Falsafiy antropologiyaning shaqllanishi. Insonning bioijtimoiy mohiyati Praksiologiya- faoliyat falsafasi Inson to’g’risidagi ilk tasavvurlar falsafa maydoniga kelishidan ancha avval X


Antropologiya nima bilan shug’ullanadi?


Download 38.37 Kb.
bet5/8
Sana05.01.2022
Hajmi38.37 Kb.
#208830
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
falsafa

Antropologiya nima bilan shug’ullanadi?

Antropologiya inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o’rnini, o’ziga hos hususiyatlarini o’rganish bilan shug`ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini to’laroq ochish uchun «men», «ong», «shahs», «ruh» tushunchalari qo’llanadi. «Men» — insonning o’zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashidir. «Men» ong tufayligina o’zini boshqa borliqdan farqlaydi.

Boshqa narsalar insonga begona voqelik bo’lib tuyuladi. Shahs insonning mustaqilligini ifoda etadi.

Inson o’z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson borlig`ining birlamchi sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma`nosi faqat moddiy ne`matlardan bahramand bo’lish, tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo’yishdan iborat emas. Inson ruhi ham o’ziga hos oziqqa ehtiyoj sezadi. Shu bois unda ma`rifatparvarlik, odamiylik, odillik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, olihimmatlik, vatanparvarlik kabi ma`naviy fazilatlar shakllanadi. Yuksak ma`naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e`tiqodini mustahkamlaydi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonni ma`naviy-ruhiy jihatdan kamol toptirishga qaratilgandir.

Insonning ma`naviy ehtiyojlarini uning tabiiy-moddiy manfaatlaridan ajratish, unga faqat ilohiy mavjudot sifatida qarash ham biryoqlamalikka olib kelishi, etilgan ijtimoiy muammolar mohiyatini tug’ri tushunishga halaqit berishi mumkin.

Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy G’oya va milliy mafkura insonga biryoqlama qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va ma`naviylikni uyg`unlashtirishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy — badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo’lishini inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va mehnatsevar bo’lishga rag`batlantiradi. Yuksak ma`naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolat o’rnatib, sahiy va olihimmat bo’lishga undaydi.

Antropologiya insonning ma`naviy olamiga chuqurroq kirib borish orqali olam mohiyatini bilish mumkin, degan G’oyani ilgari suradi. Islom Karimov ta`rifiga ko’ra, ma`naviyat (ruh) insonni ahloqan poklaydigan, iymon-e`tiqodini mustahkamlaydigan, ezgulikka undaydigan botiniy kuchdir. Yuksak ma`naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. Insonning olijanob fazilatlari etuk shahslar timsolida o’z aksini topadi. Insonga hos bo’lgan barcha hususiyatlar shahs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan o’rnida, uning o’z moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirishida, muayyan mafkurani amalga oshirishida yaqqol ko’rinadi.

Shahsning shakllanishi va rivojlanishida tarixiy shart-sharoit, ayniqsa, G’oya va mafkura muhim o’rin tutadi. Bozor munosabatlariga o’tish davrida vujudga kelgan muammo va vazifalar yangi barkamol insonni voyaga etkazishni taqozo etdi. Unga hos fazilat va sifatlar Prezident Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan.

Bozor iqtisodiyoti inson ehtiyojlarini to’laroq qondirish, uning qobiliyati, ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bular quyidagilardir:

- mehnatni tashkil etish usul va shakllarining o’zgarganligi;

- mehnatga yangicha munosabatni rag`batlantirishga yordam beruvchi omillar;

- o’z qobiliyati, qiziqishlariga mos bo’lgan faoliyat turlarini tanlash imkoniyatining yaratilganligi;

- shahs tadbirkorligi va ishbilarmonligining qo’llab-quvvatlanishi;

- turli mulk shakllarining vujudga kelganligi;

- shahs erki va huquqlarining kengayganligi;

- davlat va jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatlarining yaratilganligi;

- demokratik qadriyatlar rivoji;

- ma`naviy meros va madaniyat yutuqlaridan erkin foydalanish imkoniyatining yaratilganligi kabilardir.

Ular shahsning moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirishda, uning komil inson sifatida rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatlari, uning ezgu maqsadlari ro’yobga chiqishini ta`minlashga, uning barkamol sifatlar kasb etishiga qaratilgandir. Shahs islohot natijalaridan bahramand bo’luvchigina emas, balki ularni sobitqadamlik bilan amalga oshiruvchi kuch sifatida ham yangilanish jarayonida o’zgaradi, yuksaladi, qadr-qimmat topadi va e`zozlanadi.

Insonning jamiyatidagi o’rni, qadr-qimmati borasida milliy istiqlol o’z oldiga quydagilarni maqsad va vazifa qilib qo’yadi:

- insonning qadr-qimmatini joyiga qo’yish;

- inson uchun bahtli hayot sharoitlarini yaratish;

- insonning o’zligini anglashi, ijtimoiy burch va vazifalarini ado etishi, sog’lom avlodlar uzluksizligini ta`minlashi, kelgusi avlodlarga yahshi hotiralar qoldirishi va iymon-e`tiqodi butun bo’lishi uchun qulay sharoitlar yaratish.

Bunday imkoniyatlarni amalga oshirishga halaqit beradigan nuqsonlar ham inson tabiati bilan bog’liqdir. Hozirga qadar inson tug’risidagi falsafiy ta`limot va qarashlarda, asosan, uning ijobiy hususiyatlariga, yaratuvchanligiga ko’proq e`tibor berib kelindi. Keyingi vaqtlarda inson borlig`ining salbiy jihatlari ham tahlil qilina boshlandi.

Mustaqillik yillarida inson tabiatini chuqurroq o’rganish va undagi salbiy mayllarni bartaraf etishga yordam beradigan falsafiy qarashlarga ehtiyoj vujudga keldi. Shuni ta`kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, halq manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va me`yorlarni poymol etib, ko’proq g`arazli maqsadlarini amalga oshirishga va turli ihtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Shunday niyatlar yo’lida hatto jinoiy guruhlarga birlashadilar, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan davlat dasturlarini amalga oshirishga to’sqinlik qiladilar. Shuningdek, ular milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlikka rahna soladi, ma`naviy-ahloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy adolatga bo’lgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga etkazishga qarshilik ko’rsatadi. Ular turli ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi ekstremistlar, korrupsiya va jinoyatchilik olami vakillari, giyohvand, poraho’r, terrorchi va shuhratparastlar kabi jamiyat uchun nohush odamlardir.

Insonni falsafiy bilish va tahlil etishda ana shunday kishilar mavjudligini e`tiborga olish muhimdir. Demokratik jamiyat inson huquqlarini ta`minlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yar ekan, bunday kishilarni tarbiyalashga, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etishga, kishilar ongida milliy manfaat va ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga alohida e`tibor beradi.

Shahs erkinligi va tarixiy zarurat bir-biri bilan uzviy bog’liq tushunchalardir. Mamlakatimizning taraqqiyot yo’lida paydo bo’lgan qiyinchilik va muammolar mohiyatini anglash shahsni o’z bilimi va mahoratini oshirishga, yuksak G’oyalarga sodiq bo’lib yashash va ularni jadal amalga oshirishga undaydi.

Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida inson qobiliyatlari to’laroq namoyon bo’ladi. Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida kishilarning boy va qashshoq guruhlarga ajralishi tabiiy qonuniy jarayondir. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim hususiyati — aholining muayyan qismining ijtimoiy himoyalanishida, ko’p bolali oilalar, nafaqaho’rlar, talabalar va nogironlarning davlat tomonidan himoyalanishida, ijtimoiy adolatning qaror topishida yaqqol namoyon bo’lyapti. Kishilarning boqimandalik kayfiyati, tafakkur turg`unligidan ozod bo’lishlari, o’zgargan yangi iqtisodiy sharoitga moslashishlari, o’z bilimi va mahoratini oshirishlari uchun g`amho’rlik qilish iqtisodiy islohotlarning insonparvarlik yo’nalishga ega ekanligidan dalolat beradi. Iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlariga o’tish sharoitida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash tamoyili Prezident I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o’zbek modelining muhim jihatlaridan biridir.

Ilk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x,isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi 7-asrda vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga "Qoʻshiqlar kitobi", "Bahor va kuz" kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng "Aforizm"larini, daosizmni kiritish mumkin.

Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalklarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni eʼzozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qad. Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalklarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — Milet maktabi ham oʻz gʻoyalarini Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga maʼlum. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Marv, Balx, Termiz, Sigʻnoq, Samarkand, Buxoro zaminini oʻziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Ammo Avesto gʻoyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Milodiy 3-asrga kelib tenglik gʻoyalarini ilgari suruvchi moniylik taʼlimoti paydo boʻldi. Bu taʼlimot mazdakiylar harakatinnnt maʼnaviy tayanchi boʻlgan.

Yunonistondagi falsafiy maktablar, asosan, miloddan avvalgi 6—5-asrlardan vujudga kela boshladi va uning taraqqiyot bosqichlari klassik ellinizm va rimellinizm davrlariga boʻlinadi. Ellinistik F. davri sokratgacha davr (Milet maktabi, Eleya maktabi) va klassik (attik) F.ni (Sokrat, Platon, Aristotel) oʻz ichiga oladi. Sokratgacha davr F.si kosmologik (gilozoistik) F. va antropologik davrlarni oʻziga qamrab oladi. Dastlabki kosmologik falsafiy taʼlimot Falesga tegishli. U Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen bilan birgalikda Ioniya naturfalsafa maktabiga mansub. Ulardan soʻng borliq haqidagi taʼlimot bilan Ksenofan, Parmenid, Zenon (Eleyalik), Meliss shugʻullanganlar. Ular bilan birga Pifagor maktabi (Pifagor, Fillolay, Alkmeon, Arxit; miloddan avvalgi 6—4-asrlar) faoliyat koʻrsatgan. Bu davrda antropologik sofistika maktabi vakillari Protagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik ijod qilishgan. Miloddan avvalgi 3—2-asrlarda stoiklar (Zenon Kitionlik), epikurchilar (Epikur, Lukretsiy), neoplatonchilar (Plotin) yunon F.siga oʻz hissalarini qoʻshishgan. Ayniqsa, Sokrat, Platon, Aristotel F.si yunon F.sining shuhratini oshiradi. Yunon F.sidagi asosiy qarashlar Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Makduniy)ning Sharqqa istilochilik yurishlari davrida Markaziy Osiyoga ham kirib keldi.

Islom dini yoyilgan mamlakatlardagi falsafiy taʼlimotlar quyidagicha oʻrganiladi: ilk islom F.si (6—8-asrlar), sharqiy islom F.si (Movarounnahr va Xurosondagi falsafiy taʼlimotlar), gʻarbiy islom F.si (Shim. Afrika va Ispaniyadagi falsafiy taʼlimotlar).

Ilk islom F.si davri yunon F.sining arab va suryoniy tillariga tarjima etilishi, bu tarjimalarda yahudiylik va xristianlik aqidalarining ustuvorlik qilishi bilan ajralib turadi. Bu davrda islomdagi jabariylar bilan qadariylar, moʻʼtaziliylar bilan mutakallimlar oʻrtasida falsafiy qaramaqarshiliklar boʻlgan. Sharqiy islom F.sida dunyoviy va islomiy gʻoyalarning , turli xalq va sivilizatsiyalarning tafakkur tarzi sintezlashgan. Shuningdek, tabiatshunoslik ilmlaridagi yirik kashfiyotlarni (mas, kimyo ilmining vujudga kelishi) falsafiy asoslash, hisoblash madaniyatining tubdan uzgarishi (Xorazmiy sistemasi) bilan bogʻliq belgilar kuzga tashlanadi. Sharqiy islom F.si (Muso Xorazmiy, Fargʻoniy, Kindiy, Abu Bakr Roziy, Abu Mansur Moturidiy, Ashʼariy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Yusuf Xos Xojib, Umar Xayyom, Gʻazoliy, Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Faxriddin Roziy, Bahouddin Nakshband, Ibn Xaldun va boshqalar) va gʻarbiy islom F.si (Ibn Tufayl, Ibn Boja, Ibn Rushd) faylasuflarining musulmon olimlari tomonidan qayta ishlangan, tarjima qilingan asarlarining Yevropaga qayta takdim etilishi bu yerda Uygʻonish davrining boshlanishiga taʼsir koʻrsatgan. F.ning keyingi ravnaq topishi Markaziy Osiyoda temuriylar davri bilan boshlanadi. Amir Temur falsafiy gʻoyalarning mamlakat istiqboliga xizmat qilishini bilgan holda ilmfan ravnaqiga rahnamolik qildi. Bu davrda Markaziy Osiyoda tasavvuf F.si, tabiatshunoslik F.si, mantiq F.si va axloqiy taʼlimotlar rivojlandi (Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Saʼdiy, Jaloliddin Rumiy, Taftazoniy, Jurjoniy, Ulugʻbek, Xoja Ahror, Fuzuliy, Nasimiy, Jomiy, Navoiy, Muhammad Qozi, Maxdumi Aʼzam, Bobur, Mashrab, Bedil va boshqalar). Shuni qayd etish lozimki, islom F.si oʻzidan ilgari oʻtgan barcha dinlar bilan bogʻliq ilmiy anʼanalarni qabul qilgan. Islom F.si rivojiga iudaizm, xristianlik, buddizm va boshqa diniy taʼlimotlar taʼsir koʻrsatgan.


Falsafiy antropologiyaning ta'riflari

Falsafiy antropologiyaning murakkabligi va atamaning yangiligi sababli ta'riflari kam. Mana, ulardan ikkitasi:

Edgar Bodengeymerning fikriga ko'ra, falsafiy antropologiya antropologiyaga qaraganda ob'ektiv tushunchaga ega bo'lgan intizomdir.

Unda insonning muammolariga oid mavzular o'rganilib, uning sayyoradagi hayotining birinchi bosqichi doirasidan tashqarida.

Landsbergning fikriga ko'ra, falsafiy antropologiya inson o'z hayotining ma'lum bir bosqichida o'zi haqida tushunchadan boshlab, inson g'oyasini kontseptual tushuntirish sifatida tavsiflanadi.

Falsafiy antropologiyada inson o'zi paydo bo'lgan olam sharoitida joylashgan. Keyinchalik bu koinotga odam gullab-yashnashi va rivojlanishi uchun yordam beradi.

U shuningdek, boshqa haqiqatlar uchun ochiq bo'lgan uyg'un mavjudot sifatida qaraladi, ular: dunyo, boshqa odamlar va muqaddas narsalar. Shu sababli, inson uchta voqelikdagi mavjudot deb aytiladi. Dunyoda mavjudlik, boshqalar bilan mavjudot va "Mutlaq" uchun mavjudot.

Bunday holda, absolyut katta harflar bilan yoziladi, chunki bu atama Xudo uchun sinonim sifatida ishlatiladi, chunki odamlar o'zlarining mavjudotlaridan boshlab tinimsiz izlaydilar.

Shu jihatdan, hozirgi paytda odamlar o'z muammolarini hal qilish uchun Xudoni izlashga murojaat qilishni zarur deb hisoblamasliklari, endi esa o'zlarini boshqarishga intilishlari aniq.

Endi inson o'zini Harvi Koks o'zining "La cité Séculiere" kitobida aytganidek, o'zini o'zi yashaydigan dunyo uchun javobgar deb biladi. Binobarin, endi inson o'z muammolarini ilmiy va texnika yutuqlaridan foydalangan holda hal qilishga intilmoqda.

Endi, shuning uchun emas, balki odamni "Xudo" deb qarashiga ishonish kerak, ammo endi u uni qutqarishning yovvoyi kartasi sifatida izlamaydi.

Hozirgi kunda bu inson ilgari o'limga olib keladigan turli xil kasalliklarning davosini topgan deb qaralmoqda. Bu erda biz "ilmiy odam" haqida gapiramiz.

Falsafa ming yillar davomida mavjud bo'lib, u bilan inson bilan bog'liq mavzular o'rganiladi. "Odamning o'zi" hech qachon o'rganilmagan edi.

Bu yillar davomida insoniyat insonni o'rganishda chuqurlashmaganining bir qancha sabablari bor. Ular orasida quyidagilar mavjud:




Download 38.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling