Falsafaning predmeti
Download 20.4 Kb.
|
1 2
Bog'liqFalsafa Fani Seminar topshiriq 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi Bobil, Misr,Hindiston va Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri.
- Borliq tushunchasi va uning mohiyati.
- Falsafa qonunlari
610-22 Gurux Talabasi Anvarov Azamatjonning Falsafa fanidan seminar topshiriq savollariga javoblari. 1) Falsafaning predmeti. Falsafa fani xuddi ijtimoiy, tabiiy fanlar singari mustaqil fandir. U o‘zining mustaqil ob’ekti va predmetiga ega. Falsafaning predmetini “olam-odam-inson” tizimi tashkil etadi.Falsafa predmeti uning rivojlanish davri mobaynida uzluksiz o‘zgarib turgan. Falsafa muammolari uning predmeti bilan belgilanadi. Ma’lumki, falsafa predmeti tarixiy rivojlanish jarayoni mobaynida sezilarli darajada o‘zgargan. Falsafiy fanlarning har biri: ontologiya, gnoseologiya, etika, estetika, mantiq, siyosatshunoslik, falsafa tarixi ham o‘z alohida predmetiga ega. Shu tufayli ham falsafa predmetini faqat o‘ta abstrakt tushunchalar yordamida belgilash mumkin. Suu ma’noda «dunyo – inson» munosabatlari tizimidagi umumiylik falsafaning predmeti hisoblanadi, degan fikr mazkur talablarga javob beradi. 2) Qadimgi Bobil, Misr,Hindiston va Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri. Oddiy tasavvurga ko‘ra Quyosh Sharqdan chiqqani kabi, falsafiy qarashlarning paydo bo‘lishi ham qadimiy Sharq xalqlari taffakuriga borib taqaladi.Qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va madaniyati, ularning afsonaviy, diniy, axloqiy, siyosiy va huquqiy badiiy-estetik va falsafiy tasavvur va qarashlari, ularga xos mazmunlar haqidagi bilimlar antiq davr mualliflari asarlarida, arxeologik manbalarda, xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari: afsonalar, dostonlar va rivoyatlarda aks etgan. Dastlabki falsafiy tasavvurlar va qarashlar Sharqning eng qadimgi mamlakatlaridan bo‘lgan Bobilda eramizdan oldin 4-ming yillikning boshlarida paydo bo‘ladi. SHu davrlardayoq odamlarning dunyoda ro‘y berib turadigan xilma-xil hodisa va voqealarga bo‘lgan munosabatlarlari va qiziqishlarini, garchi hali sodda va yuzaki, ibtidoiy shaklda bo‘lsa-da, o‘zida aks ettirgan falsafiy qarashlar paydo bo‘la boshlagan. Buni biz qadimgi Bobil adabiyotining ko‘zga kuringan mashhur asarlaridan biri «Gelgamish haqida doston»da, undagi tuproq, suv, havo, issiqlik va sovuqlikning inson hayoti va tirikchiligining abadiy manbai ekanligi, Gelgamishning obihayot qidirib, boshidan kechirgan sarguzashtlari, chekkan azob- uqibatlari, odamlarning tabiiy qonunlar asosida yashashlari zarurligi, kishilarning hayot va o‘lim sirlarini bilishga azaldan intilib kelishlari haqida qilingan hikoyalardan yaqqol bilib olamiz. 3) yevropa tarixida o‘rta asrlar davri deyarli to‘la ming yilni (Rim imperiyasining parchalanish lahzasidan Uyg‘onish davrigacha) o‘z ichiga oladi. O‘rta asrlar yevropasi feodalizmning qaror topishi bilan belgilanadiki, u xristian dunyoqarashidan foydalandi. Ma'jusiylik dini va falsafasi, hamda bid'atchilarning adashishlariga qarshi kurashiga apologetlar (yunoncha apologiya-himoya) deb atalgan qadimgi antik davrning keyingi xristian yozuvchilari bel bog‘ladilar. Apologetlarning eng ko‘zga ko‘ringan vakili Kvint Tertullian (160-220) edi. Falsafa va xristianlikni bir biriga to‘g‘ri kelmasligiga dalillar keltirib, u shundan kelib chiqdiki, xristianlik falsafiy asosga ehtiyoji yuq. Isodan keyin hyech qanday bilimga qiziqishning keragi yo‘q, Injildan keyin esa hyech qanday tadqiqotning zaruriyati yo‘q. E'tiqodni oliy haqiqat sifatida tushunish falsafani ilohiyotga bo‘ysundirish uchun asos bo‘ldi. 4) Borliq tushunchasi va uning mohiyati. Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon,vaqt, harakat, hayot, ong va shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika, astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o‘rganilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.O‘quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o‘rganish odatda ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo‘lib, unda borliq va yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o‘rganiladi, shuningdek, mavjudlik sifatiga ega bo‘lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o‘zaklarga ega bo‘lib («ontos» –«borliq», «logos» – «so‘z», «ta’limot»), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi.Ontologiya falsafada alohida o‘rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo bo‘ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. O‘z navbatida, ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o‘z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko‘p jihatdan belgilaydi. 5) Falsafa qonunlari tabiat va jamiyatda insonning ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir. Falsafa qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o‘rinni egallaydi. Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko‘rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz. Download 20.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling