Falsafiy dunyoqarashning roli


Dunyoqarashning tarixiy tiplari


Download 47.68 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi47.68 Kb.
#1629419
1   2   3   4
Dunyoqarashning tarixiy tiplari.Umuman din o’ziga xos dunyoqarash bo’lishi bilan birga, u murakkab ma‘naviy tuzilma sifatidagi ijtimoiy-tarixiyhodisahamdir.
Din ijtimoiy hodisa sifatida jamiyatda muayyan ij-timoiy vazifalarni ham bajaradi. Dinning ijtimoiy vazifalarini aniqlash va tushunish, birinchidan, uni xayoliy mushohaza sifatida gnoseologik baholashga, ikinchidan, di-niy e‘tiqodlarni zaruriy ravishda keltirib chiqargan ijtimoiy ehtiyojlarni aniqlashga yordam beradi. Bu shuni ko’rsatadaki, biron jamiyatning dinga ehtiyoji, eng avvalo, kishilarning o’zlarining amaliy ojizligi, chorasizligini xayolan qondirishga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqadi. Shunga muvofiq, dinning kishilarni xayoliy taskin toptirish vazifasi kelib chiqadi. Uning kishilar ko’ngliga dalda berishi, ularni sabrli, qanoatli qilishi, ularni azob-uqubatlardan qutqarishi, qiyinchiliklarni bartaraf etishda ruhiy madad bo’lish vazifasi ham bor.Bu dinning xayoliy-kompensatorlikvazifasideyiladi.
Din axloqiy me‘yor va ko’rsatmalar yordami bilan kishilarning xulq-atvorini belgilash va boshqarish vazifasiga ham ega. Bu dinning regulyativ vazifasini tash-kil etadi. Din shu bilan birga, bir dindagi va turli dindagi kishilar o’rtasida ma‘lum munosabatlar va aloqalar o’rna-tishda ham muhim rol uynaydi. Bu dinning kommunikativ vazifasidir.
Din, bundan tashqari, diniy ta‘limotlar umumiy-ligini mustahkamlash uchun kurash ham olib boradi. U ko’p hollarda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatalarning mavjud sistemasini saqlashga yordam beradi. Bunda dinning integ-rativ vazifasi o’z ifodasini topadi.
Xullas, din ko’p vazifali, ko’p rejali, ko’p tomonli hodisadir. U jamiyat taraqqiyotining o’ziga xos qonuniyatlari asosida paydo bo’lgan, shuning uchun uning mohiyati va taq-dirini ham ayni paytda ijtimoiy jarayonlar belgilaydi.Hozirgi kunda fan va texnika yuksak rivojlangan bir sharoitda, g’ayritabiiy kuchlarning mavjudligi g’oyalari tobora zaiflashayotgan bir sharoitda, dinning, diniy dunyoqarashning, diniy g’oyalarning butun dunyodagi turli mamla-katlar va regiondagi xalqlarning ijtimoiy ongiga o’tkazayotgan ta‘siri hamon yuqoridir. Bu, o’z navbatida, dinning «inson dunyosi»da hozirgi insonlar uchun juda zarur bo’lgan insoniyatning boy hayotiy tajribalarini o’ziga xos aks ettirishi bilan, o’zida emotsional-hissiy obrazlarga asoslangan tasavvurlar va kechinmalarni, hayotiy me‘yorlarni, axloqiy ideallarni va umuminsoniy qadriyatlarni saqlab kelishi bilan chambarchas bog’liqdir. O’tmishda din kishilarni ma‘naviy jihatdan yuksal-tiruvchi, ularning ma‘naviy kamolotida o’ziga xos katta rol o’ynab kelgan. Bundan tashqari, u insoniyat ma‘naviy madaniyatining ham ma‘lum bir qismini tashkil etgan. Shuning uchun dinni ijtimoiy hayot bilan bog’lab, ma‘naviy hodisa sifatida o’rganish, izohlash va tushuntirish lozim.

Download 47.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling