Qadimgi Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Moddiy yodgorliklar, manbalar va ilmiy adabiyotlar. Hindistonda Xarappa va Moxendjo-Daro madaniyati
Download 38.15 Kb.
|
7-mavzu Qadimgi Hindiston sivilizatsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv tizimi, shaharlari va savdo aloqalari.
- Chandragupta I
- 2. Moddiy yodgorliklar, manbalar va ilmiy adabiyotlar.
- Xarappa sivilizatsiyasi
- Aj а ́nta ( dev
- II davr
- Artxa
- Sannyasa
QADIMGI HINDISTON SIVILIZATSIYASI. Reja: Qadimgi Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Moddiy yodgorliklar, manbalar va ilmiy adabiyotlar. Hindistonda Xarappa va Moxendjo-Daro madaniyati. Boshqaruv tizimi, shaharlari va savdo aloqalari. Hindiston Osiyoning janubida joylashgan mamlakat. Uning shimol tomoni Himolay tog`lari, qolgan uch tomoni esa Hind okeani, Eriteriya dengizi va Bengal ko`rfazi suvlari bilan o`ralgan. Mamlakatning markaziy qismini Dekan tog`lari egallab yotadi. Hindistondan Hind, Gang, Jamna, Braxmaputra va boshqa daryolar oqib o`tadi. Mamlakat iqlimi shimolda mo`tadil, hatto tez-tez qorlar yog`ib turadi. Uning janubiga tushilgan sari iqlim issiqlashib, chekka janubda hatto qish bo`lmaydi. Yog`ingarchilik mavsumlarida Gang, Hind va Braxmaputra sohillarida jala quyib tez-tez toshqinlar bo`lib turadi. Hindistonning o`simlik va hayvonot dunyosi boy. Hindiston odamzodning ilk vatanlaridan biri hisoblanadi. U yerda 600–500 ming yillardan beri aholi yashab keladi. Qadim zamonda bu mamlakatda dravid, bengal, bihar, gujarat, assam va boshqa qabilalar yashaganlar. Keyinchalik bu yerga oriylar, shaklar, xioniy, eftoliy kabi O`rta Osiyo va Eron qabilalari kelib joylashganlar. Hindiston yarim orolining shimoli-g`arbidan Hind daryosi oqib o`tadi. Bu daryo sanskrit tilida Sindxu, pushtu tilida esa Abbasin – «daryolar otasi», – deyiladi. Bu daryoning besh irmog`i oqib o`tadigan joy Panjob – Beshsuv deyiladi. Hind daryosi, ayniqsa uning yuqori qismi Panjobda ibtidoiy davrdan boshlab odamlar yashab kelishgan. Hindistonda yashagan aholi tirikchiligining asosini dehqonchilik tashkil etgan. Dehqonlar vohadagi unumdor yerlarni o`zlashtiiv ganlar. O`zlashtirilgan tekis yerlarga suv kanal va ariqlar orqali kelgan. Balandroq yerlarga esa charxparraklar orqali suv chiqarilgan. Dehqonlar datalarga bug`doy, arpa, no`xat, sholi, shakarqamish va g`o`za ekkanlar. Hindiston g`o`za – paxtaning ilk vatanidir. Ular banan, anjir, anor, qovun, o`rik, olma ekib polizchilik va bog`dorchilik bilan ham shug`uilanganlar. Dalalarda har turli sabzavotlar ham yetishtirilgan. Dehqonchilikda tosh, mis va jezdan qilingan qurollardan foydalanganlar. Hind vohasida, ayniqsa Panjobda sero`t yaylovlar ko`p bo`lgan. Shu bois aholi qoramol, qo`tos, zubr, qo`y, echki, cho`chqa va eshak boqib, chorvachilik bilan shug`ullangan. Qadimgi hindlar yovvoyi fillarni qo`lga o`rgatib, ulardan xo`jalik va harbiy maqsadlarda foydalanganlar. Dehqonchilik va chorva mahsulotlari aholini oziq-ovqat, jun, teri kabi xomashyo bilan ta`minlagan. Eng Qadimgi Hindistonda hunarmandchilik ham rivoj topgan edi. Hind ustalari tosh, mis, jez, kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan mehnat va jangovar qurollar, muhrlar, uy-ro`zg`or, zargarlik buyumlari va turli jihozlar tayyorlaganlar. U yerda to`qimachilik, kulolchilik, qayiqsozlik, hatto kemasozlik ham ancha rivoj topgan edi. Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (m.a. IV-III asrlar) ijtimoiy mehnat taqsimotining, hukmronlik va bo'ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi. Hindistondagi iqtisodiy g'oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik «Artxashastra» (m.a. IV-III asrlar oralig'ida)dir (tom ma'nosi bo'yicha ifoda, amaliy hayot to'g'risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda to'ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu asarda «buyumning qiymati» muammosi ko'tarilgan, qiymat miqdori «ish kunlari» bilan belgilangan, rag'batlantirish esa mehnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan. Bu asarda davlatni boshqarish bo'yicha takliflar berilgan bo'lib, bir qancha iqtisodiy g'oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o'rtasidagi farq aytilgan. Tovarga bo'lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatdan oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan shug'ullanuvchilarga alohida urg'u berilgan bo'lib, foyda masalasi ko'tarilgan, foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo'shilib, mahalliy mahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz (import o'sha davrda ham afzal) qilib belgilangan. Davlatning iqtisodiy ishlarga aralashuvi qo'llab-quvvatlangan. Qishloq xo'jaligiga alohida e'tibor berilgan, bo'sh erlar xalqqa bo'lib berilishi va soliq to'lash zarurligi, sug'orish inshootlari qurishga e'tibor haqida so'z yuritiladi. Umuman, davlat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishi kerak, degan g'oya markaziy o'rinni egallaydi. Moliya sohasida daromad solig'iga katta e'tibor berilgan. Davlat ba'zi ishlarni rivojlantirishi uchun moddiy va ma'naviy yordam berishi kerak, deyilgan. Mahsulotga baho belgilash, davlatning boyishini ta'minlash (foydani oshirib, sarf-harajatni kamaytirish), hisob-kitobni tartibga solish, har xil o'g'irliklarga qarshi kurashish kerakligi belgilangan. Shu tamoyillarni amalga oshirish tufayli jamiyatdagi norozilik, tengsizlik yo'qoladi, deyilgan. Qadimgi Hindistonda yaratilgan «Veda»larda ham bir qancha muhim iqtisodiy g'oyalar keltirilgan. Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko'ra, zardushtiylik (zoroastrizm) dinining (islomgacha) muqaddas kitobi bo'lgan «Avesto» ya'ni «hayot yo'riqnomasi» (asli «Ovasta») da ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. Jumladan, sun'iy sug'orish asosida dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e'zozlash, hayvonlarni asrash, noo'rin so'ymaslik, unga zug'um qilmaslik, tuproq sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan.
Miloddan avvalgi III–II mingyilliklarda Hind vohasida hisob-sananing o`nlik tizimi mavjud ekan. Bir, ikki, uch, besh, to`qqiz va boshqa katta-kichik sonlarga yonma-yon qo`yiladigan nol (0)ni, shuningdek birdan to`qqizgacha bo`lgan sonlar va ularning belgisini hindlar kashf etishgan. Bu raqamlar keyinchalik vatandoshimiz ulug` al-Xorazmiy tomonidan biroz isloh qilingach, arablar dunyosiga o`tgan. Bu ikki xalq madaniyati mevasining yorqin namunasidir. Eng Qadimgi Hindistonda me`morchilik ham rivoj topgan edi. Qadimgi hind ustalari zargarlik, naqqoshlik va tasviriy san`atning boshqa sohalarida ham katta yutuqlarga erishganlar. Eng qadimgi Hindistonda alifbo, hisobning o`nlik tizimi mavjud bo`lgan. Demak u yerda matematika, geometriya, astronomiya, tabobat va boshqa ilmiy-amaliy bilimlar rivoj topgan.Eng qadimgi hindlar o`zlariga xos madaniyat yaratib, bu bilan jahon madaniyati xazinasiga o`zlarining barakali hissalarini qo`shganlar. Hindiston haqli ravishda qadimgi Sharqning yuksak madaniyatli mamlakatlaridan biridir. Hindiston yarim oroli qadimdan tabiiy rang-baranglik, boy o'simlik, hayvanot va qimmatbaho yer osti boyliklariga ega bo'lgan. Yarim orolda ser suv Hind va Gang kabi daryolar mavjud. Mil. avv. V ming yillikning oxiri IV ming yillikdan boshlab Hind daryosi vodiysida sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelgan. Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta'limotlar yozma manba — «Veda»larda o'z aksini topgan. «Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo'lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so'zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar bizgacha to'rtta to'plam (samxitlar) shaklida yetib kelgan. Bular — «Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Adxarvaveda»dir. Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bo'lgan manbalarda ham o'z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan ma'noni anglatib, «Veda»larning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo'lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan noma'lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o'rab turgan borliq, uning hayotdagi o'rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me'yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan. Qadimgi hind falsafiy maktablar ikki guruhga bo'linadi. Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sankxьya, yoga, vaysheshika, n'yaya va mimansa — astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari «Veda»ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm — nastika guruhiga kiradi. Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta'limotni ilgari surganlari uchun «Veda»ning muqaddasligini tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» haqiqiy bilim bermaydi, deb ta'kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar bo'lishiga qaramay, ular ham «Veda»ning muqaddasligini tan olmagan. «Oltin yoruq» turkiy adabiyot tarixidagi nodir tarjima asaridir. U turkiy adabiyotda badiiy tarjima tarixi juda qadim davrlardan boshlanganligini ko’rsatadi. «Oltin yoruq» asli sanskrit tilida yaratilgan. Мa’lumki, sanskrit qadimgi hind adabiy tili hisoblanadi. U miloddan avvalgi birinchi asrda Shimoliy Hindistonda tarqalgan. Sanskrit tilida ko’plab diniy, falsafiy, badiiy va ilmiy asarlar yaratilgan. Sanskrit adabiyoti qadimgi hind adabiyotining tarkibiy qismi hisoblanadi. Jahon adabiyotning «Мaxabxarata», «Ramayana», «Panchatandra» («Kalila va Dimna»), «To’tining yetmish hikoyasi» kabi nodir asarlari sanskrit tilida yaratilgan. Sanskrit adabiyotining namunalari X asrdayoq Мarkaziy Osiyoda sevib o’qilgan va tarjima qilingan. Abu Rayhon Beruniy «Kalila va Dimna»ning tarjimalari haqida fikr yuritgan. «Oltin yoruq» turkiy tilga o’girilishining ikki asosi mavjud. Birinchisi, adabiy hayot talab-taqozosi hisoblansa, ikkinchidan bu asarda budda dinining ta’limoti o’z mantiqiy ifodasini topganligidir. Chunki, «Oltin yoruq» turkiy tilga tarjima qilinganga qadar budda ta’limoti turkiy xalqlar o’rtasiga ham yetib kelgan va unga amal qiluvchilar mavjud edi.
Hududiy jihatdan ikkala sivilizatsiylardan ham katta hisoblanadi. Hududiy kattalik jihatidan Misr, Mesopotamiya, Kichik Osiyo, Eron, Suriya, Finikiya va Falastin yerlarini qo‘shib hisoblaganda ular bilan teng bo‘ladi. Xarappa sivilizatsiyasi Hind daryosi bo‘yida mil.avv. XXIII – XIX asrlarda ariylarning kirib kelguniga qadar rivojlangan. Qadimgi Hind sivilizatsiyasini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin: Eng qadimgi hind sivilizatsiyasi mil.avv. XXIII – XVIII asrlar bilan davrlashtiriladi (dastlabki shaharlarning vujudga kelishi, ilk davlatlarning shakllanishi); Mil.avv. II mingyillikning ikkinchi yarmida «ariylar» deb nomlangan hind-yevropa qabilalarining paydo bo‘lish davridir. II mingyillikning oxiridan I mingyillikning o‘rtalarigacha bo‘lgan davr – «veda davri» deb ataladi, bu davrda yaratilgan muqaddas adabiyot veda nomi bilan. Uning ikkita asosiy bosqichini ko‘rsatish mumkin: dastlabki (mil.avv. XIII — Х asrlar) ariylarning Shimoliy Hindistonda tarqalishi bilan xarakterlanadi, so‘nggi – ijtimoiy va siyosiy tabaqalanish oqibatida ilk davlatlarning vujudga kelish davri (mil.avv. IX — VI asrlar) hisoblanadi. «Buddizm davri» (mil.avv. V — III asrlar) — buddaviylik dinining vujudga kelishi va tarqalishi davri hisoblanadi. Buddizm bilan bog‘liq bo‘lgan yodgorliklar, eng asosiy tarixiy manbalar hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy nuqtai nazardan olib qaraganda bu davrda umumhind davlati – Mauryaning vujudga kelishigacha bo‘lgan yirik davlatlar vujudga keldi. Mil.avv. II — mil. V asrlarni qadimgi hind sivilizatsiyasining «mumtoz davri» deb hisoblash mumkin. Bu davrda hind madaniyati va ijtimoiy tuzumini o‘ziga xos tuzilishining shakllanishi bilan xarakterlanadi. Bu sivilizatsiyaning markazlari – Xarappa, Lothal, Moxenjo-Daro hisoblanadi. Eng rivojlangan paytida uning aholisi 5 million kishini tashkil qilgan. Shumer mixxat yozuvlarida Xarappa sivilizatsiyasi taxmin qilishlaricha «Meluxxa» nomi bilan tilga olinadi. G‘arbiy Hindistonda ariylarga qadar sivilizatsiya bo‘lganligi to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotlarni XIX asrda Aleksandr Kanningem chop qilgan edi. Jon Marshal tomonidan 1921 – 1922 yillarda amalga oshirilgan ekspeditsiyalar orqali Hind sivilizatsiyasining mavjudligi isbotlandi. Hind sivilizatsiyasining tanazzuli mil.avv. XVIII – XVII asrlarga to‘g‘ri kelib, bu davrda dravidlarning asosiy qismi janubi-sharqqa (Pokiston hududida braui xalqining ajdodlari qoladilar) ko‘chib o‘tadi va erishgan taraqqiyot darajalarini yo‘qotadilar. Ehtimol, buning sababi tabiiy sharoitlarning yomonlashuvi bilan bog‘liqdir. Bu sivilizatsiyaga yakun topishiga ariylarning ko‘chishlari sabab bo‘ldi. Qadimgi Hind sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan yodgorliklar tasodifan yevropaliklar tomonidan XIX asrda duch kelina boshlangan bo‘lsa-da, ammo protohind sivilizatsiyasi 1920 yillarda hind arxeologlari R.B. Sahni va R.D. Banerjilar tomonidan ochilgan. Shundan so‘ng Moxenjo-Daro va Xarappa madaniyatlarini keng miqyosda o‘rganish boshlanib, to 1960 yil (Ikkinchi jahon urushida vaqtinchalik to‘xtab qolgan) ga qadar davom etdi. Hind arxeologlari R Sahni va R Banerjilar egizak-shaharlarni ochib o‘rganganlar va ularda yaxshi rejalashtirilgan, bir xil g‘ishtin uylar qurilgan bir xil to‘g‘riburchakli kvartallarni aniqlashgan. Deyarli 260 gektarni egallagan katta hududda ko‘plab kvartallar va Mohenjo-Daron – “Murdalar tepaligi” ning bir qancha inshootlari qurilgan. 1960 yillarning o‘rtalarigacha olimlar Mohenjo-Daro mudofaa inshooti bo‘lmagan deb hisoblab kelgan bo‘lsalar-da, ammo bungacha 15 yil avval ingliz arxeologi M. Wiler bir inshootni ochib o‘rgangach, bu inshootni mudofaa inshooti deb qabul qilishdi. Mohenjo-Daroning markazida joylashgan ark, qachonlardir 9 metrli mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Keyingi qazishma ishlari shuni ko‘rsatdiki, shaharning janubiy qismida ham xomg‘ishtdan qurilib, ustki qismi pishiq g‘isht bilan qoplangan ulkan devor bo‘lganligidan dalolat beradi. Lekin bu devor nima maqsadda qurilganligi aniqlanmagan: dushmanlardan himoya uchunmi yoki shahrni suv toshqinlaridan himoya qilish uchunmi.
Mohenjo-Daroning tanazzulga yuz tutishi mil.avv. 1500 yilga borib taqaladi. Bu sivilizatsiyasining inqirozga uchrashi haqida dunyo olimlari tomonnidan turlicha farazlar bildirilgan. Ayrim tadqiqotchilar fikricha, kuchli tektonik o‘zgarishlar orqali Hind daryosi o‘zanining keskin o‘zgarishi sabab bo‘lgan. Geologik tadqiqotlar yer silkinishlari va zilzilalar bir necha bor Mohenjo-Daro hayotini buzganligini va yirik ko‘l vujudga kelganligini ko‘rsatadi. Shaharni tez-tez suv bosishi oqibatida undan shaharni himoya qilish uchun mustahkam devor qurilgan. Ammo bu farazlar hali o‘z isbotini kutmoqda. Boshqa bir olimlarning ta’kidlashicha, shahar hayoti va uning aholisi ariylar hujumi natijasida tushkunlikka yuz tutgan. Ariylar Mohenjo-Daroning barcha aholisini qirib yuborganlar va ularning uylarini yakson etganlar. Shaharning mavjudligining so‘nggi yillarida yashagan insonlarning topilgan skeletlari chet ellik bosqinchilarning hujumi borasidagi fikrlarni yo‘qqa chiqaradi. Shunday ekan, Mohenjo-Daroning inqirozga yuz tutishi borasidagi savollar hali-hamon ochiq qolmoqda Hind sivilizatsiyasining madaniyati va ilm-fanining ko‘tarilishi va gullab-yashnashi mil.avv. IV-II asrlaridan to mil. VIII asriga qadar davom etgan. Bu davrda hind olimlari tomonidan o‘nlik sanoq sistemasi yaratiladi, zamonaviy harflarning yozilishi (keyinchalik arab raqamlari deb nomlangan), kvadrat va kub ildiz chiqarish yo‘llari, π soni (3,1416…), shuningdek, arifmetik va geometrik progressiya, trigonometriya va algebra asoslari ma’lum bo‘lgan. Astronomlar samoviy jismlarning harakatlasnishini juda aniqlik bilan hisoblay olganlar. Yilning o‘n ikki oyi (har birida 30 kundan) 6 mavsumga bo‘lingan. Har besh yilda 13 oy qo‘shilgan. Shuningdek, qadimgi hind astronomlari yerning sfera shaklida ekanligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lganlar.Uni o‘z o‘qi atrofida aylanganligini taxmin qilganlar.Kimyo borasidagi bilimlar zamirida kislotalar, bo‘yoqlar, metal, tuzlar, dori-darmonlar, atirlar, sement va boshqa narsalar yaratilgan. Olim braxman Panini (mil.avv. V - IV asrlar) sanskrit deb nom olgan quyi veda adabiyoti tilini qayta ishladi va keyinchalik mamlakatning turli qabila va xalqlari o‘rtasidagi eng asosiy aloqa vositasiga aylandi. II minyillikning oxiri – I mingyillikning boshlaridan qadimgi hind adabiyoti namunalari – vedalar(qadimgi veda tilida yozilgan) bizgacha yetib kelgan. Veda davri adabiyoti qurbonlik marosimlari va madhlarning to‘plamidan iborat hisoblanadi. I mingyillikning birinchi yarmida qadimgi hind ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarini, shuningdek, madaniyat va ilm-fanini o‘rganishning muhim manabsi bo‘lib epik adabiyot xizmat qiladi. Ularning eng asosiylari sanskrit tilida yozilgan «Махobxarat» va «Ramayana» lar hisoblanadi. Tarkibiy jihatdan «Мaxobxorat» («Bxarat avlodlarining buyuk urushlari») asari 107 ming baytdan iborat bo‘lib, Shimoliy Hindistondagi, afsonaviy shoh Bxaratning avlodlari o‘rtasidagi sulolaviy ichki urushlari haqida hikoya qilinadi. Ramayana» dostoni o‘zining izchilligi va sinchiklab ishlanganligi bilan ajralib turadi. U tarkibiy jihatdan 24 ming baytni o‘z ichiga olib, bunda shahzoda Ramning devlar hukmdori Ravan ustidan qozongan g‘alabasi hikoya qilinadi. Ikki ming yil o‘tgan bo‘lsa-da bu dostonlar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ularning qahramonlari - Krishna («Махobxarat») va Ram («Ramayana») – zamonaviy induizmning bosh xudolaridan biri – Vishnu xudosining timsoli sifatida ilohiylashtirilgan. Mil.avv. VI asrda xristian va islom dinlari bilan birgalikda dunyo dinlari qatorida turuvchi buddizm dini vujudga keldi. Buddizmning asosida - «to‘rt ulug‘vor haqiqat»: azob,uning sabablari, erkinlik holati,unga erishish yo‘li uning asosini tashkil etadi. Qisqacha esa ular quyidagicha: Hayotning mohiyati bu azob chekishdir. Azobning sabablari – xohish va istaklar.. Azoblardan forig‘ bo‘lish uchun xohish va istaklarni ildizi bilan yo‘q qilish darkor. Buning uchun esa 8 pog‘onali («sakkiz yo‘l») o‘z - o‘zini ichki tashkil etish va u orqali nirvanaga erishish mumkin.
III davr (mil.avv. 2450—1900 yillar) deyarli Xarappa madaniyatiga to‘g‘ri keladi. Lothal — qadimgi hind sivilizatsiyasining asosiy shaharlaridan biri bo‘lib, hozirda Hindistonning Gujarat shtati hududiga to‘g‘ri keladi. Mil.avv. XXIV asrda vujudga kelgan ( bungacha shahar o‘rnida rivojlanayotgan qishloq bo‘lgan). 1954 yilda aniqlangan bo‘lib, Hindiston Arxeologiya jamiyati tomonidan 1955 – 1960 yillarda dastlabki qazilma sihlari olib borilgan. Lothal gujarat tilida - «Murdalar tepaligi» deb tarjima qilinadi. Xarappa madaniyati vujudga kelgunga qadar mil.avv. XXIII asrda Lothal kichik bir qishloq bo‘lgan. Bu yerdan mis va kulochilik buyumlaridan tashqari, qimmatbaho tosh va marjonlar topilgan. Lothal aholisi marjonlar orqali g‘arbiy hududlar bilan savdo qilganlar. Mil.avv. 2350 yilda bo‘lib o‘tgan toshqin oqibatida shaharning ko‘lab qismi vayron bo‘ladi. Keyinchalik Xarappaliklar ularning aksriyat qismini qaytadan quradilar.Shahar ark( yoki akropol) va quyi shahrga bo‘lingan. Akropolning o‘ziga xos jihatlari umumiy hammomlar, pishiq g‘ishtdan qurilgan yerosti va yerusti vodoprovod kanallari bo‘lib, arkda hokim yashar edi. Lothal porti — qadimgi dunyoning rivojlangan tijorat markazlaridan biri, hind sivilizatsiyasining eng qadimgi va asosiy porti hisoblanib, Kambey ko‘rfazida joylashgan (hozirgi Mumbai shahridan shimolroqda). U shaharni Sabarmati daryosining qadimgi yo‘li bilan bog‘lagan. Bu esa Sindhada joylashgan Xarappa sivilizatsiyasi shaharlari bilan Saurashastra (Mohenjo-Daro va Xarappa) yarimorolini bog‘lashga xizmat qilgan. Bundan tashqari Lothaldan qimmatbaho toshlar va zeb-ziynat buyumlariga to‘la kemalar g‘arbiy Osiyo (Shumer) va Afrika (Qadim Misr) hududlari tomon yo‘l olganlar. Shumerda olib borilgan qazilma ishlari davomida xarappa muhri tushirilgan matoning parchasi aniqlangan. Shumer bilan savdo aloqalari Bahrayn orqali amalga oshirilgan. Bu yedan ham xarappa madaniyatiga o‘xshash buyumlartopilganligi buning dalili bo‘lib xizmat qiladi. Kot Diji - qadimgi Hindistonning arxeologik obidasi hisoblanib, bugungi Pokiston hududida, aynan Sind provinsiyasida (sindhlar vatani) joylashgan.Davrlashtirilishi — bronza davri (mil.avv 3—2 mingyillik).Ayrim olimlarning fikricha bu madaniyat Xarappa madaniyatining dastlabki qismi hisoblanadi. Nal-Naundar bronza davrining qadimgi Hindistonning arxeologik madaniyati, bugungi kunda Pokistonning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan. Bu madaniyat mil.avv. III mingyillikning ikkinchi yarmi va II mingyilliklarga to‘g‘ri keladi. Asosan ikkita yodgorlik (manzilgoh): Nundara va Nal (Soxr-Damb). Bu madaniyatlarda pishiq g‘ishtdan ko‘p xonali uylar qurilgan. Ko‘mish jarayoni ham yakka va jamoaviy usulda olib borilgan. Shuningdek, bu yerdan: Ko‘plab bronza va mis buyumlar (bilaguzuklar, xanjarlar, boltalar va hokazolar); Kulolchiligi – loydan yasalgan ko‘prangli turli naqshlar (turli hayvonlar tasviri) bilan bezatilgan. Bu yerdan topilgan artefaktlar bu madaniyatni o‘troq dehqonchilikmadaniyati ekaligini va Xarappa madaniyati bilan yaqin aloqa qilganligidan dalolat beradi. Induizm - Hind subkontinentida vujudga kelgan din hisoblanadi. Bu dinning tarixiy nomlanishi sanskrit tilida – sanatan-dxarma – tarjimasi “abadiy din“, “abadiy yo‘l“ yoki “abadiy qonun“ degan ma’noni bildiradi. Induizm” termini «xindu» Sindhu (hind daryosi) ning forshca variantidan kelib chiqqan. Fors tilida Hind daryosi ortida yashaydigan odamlarni shunday nomlaganlar. Arab tilida al-Hind hozirgacha zamonaviy Hindistonda istiqomat qiluvchilar uchun ishlatiladi. XVIII asrning oxirida inglizlar shimoli-g‘arbiy Hindistonda yashaydigan aholini “hindular" deb ataganlar. Induizmning mumtoz falsafasida insonning ikkita asosiy hayotiy dxarma (hayotiy burch): grixastxa-draxma va sannyasa-dxarma lardan iborat. Grixastxa-dxarma (ya’ni oilali inson dxarmasi) da purushartxi deb nomlangan to‘rtta asosiy maqsad mavjud: Artxa moddiy boylik va omad Kama rohatlanish Dxarma Muqaddas bitiklarda keltirilgan nasihatlarga muvofiq ravishda o‘z burchini bajarish, to‘g‘ri yo‘ldan yurish Moksha samsaradan qutulish Induizm hayot an’anaviy ravishda to‘rtta ashram (davr yoki bosqich)ga bo‘linadi. Braxmacharya – hayotning birinchi bosqichi, barcha noz-nematlardan voz kechgan shogird monax kabi faoliyat yuritadi, asosan guruning xizmatida bo‘lib, undan ma’naviy bilimlarni egallaydi Grixastxa – oilaviy hayot, ish. Bu ashramda kama va artxining purushartxisi amalga oshiriladi. Oilali-hinduistning burchi o‘z ota-onasi, farzandlari, mehmonlar va muqaddas insonlarni qo‘llab-quvvatlashi hisoblanadi. Vanaprastxa – barcha ishlardan uzoqlashish va tarkidunyo qilish. Bu bosqichda barhca moddiy majburiyatlar balog‘atga yetgan farzanlarga o‘tib, asosiy vaqt ruhiy amaliyotga va muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishga qaratadi. Sannyasa – hayotning so‘nggi bosqichi, moddiy hayotdan to‘la uzoqlashish Boshqaruv tizimi, shaharlari va savdo aloqalari. Eng Qadimgi Hindiston tabaqaviy jamiyatga asoslangan quldorlik davlati edi. Eng Qadimgi Hindistondagi davlatlar podsholar tomonidan boshqarilgan. Podsholar oqsoqollar kengashi va qo`shinga tayanib ish olib borgan. Qadimgi aholi boy-badavlat, hunarmand, mayda savdogar, o`rtahol dehqdn va ziyolilardan iborat o`rta tabaqaga hamda kambag`allar, qashshqqlar va qullarga bo`lingan. Milloddan avvalgi 5 ming yil oxiri 4 ming yillikda Hind daryosi vodiysida sun’iy dehqonchilik vujudga kelgan 4 ming yillik oxiri – 3 ming yillik o’rtalarida Hind vodiysida eng qadimgi Hind madaniyati tashkil topdi. M.av. 2 ming yillik o’rtalarida Hindistonda Oriy qabilalari kirib keldi. Oriylar o’zlari bilan temir, ot va tuyani olib kirdilar. M.av. VI asrgacha shimoliy Hindistonda 20 dan ortiq mayda davlatchalar bo’lgan. Davlatchalar o’rtasidagi kurashda Magatha g’olib kelgan. Magatha davlati Minbasara davrida ancha kengaygan. Ajattashatru davrida esa Gang vohasi markaziy Hindiston markaziy davlaga birlashgan. M.av. 345 yil Nand sulola asoschilaridan biri Ugrase Magathani egallab oldi. M.avv VI-IV asrlarda Panjob viloyatida tarqoqlik hukm surgan. Yunon – Makedon bosqinchilariga qarshi ozodlik kurashiga Chandra Gupta boshchilik qilgan. U Magatha taxtini egallab m.av. 317 – 298 yillari podsholik qilgan. Manrea davlatiga asos solgan. Poytaxti Patalaputra. Chandra Guptaning o’g’li Bindusara (293-268) va Ashoka (268-231) davrida Hindiston qudratli davlatga aylandi. M.avv. 180 yili Mauria sulolasining so’ngi podshosi o’ldirildi. Milodning III asrida Magatha yana kuchaydi. Uning asoschisi Gupta bo’lgan Guptaning nabirasi Chandra Gupta I davrida (320-335) Magatha ancha kuchaydi. Uning o’g’li Samudra Gupta (335-380) Ximolayda Madras va Kanchi shaharlarigacha bo’lgan yerlarni bosib oldi. Chandra Gupta II (380-415) Hind osiyodagi eng kuchli davlatga aylandi. VI asrga kelib Guptalar davlati yana mayda davlatlarga bo’linib ketdi. Shu bilan Hindistonning qadimgi davri tugadi. Mohenjon-doro – Hind daryosi o’rta qismida joylashgan 270 gektar yer maydoni bu shahardan xom va pishiq g’ishtdan qurilgan binolar va shahar yo’llari topilgan. Yo’llarga g’isht yotqizilgan. Shaharga korizlardan suvlar kelgan va chiqindi suvlar chiqarib tashlangan. Boy kishilarning uylari, ibodatxona, qal’a va boshqa binolar ikki uch qavat qilib qurilgan. Harappa – Panjob viloyatida joylashgan arxeologlar bu yerdan besh yuzga yaqin yodgorliklar topishgan. Shaharga quvurlar orqali suvlar kelgan kanalizatsiya tizimi bo’lgan. Shaharda suv saqlash uchun pishiq g’ishtadan koriz va quduqlar qurilgan. Umuman aytganda shaharda me’morchilik, zargarlik, kulolchlik, toshtaroshlik qurolsozlik ancha rivojlangan. Harappa va Mohenjon-doroliklar uncha katta bo’lmagan kemalarda daryo va dengizlarda suzganlar. Qadimgi hindlar xuddi misrliklar va bobilliklar singari tabiatning ko`pdan ko`p hodisalari qarshisida ojiz edilar: tropik jalalar, suv toshqinlari, qurg`oqchilikdan qo`rqardilar. Hindlar tasavvurida tabiatni xudolar boshqarayotgandek tuyulardi. Qadimgi hind rivoyatlarida aytilishicha, Quyosh xudosi har tongda oltin aravada osmon bo`ylab yo`lga tushadi. Quyosh tungi zulmatni parokanda qilib tashlab, odamlarga harorat va yorug`lik ulashish niyatida ufqdan bosh ko`taradi. Momaqaldiroq xudosi Indra osmondagi suvni surlikdan xalos aylagach, Yer yuzida qurg`oqchilik poyoniga yetibdi. Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur etishgan. Masalan, filga sig`inishgan: Bosh xudolardan biri boshi filnikiga o`xshash donishmand Ganesha bo`lgan. Sigir esa hindlar orasida alohida ehtiromga sazovordir. Sigir muqaddas hayvon hisoblangan. Sigirni o`ldirgan kimsa jinoyatchi deb e'lon qilingan: bunday kishi jamiyatdan haydab yuborilar, hech kim u bilan muloqot qilishga haqli bo`la olmasdi. Hindlar jon bir tanadan boshqasiga ko`chib o`tishiga e'tiqod qilishgan. Ular, vafot etganidan keyin odam baribir o`lmaydi, balki atigi boshqa bir mavjudotga evrilib, o`z tashqi qiyofasini o`zgartiradi, hayvonga, qumursqaga va o`simlikka aylanadi deb hisoblashgan. Inson vafot etganidan keyin kimga va nimaga aylanib qolishi esa uning bu hayotdagi xatti-harakatlari va amallariga bog`liq. Hind kastalari. Qadimgi hindlar qanday yumushlar bilan shug`ullanishiga qarab to`rt guruhga ajratilgan edi. Bu guruhlar kasta yoki varna deb atalgan, jumladan: kohinlar — braxmalar, jangchilar — kshatriylar, dehqon, hunarmand va savdogarlar — vayshyalar, xizmatkorlar va qullar — shudralar. Hindlarning e'tiqodicha, kastalardan har birini oliy xudo Braxma o`z jismining qandaydir bir qismidan dunyoga keltirgan ekan. Masalan, kohinlar uning dahanidan, jangchilar qo`llaridan, dehqonlar quymichlaridan, xizmatkorlar esa oyoqlari tovonidan yaratilgan. Bolalar hamisha ota-onalari kastasiga mansub deb topilgan. Bir kastadan boshqasiga o`tishning ham iloji bo`lmagan. Turli kastalarga mansub odamlar o`rtasida nikohga ham yo'1 qo`yilmagan. Kastalardan birortasiga ham mansub bo`lmaganlar esa alohida maqomga ega bo`lishgan. Bundaylarni "chandal", ya'ni "hazar qilinadiganlar" deyishgan. "Chandallar" kastalarga mansub odamlar bilan birga bir uyda yashay olmasdi, ular bilan bir dasturxonga o`tirish taqiqlangan edi. Uzoqdan ko`rinib ajralib turishlari, kimdir tasodifan ularga tegib ketmasligi uchun "chandallar" maxsus libos kiyib yurishlari kerak edi. Ular qishloqlardan tashqarida yashashga majbur edi.Hindlar dunyoda birinchi bo'lib paxtadan mato to'qib, kiyimlar tikkanlar, chunki shahardan kiyim tikish, qurolsozlik ustaxona qoldiqlarni topilgan. Xarappa suv yo'li va quruqlik orqali shumerlar bilan savdo aloqalari olib borgan ilk quldorlik davlati edi. Arxeologlar Hind vohasi va Panjobning ko`p joylaridan savdo omborxonalari va do`konlarining qoldiqlarini topganlar. U yerlardan qadoq toshlar ham topilgan. Bu, Hindistonda ichki va tashqi savdoning rivojlanganligidan dalolat beradi. Savdogarlar Eron, Turon, Xitoy, Mesopotamiya, Arabiston va boshqa mamlakatlar bilan suv va quruqlik yo`llari orqali savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanishi, shuningdek talonchilik urushlari natijasida ayrim kishilar ixtiyorida ortiqcha boylik yig`ilgan. Bu hol mulkiy tengsizlik va tabaqalanishni yanada tezlashtirgan. Download 38.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling