Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


Birinchidan, kundalik, hayotiy masalalarni donolik va tafakkur salohiyati asosida hal qilish. Bu ma’noda donolik hamma odamlarga xos hislatdir. Ikkinchidan


Download 69.44 Kb.
bet2/5
Sana31.01.2023
Hajmi69.44 Kb.
#1144395
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja

Birinchidan, kundalik, hayotiy masalalarni donolik va tafakkur salohiyati asosida hal qilish. Bu ma’noda donolik hamma odamlarga xos hislatdir. Ikkinchidan, ilmiy-nazariy donishmandlik. Bu dunyoni aql ko‘zi, tafakkur salohiyati bilan idrok etish, dunyoni tafakkur qonunlari va kategoriyalari bilan anglash, mushohada qilish demakdir. Bunday yondoshuvda falsafa ilmiy tafakkur, nazariy bilimlar darajasidagi fandir; tabiat, jamiyat va tafakkurning umumiy qonunlari, kategoriyalari haqidagi ta’limotdir.
Falsafaning paydo bo‘lishi bilan fanning vujudga kelishi va rivojlanishiga zamin yaratildi. Falsafa tafakkur qonunlari bilan ish ko‘radi (ishlaydi). Uning qonunlari haqidagi ta’limot falsafaning muhim bir tarkibiy qismi bo‘lmish mantiq ilmidir.
Har qanday fanning asosiy ideallari, masalan, isbotlangan tizimli hamda izchil, aniq tekshirilgan bo‘lishligi, voqelikka mos kelishligi dastavval falsafada ishlab chiqilgan. Falsafa hamma vaqt ilmiy tushunchalarga asoslanib ish ko‘r SHuning uchun ham ko‘pchilik faylasuflar falsafani qat’iy fan deb aytganlar. Masalan, Aristotelь, Forobiy, Ibn Sino, Gegelь, Gusserlь va boshqalar. Ular falsafani nazariy va amaliy fanlarga ajratganlar. Masalan,

Falsafaning fan ekanligi uning mazmuni, metodi va maqsadi bilan bog‘liq.
Falsafaning mazmuni borliqni bir butun tarzda qamrab olishga qaratilganidir (intilishidir). Agar alohida fanlar dunyoning u yoki bu tomonini o‘rgansa, falsafa butun bir reallikni yaxlit holda qamrab oladi. Xilma-xil dunyoning bir butun, yagonaligi falsafaning mazmunini tashkil etadi. Ba’zida falsafaning predmeti bir butun dunyo deb ko‘rsatadilar. Biroq predmet va uning ob’ekti tushunchasi alohida fanlarga taalluqli bo‘lgan atamalardir.
Falsafa uchun mazmun tushunchasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. CHunki falsafa uchun dunyoning mohiyati nimada degan masala muhimdir. Nega dunyo mavjud; inson nimaga va qanday mavjud bo‘ladi, yashaydi; borliqning fundamental asosi nima; inson hayotining ma’nosi qanday kabi savolar falsafiy masalalardir.

Download 69.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling