Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G’arb falsafasi. Reja


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana01.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1736800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Falsafa 3 mavzu

«Patristika» so‘zi «ota» («padre») so‘zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda G‘arbda 
yepiskoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Mashhur bolgan cherkov otalaridan biri loan 
Zlatoust (347—407) edi. Uning 640 ta da’vatlaridan ko‘pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharhi 
edi. Uning asarlarida Injilni amaliy qollash sof axloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.
G‘arbda eng yirik cherkov otalaridan biri «Рок» degan unvonga sazovor bolgan Avreliy 
Avgustin (354—430) bolib hisoblanadi. U faylasuf va islohiyotchi bolgan. Avgustin o‘z hayotini 
yepiskoplikka, tadqiqotchilikka, adabiyotga baglshlaydi. U 100 ga yaqin kitob, 500 ta da’vat va 
200 ga yaqin nomalar yozadi. Uning o‘sha davrdagi eng mashhur asarlaridan biri «Siglnish» 401-
yilda yozilgan. Bu asarda u o‘zining xristianlikkacha bolgan hayotini yozadi. Unda Tavrot oyatlari 
ramziy — timsoliy bayon qilinadi. U mushriklik falsafasini qoralaydi. Uningcha, bu falsafa 
insonni xristian dinichalik hech mahal haqiqatga olib kelmaydi. Avgustin bahs shaklida boshqa 
(dialog) falsafiy asarlar ham yozgan.
«Sxolastika» so‘zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bolib, «o‘qish joyi», «maktab» 
ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o‘qituvchilik qilganlarni, yoki umuman saroy 
maktabidagi o'qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni o‘rganishda falsafani 
tatbiq qilgan o‘rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma’lum darajada 
ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo’lgan intilish deb ham 
baholash mumkin. O‘sha davrda ilohiyotni muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki 
falsafiy nuqtayi nazardan tadqiq qilish taqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e’tiqod aqlga 
muvofiqmi degan savolga javob berish bolgan.
Realizm. Uning yirik vakillaridan biri Angelm Ketterberiy (1038—1109) dir. U Shimoliy 
Italiyada tug‘ilgan, 1093-yilda Ketterberiy shahrining arxiepiskopi etib tayinlanadi. Angelm 
o‘zining ikki asari bilan mashhur. Birinchisi «Monopoliya» — Xudoning borligini sabab oqibat 
munosabatlari tizimida isbot qilish. Bu isbot — kosmologik isbotning shakli sifatida shunday 
talqin qilinadi: inson hayotda ko‘p ne’matlardan foydalanadi. Bu ne’matlar esa eng oliy ilohiy 
ne’matlarning aksidir. Ular orqali hamma narsalar mavjuddir. Uzluksiz tanazzulni tasawur qilib 
bolmagani sababli, hamma narsaning bir sababchisi bolishi kerakki, biz uni Xudo deb ataymiz.
Angelmning ikkinchi asari «Prologion» Xudo borligining deduktiv isbotidir. Uning 
ta’kidlashicha, har bir odam uchun oliy va komil mohiyat haqida g‘oya mavjuddir. Bu g‘oya esa 
obyektiv mavjudlikka ega bolgan reallikka mos keladi. Chunki agar borliq mavjud bolmaganda 
edi, narsa komil bolmas edi. Agar Xudodan yuqoriroq oliy narsani tasawur qilish mumkin emas 
ekan, demak, Xudo reallikda mavjuddir.


Arastu ta’limotining ko‘p tomonlarini qabul qilgan o‘rta asr sxolastlarini mo‘tadil realistlar 
deb atalgan. Ularning yirik vakillari Pyer Abelyar va Akviniyalik Fomlar bolgan. Britaniyada 
tugllgan P. Abelyar (1079—1142) juda yoshligidanoq ocz bilimi bilan mashhur edi. Abelyar — 
mo‘tadil realistdir. Uning ta’kidlashicha, reallik yoki universaliy dastlab Xudo aqlida mavjuddir, 
undan keyin narsalarning o‘zida mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir. Abelyar 
«Men e’tiqod qilish uchun bilaman» degan g‘oyani ilgari surgan. Ya’ni bilmaydigan, bilimsiz 
kishidan ko‘ra, din va uning asosiy tamoyillarini yaxshi o‘rgangan kishi afzal. Bunday kishi 
aqidaparast emas, balki o‘zi bilgan narsaning qadrini biladigan insondir.
Abelyar haqiqatni topishda tafakkurning xizmatini ta’kidlab, unga hamma vaqt murojaat 
qiladi. Uning ta’kidlashicha, shubha hamma vaqt tadqiqotga yollaydi, tadqiqot esa haqiqatni 
topadi. Uning fikricha, insonning o‘limi Xudoni rozi qilish uchun emas, balki odamlarni Xudoga 
bolgan muhabbat bilan taajjubga solish va odamlarga axloqiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida sodir 
boladi. Bu bilan odamlar o‘z hayotini Xudoga bo‘ysundiradilar. Bu qarash axloqiy ta’sir qilish 
nazariyasi deb ataladi.
Akviniyalik Foma (1224—1292) mo‘tadil realizmning yana bir yirik vakili bo‘lib 
hisoblanadi. Foma o‘sha davr uchun Arastu natur falsafasini ilohiyot bilan birlashtirishga harakat 
qilgan. Bunda u mo‘tadil realizm pozitsiyasida turgan va sxolastikaning eng yirik namoyandasi 
bo‘lgan. Uning fikricha, natural falsafada tafakkur va Arastu mantiqiy ta’limoti yordamida Xudo 
mavjudligi haqidagi haqiqatga erishishi mumkin.
Fomaning 
«Ilohiy summalar» 
asari 3000 maqoladan iborat bolib, 600 
masalaniyoritishgabag‘ishlangan. U ilohiyotning sistemali bayon qilinishi vazifasini bajaradi. 
«Ilohiy summalar»ning birinchi qismi Xudoning mavjudligi va borligl masalasida bahs yuritadi. 
Ikkinchi qismi «Xudoga qarab harakat» haqida hikoya qiladi. Foma ta’limotidan keyinchalik 
«tomizm» oqimi shakllandi va u «neotomizm» tarzida G‘arbda hozir ham saqlanib qolgan.
O‘sha davrning mashhur faylasuflaridan biri Vilyam Okkamdir (1309—1349). Uning 
fikricha, ilohiyot aqidalari ratsional (aql) yo‘1 bilan isbotlanishi mumkin emas. Ular faqat Tavrot 
nufuzi tufayligina qabul qilinishi mumkin. Bu qarash e’tiqod va tafakkurni bir-biridan ajratardi, 
ularni omuxta qilishm qoralardi. Okkam, Shuningdek, universaliylarning obyektiv mavjudligini 
inkor qila di. Uningcha, universaliylar tafakkur tushunchalari uchun faqat ismdirlar. Bu 
tushunchalarni odam o‘z ongida yaratgan. Uningcha, alohida odam insonga nisbatan realroq va 
muhimroqdir.
Rodjer Bekon (1214—1292) ham Okkam mansub bolgan oqim vakillaridandir. U o‘z 
hayotini ilmiy tajribalarga bag‘ishlagan. 72 Ular yordamida u tajribaviy fanga asos soldi. Bunday 
metodni XVII asrda Frensis Bekon ishlab chiqdi. Haqiqatni topishda tabiatni tajribaviy o‘rganish 
metodini qollash nominalistlar qarashlariga to‘liq mos kelardi. Nominalistlar va realistlar 
o‘rtasidagi qarama-qarshilik o‘rta asr sxolastikasining muhim muammolaridan biri edi. Butun 
o‘rta asrlarda sxolastikaning bu ikki oqimi o‘rtasida kurash ketgan. Sxolastikaning avjga chiqqan 
davri — 1150 va 1300-yillarda — Foma Akviniyskiyning mo‘tadii realizmi nominalizm ustidan 
g‘alaba qozondi. Lekin 1300-yildan keyin cherkov ilohiyotchilari tafakkurida nominalizm yuqori 
mavqeni egallay boshladi. Bu ko‘p jihatdan uyg‘onish davri falsafasiga ta’sir ko‘rsatdi. 
Shuningdek, haqiqatga erishishning tajribaviy metodini (ratsionalizm) vujudga kelishida katta 
xizmat qildi.
Yevropa falsafasining rivojida universitetlar muhim o‘rin tutadi. Ular bilim va ma’rifatning 
o‘chog‘i sifatida 1200-yillarda vujudga keldi. 1400-yillarga kelib, Yevropada 23 ta universitet 
mavjud bo‘lgan. Universitet dasturining juda katta qismini sxolastika bilan shug‘ullanish tashkil 
etar edi. Universitetlarning vujudga kelishining sababi mashhur olimlarning faoliyatidir. XII asrda 
Iteriy Rim huquqining buyuk tadqiqotchisi sifatida mashhur bo‘ladi va talabalar uni eshitish uchun 
Bolonya shahriga oqib kela boshlaydilar. Natijada Bolonya shahri universiteti muvaffaqiyatli 
faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Abelyarning o‘qituvchi sifatidagi shuhrati ko‘p jihatdan Parij 
universitetining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Universitetlar, Shuningdek, talabalarning 
chiqishlari natijasida ham vujudga kelgan. Masalan, XII asrda Angliya va Fransiya qirollari 
orasidagi nizo oqibatida, Angliya talabalariga yaxshi munosabat bildirilmaganligi ularning 


Parijdan Angliyaning Oksford shahriga ko‘chib o‘tish lariga sabab bo‘ldi. Buning natijasida 
mashhur Oksford universiteti tashkil topdi. Kembridj universiteti esa Oksford universiteti 
talabalarining qo‘zg‘olon ko‘tarishi va 1209-yilda ularning Oksforddan Kembridjga ko‘chib 
o'tishlari natijasida vujudga keldi.
Universitetlar qadimgi Yunoniston va Rimda, shu bilan birga bizning mamlakatimizda ham 
mashhur bolgan ustoz va shogirdlar to‘planib ilm o‘rganadigan, o‘rgatiladigan va ilmiy bahslar 
olib boriladigan maktablar tarzida shakllangan bo‘lsa-da, ammo fan sohalarining ko‘pligi tufayli 
alohida ilm o‘chog‘iga aylanib qoldi. Ularning tajribasi keyinroq butun dunyoga tarqalib ketdi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling