Falsafaning umumbashariy fan ekani, uning bahs mavzulari va
Download 26.42 Kb.
|
falsafa seminar
Ontologiya» atamasi. Falsafaning ko‘plab sohalari va turli
yo‘nalishlari bor. Ular orasida borliq to‘g‘risidagi fan «Ontologiya» muhim o rin egallaydi. Ontologiyaning predmetini borliq tashkil etadi. Uning mazmuni borliq va yo‘qlik, me’yor va sifat, miqdor va olchov, makon va zamon, harakat va o‘zgarish kabi tushunchalar orqali yoritiladi. 0 ‘z o‘rni va ahamiyatiga kora asl falsafani olganish aynan ontologiyadan boshlanadi. Shuning uchun ham olm ishda yashagan faylasuf va mutafakkirlar ijodida ontologiya qamrab oladigan borliq va mavjudlik, koinot va olam, botiniylik va zohiriylik, borlik va yo‘qlik, materiya va harakat, makon va zamon, cheklilik va cheksizlik, inson va jamiyat borligl bilan bogliq masalalarga alohida ahamiyat berilgan. Falsafa tarixida ushbu sohaga doir turli oqimlar va yo‘nalishlar shakllangan. «Ontologiya» atamasi borliq haqidagi ta’limot ma’nosida ilk bor R.Goklenius (1636-yil) va I.Klauberg (1646-yil) tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Lug‘aviy ma’noda u yunoncha «ontos» — borliq va «logos» — ta’limot degan mazmunni anglatadi. G ‘arb faylasufi X.Volf tadqiqotlari bu atamaning keng tarqalishiga asos yaratdi va u falsafaning asosiy mazmunini tashkil etuvchi muhim bo‘1imini ifodalay boshladi. Gnoseologiya — bilish falsafasi bolib, olamni anglash, bilish nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to‘g‘risidagi ta’limotdir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini hal etish bilan shug‘ullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar qo‘yadi. Xususan, XVII asr o‘rtalarida yevropalik faylasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, haqiqiy ilmiy bilishlar hosil qilishning usullarini o‘rganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan shug‘ullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy bilimdir, degan g‘oyani olg‘a surdilar. XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga, ratsional bilishning hissiy bilishga nisbatan ustunligiga alohida urg‘u berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalarining haqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari haqida bahs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi, degan masala keskin qo‘yildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubha bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldi. «Gnoseologiya» vujudga keldi va u qadimgi lotincha «gnozis» — bilish va «logos» — fan, ilm ma’nolarini anglatadi. Download 26.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling