Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G’arb falsafasi. Reja


Rim imperiyasi davri va o‘rta asrlarda Yevropa falsafasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana01.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1736800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Falsafa 3 mavzu

Rim imperiyasi davri va o‘rta asrlarda Yevropa falsafasi. Yevropada qadimgi Yunon va 
Rim davridan o‘rta asrlar falsafasigacha, ya’ni miloddan ilgarigi I asrdan milodning XIV 
asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo boldi va amal qildi. Bu davr 
falsafasida ikki xil jarayonni ko‘rish mumkin: 1. Xristianlikning shakllanib davlat dini va 
mafkurasiga aylanishi. 2. O‘rta asrlarga kelib inkvizitsiyaning ustuvor yo'nalishga aylanishi. 
Gnostika, apologetika, patristika, realizm, nominalizm va boshqa oqimlar o‘sha davr falsafasining 
qiyofasini belgilaydi. Gnostiklar. Bu davr falsafasida o‘z o'rniga ega bolgan gnostitsizm 
eramizning 150-yillarida o‘zining yuksak ravnaqiga erishadi. Ular shunday falsafiy ta’limot 


yaratdilarki, ularning fikricha Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o‘z tabiatining 
ruhiy jihati bilan Xudoga moslashgan. Bu masalada gnostitsizm faylasuflari xristianlikni yunon 
falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar. Agar bu urinishda gnostitsizm g‘alaba qilsa, 
xristianlik qadimgi dunyoning navbatdagi falsafiy dini bolib qolar edi va shunday boldi ham. 354-
yilda Pompey sobori xristianlikni Rim imperiyasining asosiy dini deb e’lon qildi. Dualizm — 
gnostitsizmning asosiy yo‘nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo o‘rtasida 
mustahkam chegara mavjud deb ta’kidlaydilar. Ular ta’limotida materiya hamma vaqt yovuzlik 
timsolidir. Bundan ular Xudo hech mahal mod- diy dunyoni yaratishi mumkin emas, deb 
hisoblaydilar. Gnostiklar tomonidan e’lon qilingan darveshlik (asketizm) o‘rta asrlarda 
monaxchilikning vujudga kelishiga sabab boldi.
Apologetlar xristianlik tarixida I va III asrlarda vujudga keldi. Apologetika so‘zining 
lug‘aviy ma’nosi «himoya qilish» — demakdir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo‘lgan 
dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta’qib qilishi hech qanday oqlashga 
loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o‘z asarlarida mushriklik (ko‘p xudolik) 
adabiyotlaridan olingan bahslashish (dialog) shaklidan, yoki apologetikaning mumtoz shaklidan 
foydalanganlar. Apologetlar asarlarida ikki an’ana yaqqol sezilib turadi. Ya’ni inkor qilish va 
tasdiqlash. Ular eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka qo‘yilgan ayblar — g‘ayriodatiy 
harakatlar, dabdababozlik kabilarni inkor qilganlar. Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar. Bu 
sohada Yustinning «Birinchi apologeya», «Ikkinchi apologeya» asarlarini, Tulean va Anaksagor 
kabi faylasuflar faoliyatini ta’kidlash lozim.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling