Falsafaning prеdmеti, mazmun va mоhiyati, jamiyatdagi rоli
Dunni idrok etishda falsafiy dunqarashning oziga xos roli-
Download 177 Kb.
|
1 mavzu Topshiriqlari
Dunni idrok etishda falsafiy dunqarashning oziga xos roli- unda dunyoni bilish, sezish, korish va tushunishning butunlay yangi sohasi falsafa vujudga kelishida namoyon boladi. Darhaqiqat falsafa bu nafaqat u yoki bu odam dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar borligi va bilishining umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, tabiat, jamiyat va tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf etiluvchi va tariflanuvchi manaviy faoliyatdir. yani bu dunyoga va insonning undagi orniga nisbatan qarashlarning umumiy tizimidir.
Bunday qarashlar zamirini savollar va insonning ularga javob toish istagi yotuvchi oqilona yol bilan olingan bilimlar majmuini tashkil etadi. Ammo bilish shunday bir tabiatga egaki, bir savolga javob kopincha boshqa bir talay savollarni yuzaga keltiradi va bazan muammoga nafaqat oydinlik kiritmaydi, balki uni yanada chigallashtirib, insonning qiziquvchanligini oshiradi va yangi tadqiqotlarga davat etadi. Xullas, bu yerda ijod, tinimsiz izlanish, yangilikka intilish togrisida soz yuritiladi. Agar mifologiya va dinda javobga urgu berilsa, bilishning butun mazmuni unda mujassamlashsa, falsafada savol, masala birinchi orinda turadi. U togri va yaxshi tariflangan bolsa, muammoning mohiyati aniq aks etadi. Savol, masala insonni ijodga ragbatlantiradi, toki unga qoniqarli javob olinib, haqiqatning tagiga yetilganiga ishonch paydobolmagunicha insonni izlanishga davat etadi. Bunda savolning ozi, muammoning qoyilishi javobdan kam ahamiyat kasb etmaydi, bazan undan ham muhimroq deb qaraladi. SHuni ham qayd etib otish lozimki, falsafa, garchi muayyan natijalarga, mukammal tariflarga, uzil-kesil xulosalarga intilsa-da, lekin shuning ozi bilan kifoyalanmaydi. Falsafani avvalo inson madaniyati sohasida yuz berayotgan, turli qarama-qarshiliklar va ozaro tasirlar bilan uzviy bogliq va ayni vaqtda ozga sohalarga otish va ularda gavdalanish qobiliyatiga ega bolgan manaviy jarayon sifatida tushunish lozim. Bundan xulosa shuki, falsafiy mushohada yuritish savol berish, shubha qilish, javoblar izlash va kuni kecha yechilgan deb hisoblangan, shak-shubhasiz bolib tuyulgan masalalarga qaytish demakdir. Falsafa uchun «boqiy», uzil-kesil aniqlangan haqiqatlar, «noqulay», «ilmoqli» savollar yoki man etilgan mavzular mavjud emas. Falsafa savollar berish, narsalar va hodisalar mohiyatini anglashga urinish orqali bilish doirasini kengaytirishga harakat qiladi. Xullas, falsafa haqiqat qanday bolsa, uni shunday ifodalab korsatishdir, din esa uning ramziy, timsoliy aks etishi. Falsafa asos va mohiyat bolsa, din timsol va shakl. Dialektik munozara usuli jamiyatning kam sonli ayonlari uchun kerak. Vahiy yolidagi ifoda xalq ommasining idroki, tarbiya va talimi uchun kerak. Download 177 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling