Falsafiy dunyoqarashning roli


Download 47.68 Kb.
bet4/4
Sana20.06.2023
Hajmi47.68 Kb.
#1629419
1   2   3   4
Xulosa
Umuman, din dunyoqarash sifatida falsafaga yaqin turadi, diniy duny-oqarash falsafiy dunyoqarash bilan cham-barchas bog’liqdir. Ular dunyoqarash-ning shakllari sifatida o’zaro umumiy birlikka ega bo’lib, uning turli ijtimoiy-tarixiy tiplari sifatida bir-birlaridan tubdan farq ham qiladi. O’zining insoniy tash-vishlarga, ishonch va umidlarga, faqatgina e‘tiqodga ustun darajada e‘tiborini qaratuvchi diniy dunyoqarashdan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash insonning dunyoni aql va bilim asosida tushuntiruvchi intellektual tomonlariga ko’proq e‘tibor beradi.
Dunyoqarashning uchinchi tarixiy tipi falsafiy dunyo-qarashdir. Falsafiy dunyoqarash mifologik va diniy dunyo-qarashlardan farqli o’laroq, dunyoni sof ilmiy tushuntiruvchi nazariy qarashlar sistemasidir.
Falsafiy dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u kishi-larga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishning umumiy qonuniyatlari haqida bir butun, yaxlit ma‘lumot beradi. Shu bilan birga u insonni qurshab turgan moddiy olamning hech kim tomonidan yaratilmaganlgini, abadiyligini uqtiradi. Falsafiy dunyoqarash dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish murakkab, ziddiyatli jarayondan iboratligini ta‘kidlaydi.
Mifologik va diniy dunyoqarashlardan farqli ravishda falsafiy dunyoqarash tabiat va insoniyat jamiyati taraqqiyotining sabablari va mohiyatini, o’ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini to’g’ri, ilmiy asosda tushuntirib beradi. Falsafiy dunyoqarash butun mavjudot-organik va noorganik dunyo ham, insoniyat dunyosi ham, o’simliklar va hayvonot dunyosi ham, doimo harakatda, o’sish, o’zgarish va rivojla-nishdadir deb tushuntiradi.Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar ob‘ektiv olamdagi hamma narsa va hodisalar, jarayonlar o’zidan boshqa narsalar bilan ichki, zaruriy, muhim aloqadorlikda, ta‘sir va aks ta‘sirda ekanligini chuqur anglaboladilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:



1.Falsafa. Q. Nazarov tahriri ostida. Toshkent, 2000.
2.Filosofiya. Pod red. V.P. Koxanovskogo.- Rostov-na-Donu, 1999.
3.Falsafa. E. Yusupov tahriri ostida. Toshkent, 1999.
4.Osnov filosofii. Pod. red. M. Axmedovoy i V. Xana. Toshkent, 1998.
5.Rahimov I. Falsafa. Qisqacha konspekt. Toshkent, 1998.
6.Spirkin A.G. Filosofiya. Moskva, 1998.
7.Alekseev P. V., Panin A. V. Filosofiya. Moskva, 1997.
8.To’lenov J.T., G’ofurov Z.G’. Falsafa. Toshkent, 1997.
9.Nemirovskaya L. Z. Filosofiya. Moskva, 1996.
Download 47.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling