Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo’nalishi fan: Siyosat Falsafasi
Download 291 Kb.
|
Liberalizm mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klassik liberalizm
- tabiiy tengsizligidan
- Liberalizmda insоnning tabiiy huquqlari, individualizm, "minimal davlat", ijtimоiy taraqqiyot kоntseptsiyalari. Liberalizmda tabiiy huquq
- minimum davlatni
- nominimal davlat va minimal nohuquqiy davlatga
Liberalizmning belgilari:
- Tashqi majburlash va zo’rlikdan holi bo’lish; - Erkinlikni individual anglash; - Davlat va jamoatchilik tomonidan zo’rlashning barham topishi; - O’zgarishlar va yangilanishlarni qo’llash; - Iqtisodiy erkinlik ustuvorligi; - Davlat faoliyati yo’nalishlarining chegaralanganligi; - Siyosiy demokratiya printsiplarini qo’llab-quvvatlash. Ma’lumki, inson – ijtimoiy hayotning mustaqil sub’yekti hisoblanadi. Liberalizm bo’yicha, inson aql-idrokka ega, ongli mavjudodligi tufayli, umuman olganda, o’zi uchun nima yaxshiyu, nima yomonligini va har qanday xalq o’zi uchun nima foydaliyu, nima zarar ekanligini har qanday hukumatdan ko’ra yaxshi biladi degan g’oyaga asoslanadi. Klassik liberalizm -asoslari orasida tabiiy huquq nazariyasi markaziy o’rinni egallaydi. Unga ko’ra, barcha odamlar o’zlarining erkinligidan, jamoaning erkinligidan, jamoyatning erkinligidan qat’it nazar tabiiy, daxlsiz, begonalashtirilmaydigan huquqlarga ega bo’lishadi. Klassik liberalizmga ko’ra, individual erkinlik nafaqat huquqiy davlatning konstitutsion mexanizmlari, balki davlat funktsiyalarining minimumga kamaytirilishi bilan ham kafolatlanadi. Klassik liberalizm nazariyasini rivojlantirgan olimlar jumlasiga Tomas Gobbs, Jon Lokk, I. Kant, Adam Smit, M. Veberlar kiradi. Klassik liberalizmning yana bir xususiyati shundaki, u insonning tabiiy tengsizligidan kelib chiqadi, chunki insonlar bir xil sharoitda ham har xil natija ko’rsatishadi. Bu o’rinda ta’kidlash kerakki, liberalizm uchun ijtimoiy tengsizlik ideal emas, balki tabiiy biologik, ijtimoiy va tarixiy faktdir. Klassik liberalizm ijtimoiy-iqtisodiy sohada erkin bozor printsiplari, shaxsiy tashabbus, sog’lom raqobat ideallarini himoya qilgan. Liberalizmda insоnning tabiiy huquqlari, individualizm, "minimal davlat", ijtimоiy taraqqiyot kоntseptsiyalari. Liberalizmda tabiiy huquq nazariyasiga alohida urg’u beriladi. Tabiiy huquq nazariyasi esa, shartnomaviylik va individualizm, ya’ni individual erkinlik, individual dunyoqarash va individual manfaatga asoslanuvchi dunyoqarash bilan mustahkam bog’langan. XVII asrda Tomas Gobbs va Jon Lokk tomonidan tabiiy huquq nazariyasining shakllantirilishi, liberalizmning sistemalashtirilishi natijasida davlat va jamiyat muammolari hokimiyatda turuvchilarning nuqtai nazaridan emas, ,alki davlat hokimiyatining huquq tomonidan cheklanishini ta’minlab beruvchi fuqarolar huquqlari nuqtai nazaridan qaraladigan bo’ldi. Liberalizm cheklangan davlat nazariyasiga tayanuvchi mafkura sifatida huquqiy davlatni – absolyut davlatga , minimum davlatni – maksimum davlatga qarshi qo’yadi. Klassik liberalizm uchun siyosiy sohada demokratiya emas, balki nomokratiya ideal bo’lib xizmat qiladi. Liberalizm bo’yicha, har qanday davlat o’zining funktsiyalarini cheksiz kengaytirishga moyil bo’ladi. Shu boisdan, liberallar nafaqat davlat hokimiyatining amal qilish chegaralarini, balki uning funktsiyalarini ham cheklash g’oyalarini ilgari suradi. Davlat hokimiyatining amal qilish chegaralarining cheklanishi deyilganda huquqiy davlat, davlat funktsiyalarining cheklanishi esa, minimal davlat nazarda tutiladi. Liberalizm doirasida mazkur ikkita kontseptsiya ilgari surilgan bo’lsada, davlatni huquqiy nominimal davlat va minimal nohuquqiy davlatga ajratish mumkin. Download 291 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling