Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi


Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/60
Sana31.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1142839
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
Bog'liq
1-мавзу маърузаси

Falsafaning tarbiyaviy funksiyasiinsonning o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘zi mansub 
bo‘lgan jamiyatning axloqiy normalariga rioya qilishdir. Bu masalaning xalqaro darajadagi keng 
va har tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi. 
Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati o‘z-o‘zini anglab yetishga 
yo‘naltirilgan falsafaga muhtojdir. Buni 2002 yildan Yunesko qaroriga binoan, butun dunyoda 
har yili noyabr oyining uchinchi payshanbasida o‘tkaziladigan “Jahon falsafa kunlari” ham, 
hozirgi kunda dunyo uchun eng muhim masalalarga e’tiborini qaratadigan Jahon falsafa 
Kongresslari ham tasdiqlaydi. Darhaqiqat bunday kongress birinchi marta 1900 yilda Fransiyada 
o‘tkazilgan, 1948 yildan boshlab uni har besh yilda bir marta o‘tkazish an’anaga aylangan. 
Xususan, 1998 yilda Boston shahrida (AQSH) bo‘lib o‘tgan XX jahon falsafa kongressi 
“Paydeyya: insoniyatni tarbiyalashda falsafa” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lsa, Turkiyaning 
Anqara shahrida o‘tkazilgan XXI Jahon falsafa kongressida “Falsafa jahon muammolari bilan 
yuzma-yuz” mavzusi atroflicha muhokama qilindi. XXII jahon falsafa kongressi birinchi marta 
Osiyo mamlakati bo‘lmish Koreya respublikasining Seul shahrida “Hozirgi davrda falsafani 
qayta anglash” degan umumiy mavzu ostida bo‘lib o‘tdi. Kongresslarning mavzularidan ko‘rinib 
turganidek, falsafa real hayot bilan uzviy bog‘liq va eng muhim muammolarni anglab yetishga 
xizmat qilib keldi. Shunday muammolardan biri – insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol 
toptirishda falsafaning roli va ahamiyati masalasidir. Buning uchun esa, albatta, qadimgi davr 
mutafakkirlarining asarlariga yana bir bor murojaat etish taqozo etiladi. 
Biroq, ma’rifatning vazifasi ko‘zga ko‘rish qobiliyatini berishdan emas, balki unga 
to‘g‘ri qarashni o‘rgatishdan iboratdir. Demak, Platon, Demokrit, Zardo‘sht va boshqa 
mashhur faylasuflar fikriga tayanib, ma’rifat yordamida, ta’lim va tarbiya jarayonini zo‘rlikka 
qarshi yo‘naltirish va odamzot aql-idrokini kamol toptirish orqali insonning boshqacha tabiatini 


yaratish mumkin. «Paydeyya» tushunchasi bolani tarbiyalab komil insonga aylantiruvchi ta’lim 
jarayoniga e’tiborni qaratadi. Qadimgi yunonlar «texne» va «paydeyya» kabi tushunchalarni 
farqlaganlar; birinchi atama bilimni, ya’ni o‘rganish mumkin bo‘lgan narsani anglatsa, ikkinchi 
atama bilim berish manbaini emas, balki to‘g‘ri fikr manbaini anglatadi. Bunda paydeyya
Aristotel ta’biri bilan aytganda, insonni o‘zini o‘zi kamol toptirishga rag‘batlantirishi lozim. Shu 
bois Protagor, Suqrot va Platon aytganidek, falsafadan saboq berishda ishontirish mahoratini 
emas, balki to‘g‘ri fikrlash mahoratini o‘rgatishga e’tibor qaratish muhim. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling