Falsafaning prеdmеti, mazmun va mоhiyati, jamiyatdagi rоli
Dunyoqarashning tarixiy shakllari
Download 177 Kb.
|
1 mavzu Topshiriqlari
Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Turli davrlar bilishni yanada teranlashtirdi va inson dunyoqarashini kengaytirdi. Shunga mos ravishda oddiy (empirik) dunyoqarash ham boyib bordi, uning negizida ozini ozi tashkil etish qonunlariga muvofiq yanada murakkabroq tuzilmalar asta-sekin shakllandi va bu pirovard natijada dunyoqarashning alohida shakllari yoki, tarixiy tilari farqlanishiga olib keldi.
Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bolib, bu hol insoniyat tadrijiy rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir. Konikmalar, tajriba va oddiy bilimlar toplanishiga qarab, nafaqat ularni avloddan avlodga otkazish muammosi yuzaga kelgan, balki ibtidoiy odamlarning dunyoqarashi ham murakkablashib borgan. Bu dunyoqarash rivojlanishining muayyan bosqichida, toplangan bilimlarning «yuqori bosqichiga» yetilgach, boshqa har qanday murakkab tizimda bolganidek, dunyoqarashda ham ozini ozi tashkil etish qonunlari amal qila boshlagan. Masalan, bu hodisaning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun shaxsiy kutubxonada kitoblar yigilishi bilan bogliq misolga murojaat etish orinli boladi. Mazkur kutubxonada kitoblar bir nechta bolsa, ularni tizimga solish talab etilmaydi, ular qaerda yotgani va ularning ozaro munosabati qandayligi ham ahamiyat kasb etmaydi. Kutubxona hajmi onlab kitoblar bilan olchangan taqdirda esa, ulardan foydalanishga qulaylik yaratish uchun kitoblarni muayyan tarzda joylashtirish, tizimga solish talab etiladi. Kitoblar soni qancha kop bolsa, ular bilan ishlash shuncha oson va qulay bolishi uchun ularni tasniflash, tartibga solish, ruknlarga ajratish tizimi shuncha murakkab boladi. Ibtidoiy odamlarning ancha rivojlangan dunyoqarashida ozini ozi tashkil etish qonunlariga muvofiq ayni shunday tartiblilik dastavval mif hamda dinning ilk shakllari korinishida vujudga keldi. Download 177 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling