Falsafa o‘zining uslubi jihatidan voqelikni (borliqni) aqliy tahlil qilib o‘rganishdan iborat. Falsafaning metodi ratsionaldir.
YUqoridagi fikrlardan falsafaning muhim vazifasi, ya’ni dunyoqarash va metodologik tamoyillari kelib chiqadi. Falsafa dunyoqarash sifatida dunyoning bir butun manzarasini beradi, uning shaxs tomonidan onglanilishini taqozo qiladi.
Dunyoning falsafiy manzarasi xoshiyodordir, ko‘p qavatli, ko‘p o‘lchovlidir. Dunyoning falsafiy manzarasi hamma vaqt davomiylik bilan belgilanadi. Falsafiy manzara hamma vaqt konkretlashtirishni (oydinlashtirishni) talab qiladi va u donolik tafakkur salohiyati orqali idrok qilinadi. Bu insonlar uchun asosli, fundamental ahamiyatga ega. Undan judo bo‘lish aqlsizlikdir. Nega undan mahrum bo‘lish kerak? Axir, ular yuksak, oliyjanob aql salohiyati-ku!
Demak, falsafaning o‘ziga xos tomoni (vazifasi) inson borlig‘i haqidagi eng muhim hayotiy masalalarni o‘rganish, mushohada qilish, uning salohiyatini ana shu tomonga yo‘naltirishdan iborat. Falsafaning nafaqat o‘ziga xos tomoni, balki uning mustaqil vazifasi ham bordir. Falsafiy masalalar hammabop, hammaga tegishlidir.
Falsafaning mustaqil vazifasi nimadan iborat?
Biz shu vaqtgacha falsafiy masalalarni bir butun tarzda qarab chiqdik, uning ilmiy salohiyatiga e’tibor berdik. (Falsafaning) axloqiy - tarbiyaviy va diniy - e’tiqodiy vazifasi ham bor.
Hozirgi davr falsafasida axloq nafaqat an’ana va inson xarakteri (Aristotelь) yoki insoniy burch masalasini (I.Kant) qamrab oladi, balki qadriyatlar muammosiga alohida ahamiyat beradi. Bizning diyorimizdagi falsafada qadriyatlar masalasiga hamma vaqt urg‘u berib kelingan.
Qadriyatlar falsafasi inson yashashining mazmuni va ma’nosi haqidagi ta’limot ekan, eng bosh qadriyat ezgulik, haqiqat va xudoga bo‘lgan e’tiqoddir. SHunga ko‘ra, falsafa nafaqat fan, balki u axloqiy qadriyat hamdir.
Donishmandlik bilishgina emas, u dastavval hayot faoliyati tarzidan iborat. Haqiqiy faylasuf amaliy, hayotiy donishmandlikning ustozidir.
(3) Kant.
Haqiqiy faylasuf butun donishmandlik haqidagi ta’limotga ega bo‘lish bilan birga bu bilimlarni insonlarga yaxshilik qilishga qaratadi. Ana shundagina inson o‘zining bu dunyoda tutgan o‘rnini anglab olishi mumkin.
Biz yuqorida falsafa qat’iy fan degan mutafakkirlar fikrini eslatdik. SHuning bilan falsafaning boshqa fanlarga bo‘lgan munosabati xususida o‘zlarning mustaqil fikrlarini bayon etgan allomalar bo‘lganini ham aytib o‘tmoqchimiz. Ular orasida Nitsshe, A.SHopengauer, Kьerkegor, SHelling, Xaydegger, Fuko, YAspers va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Ularning fikricha, falsafa nafaqat mavhum tafakkur bilan ish ko‘radi, balki falsafaning hissiy-estetik vazifasi ham bor. Bu jihatdan falsafa fanga emas, balki badiiyotga yaqindir.
Falsafiy masalalar ichida inson muammosi birinchi o‘rinda ekan, uning ichki dunyosi, ma’naviy borlig‘ini onglab etish uchun tushunchalar vositasi etarli emas. Uni estetik, axloqiy tomonlar bilan, diniy e’tiqod orqali anglab etish, intuitsiya yo‘li bilan hal qilish mumkin, deb ko‘rsatmoqdalar yuqorida qayd etilgan bir qator mutafakkirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |