Falsafaning milliy va umuminsoniy tamoyillari
Shu bilan birga, bugungi o`zbek falsafaning rivojini ta'minlashda quyidagi jixatlar aloxida o`rin tutadi
Download 1.67 Mb.
|
Falsafa2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafiy dunyoqarash
Shu bilan birga, bugungi o`zbek falsafaning rivojini ta'minlashda quyidagi jixatlar aloxida o`rin tutadi
- xalqimizning o`z milliy an'analariga sodiqligi - mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi - muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi - mehnatsevarligi, intellektual saloxiyati va boshqalar. O`zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish quyidagi muammolarning yechimini topishga bog`liq -birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni xaqqoniy yoritish falsafiy g`oyalar, qarashlar tarixini xam xolis ko`rsatib berishni taqozo qiladi. O`z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo`q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtiradi. - ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi umuminsoniy ma'naviy merosdan baxramand bo`lish va ulardan ijodiy foydalanishga to`sik bulmoqda. - uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g`oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo`shliqni yangi g`oyalar bilan to`ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi. Falsafiy dunyoqarash Falsafa – borliq, turli shakllari orasidagi o‘zaro aloqadorlikni ifodalovchi nazariy qarashlar sistemasidir. Ushbu ta’rif “dunyoqarash” tushunchasiga berilgan ta’rifga o‘xshab ketadi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki dunyoqarashning tarixiy tiplari bir-biridan predmeti bilan emas, uni anglash usullari bilan farqlanadilar. Falsafa – donishmandlik haqidagi ta’limotdir, shu boisdan u, biz ta’kidlab o‘tganimizdek, olamni aql chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil qilinadi.Dunyoqarashni, ayniqsa falsafiy dunyoqarashni bir butun qilib ushlab turgan ikki qutb mavjud: olam va odam (yoki obyektivlik va subyektivlik, moddiylik va ma’naviylik, katta olam va kichik olam va hokazo). Shuni nazarda tutgan holda ham yurtimiz, buyuk faylasuf Shayx Aziziddin Nasafiy butun olamning o‘zi ulug‘ olam (olami kubro) bo‘lsa, insonning o‘zi kichik olamdir (insoni kubro), deb ta’kidlaydi. Bunda odam olamning bir bo‘lagi sifatidagina emas, borliqning o‘ziga xos shakli sifatida idrok etiladi. Boshqa narsalardan uning farqi shundaki, u o‘ylash va bilish, sevish va nafratlanish, quvonish va qayg‘urish, orzu qilish va baxtli bo‘lish imkoniga ega. Ushbu qarama-qarshi qutblar orasidagi turli munosabatlar falsafaning bahs mavzuini tashkil etadi. Olam va odam orasidagi munosabatlarni o‘rganishni falsafaning asosiy masalasi deb ta’kidlashga asos bormikan? Faylasuflarning ko‘pchiligi bu masalaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishga intilmagan bo‘lsalarda, bir narsa oydek ravshan bo‘lib turibdi: olam va odam orasidagi munosabatlar muammosi o‘ziga xos xarakterga ega. “Olam-odam” munosabatlarini uch asosiy tipga bo‘lish mumkin: gnesiologik (bilishga doir), aksiologik (qadriyatlarga doir), prakseologik (amaliyotga doir). O‘z vaqtida buyuk nemis mutafakkiri Immanuil Kant falsafa uchun prinsipal ahamiyatga ega bo‘lgan uch savolni aytib o‘tgan edi. Ular quyidagilar: “Nimani bilishim mumkin?”, “nima qilishim kerak?”, “Nimaga umid qilishim mumkin?”. Savollar mohiyatiga chuqurroq nazar tashlasak, ular odamning olamga bo‘lgan munosabatlarining uch tipiga mos tushiga ishonch hosil qilamiz Falsafaning shakllanishi – nazariy tafakkur tarixida yagni bosqich bo‘ldi. O‘zga bilim sohalariga nisbatan keyinroq yetuklikka erishgani tufayli falsafa uzoq yillar davomida universal nazariy bilim sifatida hukm surdi. Aristotelning fikriga ko‘ra, alohida fanlar borliqning konkret shakllarini o‘rgansalar, falsafa eng umumiy prinsiplarni aniqlashga intiladi. Kant esa falsafani turli bilimlarning sintezi deb hisoblardi. Nazariy – falsafiy bilimning boshqa vazifalari ham bor. Bunday bilim yordamida kishilarda o‘z dunyoqarashlarini muttasil kengaytirib borishga ehtiyoj vujudga keladi. Falsafiy tafakkur atrof – muhitni o‘rganish bilan cheklanib qolmay, makon va zamonning benazir tomonlariga nazar tashlashga harakat ham qiladi Falsafiy dunyoqarash – nazariy sistemalashtirilgan, izchil, asoslangan qarashlar yig‘indisidir. Unda ikki qutb mavjud: olam va odam. Falsafaning asosiy masalasi ana shu ikki qutb orasidagi o‘zaro munosabatni tadqiq etishdan iborat. Bu masala bir necha savollar turkumiga bo‘linadi va olamni falsafiy bilishga undaydi Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling