Mif - dastlabki dunyoqarash shakli. «Mif» tushunchasi yunoncha mythos sozidan kelib chiqqan bolib, afsona, rivoyat degan manoni anglatadi. Mif bu turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir.
Mifda bilimlar, diniy etiqodlar, manaviy madaniyatning turli elementlari, sanat, ijtimoiy hayot kurtaklari birlashgan bolib, shu tariqa ibtidoiy odamlar dunyoqarashi malum darajada tartibga kelgan, ularning dunyo haqidagi qarashlari esa muayyan tizimga solingan. Mazkur tizimga solishning muhim shakllari epos, ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bolib, miflar avvalo ular orqali ifodalanadi. SHu tariqa toplangan bilimlar va tajriba keyingi avlodlarga otishi ham taminlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |