararo munosabatlari» mavzusini chuqur ilmiy o’rganib ta’rif bеrish uchun mazkur soha olimlarining tеgishli adabiyotlarini o’rganish; «Qadimgi Hindistonda davlatlararo munosabatlari» mavzusini statistik ma’lumotlar asosida o’rganish uchun tahliliy ma’lumotlarni o’rganish shular jumlasidandir. Kurs ishining predmeti. Mavzuga oid bir nechta adabiyotlardan ma'lumotlar to'plash, tahlil qilish va misollarga tadbiq qilishdan iborat. Kurs ishining obyekti. «Qadimgi Hindistonda davlatlararo munosabatlari» mavzusini o'rganish va tahlil qilish. Kurs ishining tuzilmasi: Ushbu kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. I Bob. Qadimgi Hindistonda diplomatik munosabatlar tarixi bo‘yicha manbalar 1.1. Eng qadimgi hind sivilizatsiyasi Janubiy Osiyoda eng qadimgi bo’lgan hind sivilizatsiyasi Hind daryosi vodiysida (hozir asosan Pokiston hududi taxminan er. avv. XXII-XVI asrlar) paydo bo’lib, qadimgi Sharq sivilizatsiyalaridan paydo bo’lishiga ko’ra uchinchi hisoblanadi. Hind daryosining g`arbida neolit davrida er.avv.VII-VI ming yilliklarda aholi dehqonchilik bilan shug`ullana boshlaydi. Vodiyda paxsa uyli kichik qo’rgonlar paydo bo’ladi. Dastlabki ikki shaxar markazi Moxenjo-Daro va Xarappa, keyinchalik Chanxo-Daro va Kalibangan qazib ochiladi. Hozirgi vaqtda Hind vodiysi havzasida hind sivilizasiyasining bir necha yuz qo’rg’onlari ochilgan. Moxenjo-Daro, Xarappa va Kalibangan shaxarlari qurilishi ikki qismli rejaga ega. Shahring bir qismi sun'iy tepalikda qurilib devor bilan o’ralgan. Bu ma'muriy-diniy ishootlar deb taxmin qilinadi. Moxenjo-Daro qal'asida topilgan katta inshoot yoki hokim qarorgohi bo’lgan. Uning yaqinida diniy marosimlar uchun xizmat qiladigan basseyn topilgan. Xarappa qal'asida ulkan g`alla ombori qurilgan. Moxenjo-Daro bir necha o`n ming kishi yashaydigan 2 kv. km. maydondan iborat. To’g`ri ko`chalar o’n metrgacha kenglikda ko’rilgan. Uylar 2 qavatli, kanalizatsiyaga ega. Shahar hunarmandchiligi to’g`risida aniq tasavvur hosil qilish mumkin. Kulolchilik, to`qimachilik yuqori darajada rivojlangan2. Haykalchalar kichik hajmda, hokim-koxin, yalang`och ayolning (raqqosa deb taxmin qilinadi), jez haykalchalari topilgan. Ikki to’g`ri burchakli muhrlar topilib, ularning ko’pchiligida mifologik manzaralar tasviri tushirilgan. Bu yerda topilgan boshqa muxrlarga o`xshash buyumlar Hind vodiysidan uzoq bo’lgan Baxreyn orollari, Mesopotamiyadan, Eron va Turkmanistondan topilgan. Bu Moxenjo-Daro va Xarappaning qadimgi Sharq sivilizatsiyalari bilan keng aloqada bo’lganidan dalolat beradi. Moddiy madaniyat va san'at yodgorliklari asosida, Hind vodiysi aholisining diniy tasavvurlari to’g`risida tushuncha hosil qilish mumkin. Muhrlardagi tasvirlar bu yerda yashagan aholining daraxtlar, hayvonlar, osmon jismlariga e'tiqod qilganidan guvohlik beradi. Ona ma'buda haykalchasi dinning dehqonchilik xususiyatini ko’rsatadi. To’rt hayvon qurshovida turgan erkak ma'bud dunyoning to`rt tomonini hukmdori deb qaraladi. Er. avv. XVIII asr oxirida Xarappa madaniyati tushkunlikka tushib, sekin-asta halok bo’ladi. Hind sivilizatsiyasining siyosiy va ijtimoiy tizimi to’g`risida faqat umumiy tasavvur qilish mumkin. Qal'a va shahar rejasi davlat hokimiyati mavjudligidan darak beradi. Galla ombori va ishchilar uchun xonalar mavjudligi bu hududni aynan Mesopotamiyadagi mavjud ibodatxona, davlat xo’jaligi bilan o’xshashligini ko’rsatadi. Ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasi, shaharlar va yozuvning mavjudligi, uy-joy inshootlari hajmlarining katta-kichikligi aholi o’rtasida ijtimoiy tengsizlikni mavjudligidan darak beradi. Er. avv. II ming yillikning oxiri I ming yillik boshlarida Shimoliy Hindiston tarixining asosiy manbalari «vedalar» Hind diniy adabiyotining eng qadimgi yedgorliklaridir. Vedalar madhiyalar, qo’shiqlar, qurbonlik aytishlari, muqaddas marosimni tushuntiradigan keng asarlardan iborat to’plamlardir. Til, din va mifologiya bo`yicha ular «Avesto» bilan o’xshashdir. «Avesto» vedalari tadqiqotchilarning fikricha «Oriy (ar'iya-so’zidan «oliyjanob») qabilalari tomonidan tuzilgan. Tuzilish bo’yicha «vedalar» ilk veda (er. avv. I ming yillik boshlari) va so’nggi veda (er. avv. IX-VII asrlar) davrlariga bo’linadi. “Rigveda” (hind-oriylarning vedalarini eng qadimgi qismi)da uchraydigan geografik nomlarga ko’ra, u Panjobda tuzilgan so’nggi veda matnlari shakllangan paytda oriy qabilalari Hind-Gang tekisligining butun markaziy qismiga tarqalgan edi. “Rigveda” yaratilgan davrida oriylarda sinfiy jamiyat va davlat hali shakllanmagan edi. Iqtisodiyotda yirik qoramolchilikka asoslangan chorvachilik rivojlangan, dehqonchilikka e'tibor berilmagan. Oriylar mis va jezdan foydalanganlar, uy- joyni qamish va loydan qurganlar. Gang daryosini yuqori qismi, Gang va Jamna o’rtasidagi yerlar “Mahabxarat” epik asarining syujetini tashkil qiladi. Ijtimoiy tashkilot qabila bo’lgan, qabila boshlig`i roja-harbiy boshliq va yo’lboshchi sifatida o’z qarindoshi va xizmatkorlariga tayangan. Qabila uch tabaqa: kohinlar, harbiylar va oddiy jamoachilarga bo’lingan. Muhim masalalar yig’ilishda hal qilingan. Vedalarda ko’rsatilgan qo’shnilar bilan podalarni haydab ketish mumkin urushlar oddiy hal bo’lgan. Veda tilida “urush” (gavishta) so’zi “sigirlarni bosib olish” ma’nosini bildiradi. Ilk veda davrida qulchilik mavjud bo’lgan. Qadimda hindcha “dasa” qulni bildirgan so’z ko’pgina veda madhiyalarida uchraydi. Asrlar qulga aylantirilgan. Qul erkaklar veda va dostonlarda kam tilga olinadi, ayol qullar to’g`risida ko’p so’zlanadi. So’nggi veda davrida iqtisodiyot, ijtimoiy siyosiy tuzumda keskin o’zgarishlar yuz bergan. Dehqonchilik rivojlanib, Hind-Gang vodiysida keng dalalar o’zlashtiriladi, daraxtning qattiq yegochidan omoch yasay boshlanadi. Eshaklar asosiy yuk tortish vazifasini o’tagan. Sutlik ovqat kundalik yemish bo’lgan. Bayramlarda chorva mollari mo’l-ko’l qurbonlik qilingan. Temirdan faqat kamon uqi, nayza uchlari tayerlangan, uylar yog`och va bambukdan qurilgan, “Rigveda” (hind-yevropaliklarning mashhur kitobi) davrida harbiy yo’lboshchilar aravalarda jang qilganlar. Maxabxarotda yengil jang aravalari to’g`risida eslatiladi. Jang aravalarida poygalar o’tkazilgan. Diniy va epik asarlarda aholining asosiy qismi to`g`risida ma'lumotlar juda kam. Erkin va to’la huquqli dehqonlar jamoani tashkil qilib bir yeki bir necha qishloqda yashaganlar. Jamoatchilar qo’shni va qon-qarindosh aloqalar asosida birlashganlar. Eng muhim masalalar urug` yig’inlarida hal qilinib, yig`ilishib, butun jamoa nomidan asosiy marosimlar bajarilgan. Qishloq aholisining bir qismi to’la huquqli bo’lmagan. Ular boshqa joydan ko`chib kelgan kishilar bo’lgan. To’la huquqli bo’lmaganlar xizmat ko’rsatadigan sohalar jumladan, hunarmandchilik bilan shug`ullanganlar. Qishloqda keskin mulkiy tabaqalanishga jamoa ichki aloqalarining o’ta mustahkamligi qarshilk ko’rsatgan edi3. So’nggi veda davrida o’z-o’zini boshqarish qishloq jamoasi bilan cheklanib qoladi. Qabila va qabilalararo munosabatlardagi barcha masalalar hokim va yo’lboshchilar vakolatiga kiradi. Er. avv. II ming yillik oxiri I ming yillik boshlarida Shimoliy Hindistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti jamiyatning «kohinlar», qabila harbiy zodagonlari, kshatriylar to’la huquqli xalq, vayshi jamoani pastki to’la huquqli bo’lmagan aholi qismi shudra (qullar) kabi to’rt qatlamini vujudga keltiradi. Har bir qatlam yepik toifalar – varna (so’zma-so’z “nav”)ga aylanadi. Har bir varna vakilining merosiy mavqei ularning mashg`uloti va diniy majburiyatlarini belgilagan. Koxinlik va o’qituvchilik majburiyati braxmanlarga, jang qilish va boshqarish kshatriylarga mehnat qilish, shudralarga uch oliy varnalarga so’zsiz xizmat qilish majburiyati yuklatilgan. Bu toifaviy mavqe merosiy bo’lib o’tgan. Har bir varna o’z huquqi, o’z ovqati, kiyimi, uy anjomi, kiyimini rangi va boshqalar qat’iy belgilangan edi. Braxmanlar turli varnalar ilk odam Purushi jismini turli qismi (braxmanlar og’zidan, kshatriylar qo’lidan, vayshilar sonidan, shudralar tovonidan)dan yaratilgan deb o’qitar edilar. Hindiston Osiyoning janubida joylashgan mamlakat. Uning shimol tomoni Himolay tog`lari, qolgan uch tomoni esa Hind okeani, Eriteriya dengizi va Bengal ko`rfazi suvlari bilan o`ralgan. Mamlakatning markaziy qismini Dekan tog`lari egallab yotadi. Hindistondan Hind, Gang, Jamna, Braxmaputra va boshqa daryolar oqib o`tadi. Mamlakat iqlimi shimolda mo`tadil, hatto tez-tez qorlar yog`ib turadi. Uning janubiga tushilgan sari iqlim issiqlashib, chekka janubda hatto qish bo`lmaydi. Yog`ingarchilik mavsumlarida Gang, Hind va Braxmaputra sohillarida jala quyib tez-tez toshqinlar bo`lib turadi. Hindistonning o`simlik va hayvonot dunyosi boy. Hindiston odamzodning ilk vatanlaridan biri hisoblanadi. U yerda 600–500 ming yillardan beri aholi yashab keladi. Qadim zamonda bu mamlakatda dravid, bengal, bihar, gujarat, assam va boshqa qabilalar yashaganlar. Keyinchalik bu yerga oriylar, shaklar, xioniy, eftoliy kabi O`rta Osiyo va Eron qabilalari kelib joylashganlar. Hindiston yarim orolining shimoli-g`arbidan Hind daryosi oqib o`tadi. Bu daryo sanskrit tilida Sindxu, pushtu tilida esa Abbasin – «daryolar otasi», – deyiladi. Bu daryoning besh irmog`i oqib o`tadigan joy Panjob – Beshsuv deyiladi. Hind daryosi, ayniqsa uning yuqori qismi Panjobda ibtidoiy davrdan boshlab odamlar yashab kelishgan. Hindistonda yashagan aholi tirikchiligining asosini dehqonchilik tashkil etgan. Dehqonlar vohadagi unumdor yerlarni o`zlashtiiv ganlar. O`zlashtirilgan tekis yerlarga suv kanal va ariqlar orqali kelgan. Balandroq yerlarga esa charxparraklar orqali suv chiqarilgan. Dehqonlar datalarga bug`doy, arpa, no`xat, sholi, shakarqamish va g`o`za ekkanlar. Hindiston g`o`za – paxtaning ilk vatanidir. Ular banan, anjir, anor, qovun, o`rik, olma ekib polizchilik va bog`dorchilik bilan ham shug`ullanganlar. Dalalarda har turli sabzavotlar ham yetishtirilgan. Dehqonchilikda tosh, mis va jezdan qilingan qurollardan foydalanganlar. Hind vohasida, ayniqsa Panjobda sero`t yaylovlar ko`p bo`lgan. Shu bois aholi qoramol, qo`tos, zubr, qo`y, echki, cho`chqa va eshak boqib, chorvachilik bilan shug`ullangan. Qadimgi hindlar yovvoyi fillarni qo`lga o`rgatib, ulardan xo`jalik va harbiy maqsadlarda foydalanganlar. Dehqonchilik va chorva mahsulotlari aholini oziq-ovqat, jun, teri kabi xomashyo bilan ta`minlagan. Eng Qadimgi Hindistonda hunarmandchilik ham rivoj topgan edi. Hind ustalari tosh, mis, jez, kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan mehnat va jangovar qurollar, muhrlar, uy-ro`zg`or, zargarlik buyumlari va turli jihozlar tayyorlaganlar. U yerda to`qimachilik, kulolchilik, qayiqsozlik, hatto kemasozlik ham ancha rivoj topgan edi4. Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (m.a. IV-III asrlar) ijtimoiy mehnat taqsimotining, hukmronlik va bo'ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi. Hindistondagi iqtisodiy g'oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik «Artxashastra» (m.a. IV-III asrlar oralig'ida)dir (tom ma'nosi bo'yicha ifoda, amaliy hayot to'g'risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda to'ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu asarda «buyumning qiymati» muammosi ko'tarilgan, qiymat miqdori «ish kunlari» bilan belgilangan, rag'batlantirish esa mehnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan. Bu asarda davlatni boshqarish bo'yicha takliflar berilgan bo'lib, bir qancha iqtisodiy g'oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o'rtasidagi farq aytilgan. Tovarga bo'lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatdan oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan shug'ullanuvchilarga alohida urg'u berilgan bo'lib, foyda masalasi ko'tarilgan, foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo'shilib, mahalliy mahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz (import o'sha davrda ham afzal) qilib belgilangan. Davlatning iqtisodiy ishlarga aralashuvi qo'llab-quvvatlangan. Qishloq xo'jaligiga alohida e'tibor berilgan, bo'sh erlar xalqqa bo'lib berilishi va soliq to'lash zarurligi, sug'orish inshootlari qurishga e'tibor haqida so'z yuritiladi. Umuman, davlat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishi kerak, degan g'oya markaziy o'rinni egallaydi. Moliya sohasida daromad solig'iga katta e'tibor berilgan. Davlat ba'zi ishlarni rivojlantirishi uchun moddiy va ma'naviy yordam berishi kerak, deyilgan. Mahsulotga baho belgilash, davlatning boyishini ta'minlash (foydani oshirib, sarf-harajatni kamaytirish), hisob-kitobni tartibga solish, har xil o'g'irliklarga qarshi kurashish kerakligi belgilangan5. Shu tamoyillarni amalga oshirish tufayli jamiyatdagi norozilik, tengsizlik yo'qoladi, deyilgan. Qadimgi Hindistonda yaratilgan «Veda»larda ham bir qancha muhim iqtisodiy g'oyalar keltirilgan. Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko'ra, zardushtiylik (zoroastrizm) dinining (islomgacha) muqaddas kitobi bo'lgan «Avesto» ya'ni «hayot yo'riqnomasi» (asli «Ovasta») da ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. Jumladan, sun'iy sug'orish asosida dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e'zozlash, hayvonlarni asrash, noo'rin so'ymaslik, unga zug'um qilmaslik, tuproq sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. Download 74.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling