Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi
Mirzo Ulug’bek Nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
Ijtimoiy Fanlar Fakulteti
Demokratik Jamiyat va Huquq Ta’limi kafedrasi
“MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI” YO’NALISHI
Fan: Siyosat Falsafasi.
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Liberalizmning asosiy tamoyillari.
Bajardi: O’tkirov Behzod
Qabul qildi: K.Mirzaahmedov
Mavzu: Liberalizmning asosiy tamoyillari.
Reja:
Liberalizm tushunchasi va uning rivojlanish bosqichi.
Liberalizmning asosiy tamoyillari.
Liberalizm g’oyasining O’zbekiston ijtimoiy hayot sohalariga tadbiq etilishi.
1. “Liberalizm”atamasi- (lot. “libertas”- erkinlik) degan ma’noni bildirib, mafkuralar tarixida ikkita fenomenni anglatadi.
1. Davlat tomonidan huquqning ustunligi va shaxs erkinligining tan olinishi hamda kafolatlanishi.
2. Aql-idrok tomonidan ijtimoiy hayotning barcha tomonlarini tartibga solib tura olish kuchiga ishonish, dogmatic aqidalarga tanqidiy yondashish.
Liberalizm XVII-XVIII asrlarda Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan, u Jon Lokk, Adam Smit, Sharl Lui Monteskye va boshqalarning mutlaq hokimiyatga qarshi qaratilgan nazariyalariga asoslanadi. Liberalizm gʻoyalari birinchi bor AQSH Konstitutsiyasi (1787) hamda „Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi“da (1789) mujassam boʻlgan. XIX asr va XX asr boshlarida liberalizmning fuqarolik jamiyati, shaxs huquqlari va erkinliklari, huquqiy davlat, demokratik siyosiy muassasalar, xususiy tadbirkorlik va tijorat erkinligiga oid asosiy qoidalari shakllangan. Hozirda liberalizm gʻoyalariga koʻra, erkin bozor mexanizmi samarali iqtisodiy faoliyat yuritish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni tartibga solib turish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi; ayni chogʻda bozor va raqobatchilik normal sharoitda rivojlanishi uchun bu sohaga davlatning muntazam ravishda aralashuvi zarur. XX asr oxirida liberalizm, konservatizm va sotsial-demokratiya gʻoyalari bir-biriga yaqinlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |