Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/60
Sana31.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1142839
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60
Bog'liq
1-мавзу маърузаси

Shelling Fridrix Vilgelm Yozef (nemis faylasufi. 1775-1854) Bosh asari: «Transsendent 
idealizm tizimi»ning falsafiy va metodologik ahamiyati shundaki, bu asarda tarixiylik tamoyillari 
ilk bor izchil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. 
Transsendent idealizm tizimi quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi.
1. Nazariy falsafa o‘zlikni anglash uchun qarama-qarshi yo‘nalishlar (ob'ekt, sub'ekt, 
ideal va real faoliyat) o‘rtasida kurash lozim, degan metodologik qoidadan boshlanadi. Shelling 
o‘zlikni anglash faqat shu kurash jarayonida yuz berishini va «Men» mexanizmi to‘laligicha 
faqat o‘zlikni anglashni tashkil etuvchi qarama-qarshiliklardan keltirib chiqarilishi mumkinligini 
qayd etadi. Bunda u ikki holatni: «Men» endigina yuzaga kelgan va «Men» aniq-ravshan 
ko‘rinib turuvchi holatlarni farqlaydi. Bunda birinchi holat «Men»dan tashqarida, ikkinchi holat 
– «Men»ning ichida bo‘ladi. Shu munosabat bilan ong qaysi holatdan boshlanishini aniqlash va 
unga mazkur chegaradan, ya'ni ongdan tashqarida yotgan narsalarni aralashtirmaslik juda 
muhimdir.
Shelling o‘z asarida tarixiylik tamoyilidan foydalanib, o‘zlikni anglash tarixida uch 
asosiy davrni (bosqichni): dastlabki sezishdan samarali mushohada yuritishgacha; samarali 
mushohada yuritishdan refleksiyagacha; refleksiyadan irodaning mutlaq harakatigacha bo‘lgan 
41
Kant I. Kritika chistogo razuma. Soch. - M.: Eksmo: SP(b).: Midgard, 2007. – S.159. 


davrlarni farqlaydi. Bunda Shelling ong, o‘zlikni anglash va jamiyatning shakllanish jarayonini 
odamlarning amaliy faoliyati bilan bog‘lashga harakat qildi.
2. Amaliy falsafaning bosh tushunchasi – «tarix», bog‘lovchi muhit sifatidagi ob'ektiv 
dunyoda yuz beruvchi va aqlli jonzotlar sifatidagi odamlar erkinligining sharti hisoblanuvchi 
kishilararo o‘zaro aloqasidir. Boshqacha aytganda, bu jahon tarixidagi ob'ektiv qonuniyat 
haqidagi muhim masalaning qo‘yilishidir. 
3. Tabiiy maqsadlar falsafasi ko‘r-ko‘rona kuchlar mahsuli bo‘lgan tabiat amalda 
maqsadga muvofiqlik ruhi bilan sug‘orilgandir degan antinomiyaga asoslanadi. Bu 
antinomiyaning yechimini u sub'ekt va ob'ektning dastlabki ayniyligini e'tirof etish yo‘lida 
ko‘radi: umuman tabiatda va uning ayrim mahsullarida maqsadga muvofiqlikka faqat 
mushohada yuritish yo‘li bilan erishish mumkin. Bu mushohadada tushuncha haqidagi tushuncha 
va ob'ektning o‘zi dastlabki tarzda va uzviy bog‘lanadi – shunda natija maqsadga muvofiq tarzda 
namoyon bo‘lishi lozim.
4. San'at falsafasi – transsendental idealizm tizimining oxirgi bo‘limi. Uning asosiy 
qoidalari quyidagilardan iborat: 
a) san'at – umuman bilishning oliy shakli, chunki faqat u insonga oliy bilimga erishish 
imkonini beradi. San'at amaliy foydaga ham, axloqqa ham, fanga (falsafaga) ham bo‘ysunishi 
mumkin emas, chunki u hamma narsadan oliyroqdir; 
b) san'atning ustunligi shundaki, uning asarlarida ongli va ongsiz faoliyat ayniyati aks 
etadi. «Bizda mujassamlashgan bu teran ziddiyat»ni aynan va faqat san'at yechishga qodir. San'at 
– bu nazariy va amaliy narsalar o‘rtasidagi qarama-qarshilik bartaraf etilib, ongli va ongsiz tabiat 
va erkinlikning to‘la uyg‘unligiga, idealga erishiluvchi jabha; 
v) san'at o‘z rivojlanish jarayonida spiral tashkil etadi: qadimda undan (aniqrog‘i 
poeziyadan) falsafa va boshqa fanlar tug‘ilgan; 
g) san'at – erkinlik va zaruriyatning yuksak birligi. Insonning ijodiy tabiati to‘la davra 
aylanib san'atda o‘zining yakuniy ifodasini topadi. San'at insonga “oliy"ni bilish darajasiga 
yetish imkonini beradi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling