Liberalizmda "erkinlik " va "hоkimiyat" tushunchalari.
Liberalizm mafkurasi "erkinlik " va "hоkimiyat"ning o’zaro zidligidan kelib chiqadigan tushunchalar antinomiyasi sanaladi. Ikki individ o’rtasifagi munosabatlarda ulardan birining hokimiyati qancha oshib borsa, ikkinchisining erkinligi shuncha kamaya boradi. Va aksincha, ikkinchi individning erkinligi doirasi kengayishi bilan birinchisining hokimiyati kamayaveradi.
Liberalizm individual erkinlik, individual dunyoqarash va individual manfaatga asoslanuvchi dunyoqarash bilan mustahkam bog’langan. Unga ko’ra, barcha odamlar o’zlarining erkinligidan, jamoaning erkinligidan, jamoyatning erkinligidan qat’it nazar tabiiy, daxlsiz, begonalashtirilmaydigan huquqlarga ega bo’lishadi.
Siyosiy hokimiyatning harakatlari boshqariluvchilarning rozichiligiga asoslangandagina qonuniy kuchga ega bo’lishi, shuningdek hokimiyat sub’ektlari va unga bo’ysunuvchilar o’rtasida shartnomaning mavjud bo’lishi shartligi g’oyasi hokimiyatning mavjudligidan qat’iy nazar individlar ma’lum bir huquqlarga ega bo’lishlari haqidagi tezislardan kelib chiqqan.
Liberalizmning tarixiy ahamiyati shundaki, u davlat hokimiyatini konstitutsiya yo’li bilan cheklash uchun absolyutizmga qarshi kurashib kelgan. Liberal nuqtai nazardan erkinlik bilan mos keladigan va uning rivoji ham bo’lgan tenglikning yagona shakli erkinlikdagi tenglikdir.
"Liberal-refоrmizm" va "etatistik liberalizm"ning tarixiy kelib chiqishi va asоsiy vakillari.
Birinchijahon urushi va ayniqsa, 1929-1933 yillardagi iqtisodiy bo’hron davrida davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kuchaydi va bu o’z navbatida klassik liberalizmga jiddiy zarba berdi. Natijada liberalism XX asrning 30-yillarida Liberal-refоrmizm va neoliberalism nomi ostida qayta shakllandi.
Liberal-refоrmizm tarixan AQSH da paydo bo’lgan va ko’pincha uni o’sha erda neoliberalizm ham deb ataladi. Ushbu o’rinda chalkashlikka yo’l qo’ymaslik uchun "Liberal-refоrmizm" va "etatistik liberalizm" atamalaridan foydalaniladi.
"Liberal-refоrmizm" va "etatistik liberalizm" mafkuralarining shakllanishida Jon Styuart Mill, Jon Keyns, U. Jeyms, J. D’yui, Jon Roulz, F.Xayek kabi olimlarning xizmatlari juda katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |