Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi


Sharq – qadimiy madaniyat o‘chog‘i


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/60
Sana31.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1142839
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60
Bog'liq
1-мавзу маърузаси

Sharq – qadimiy madaniyat o‘chog‘i. Sharq Qadimiy madaniyat o‘chog‘i va jahon 
sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan. G‘arb madaniyati tarixini o‘rganish 
jarayonida Yevropotsentrizm nazariyasiga og‘ib ketish g‘ayriilmiy bo‘lgani kabi masalaning 
Sharq bilan bog‘liq jihatini tahlil etganda ham Osiyosentrizm g‘oyalari ta’siriga tushmaslik 
lozim. Shu bilan birga, Sharqning o‘ziga xosligi, unga mansub bulgan madaniy taraqqiyot jahon 
sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. 
Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. Qolaversa, Vatan im 
iz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi quchog‘ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini 
o‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini doimo esda 
tutish darkor. 
Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko‘pgina mutaxassislar bizning 
Vatanimiz o‘tmishini, Misr, Bobil yea insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri 
bo‘lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti
qadriyatlar tizimining o‘ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda 
namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanadi. 
Ushbu madaniyat o‘choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida “Eng qadimgi tarix” 
darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o‘sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar 
kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo‘lganini yaxshi biladi. Biz bugun o‘sha davrlardagi 
falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, o‘ziga xos ta’limotlarining 
asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Ko‘hna Sharq sivilizatsiyasining 
beshiklaridan biri bo‘lgan Misr, qadimgi zamonda ilk o‘troq hayot va o‘ziga xos dehqonchilik 
an’analari boshlangan Nil daryosi bo‘ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling