Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi Reja
Sharq panteizmi va peripatetizmi
Download 145.6 Kb.
|
Abdixakimova Kamila Faslasafa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sharq mutafakkirlari: Abu Nasr Forobiy
Sharq panteizmi va peripatetizmi. Sharq panteizmi “vahdatul vujud” – yagona vujud birligi ta’limotidan vujudga kelgandir. Ya’ni haqiqiy borliq – bu Mutlaq zot, ya’ni olloh o‘zi yaratgan borliqda aks etadi, degan ma’noni bildiradi. “Parvardigorning yakkayu yagona vujudidan iborat, boshqa mavjudliklar shu vujudning ijodi, in’ikosidir. Mutlaq zotni al-Haq (Real borliq), al-Ahad (Birlik) deb ham ataydilar. U O‘zi yaratgan olam ashyolarida (olami shahodat, olamul xalq) O‘zini namoyon etib, zohirlanib turadi va shu orqali O‘zi O‘zini idrok etadi. Bu Cheksiz va mavhum Mutlaq zotning shahodat (moddiy) olamda tinimsiz jilolanishi «tajalliy» deb atalgan. Tajalliy – barcha harakat va faoliyat, tiriklik va hayot ijodkori Parvardigorning o‘zi yaratgan olamda doimo hozir bo‘lishidir” –deb tahlil qiladi tasavvufshunos olim Najmiddin Komilov8. Bu ta’limotning asoschisi Ibn Arabiy bo‘lib, tasavvuf falsafasining shakllanishiga asos bo‘ldi. Keyinchalik Sharq panteizmi Forobiy ijodida o‘zining eng mukammal ko‘rinishiga ega bo‘ldi. Falsafada odamni tabiiy taraqqiyotning oliy ko‘rinishi, Parvardigor yaratgan eng mukammal va mo‘‘tabar xilqat deb qarash mavjud. Forobiy va ibn Sino asarlarida bu tez-tez tilga olinadi.
shakllangan. Sharq mashoyunchilarining yani bir muhim faoliyatlari qadimgi yunon-rim falsafasi merosini arab tiliga tarjima qilganliklaridadir. Butun dunyo ilmiy merosining tarjimalari orqali Ilk o‘rta asr Sharq olimlari Sharqda hind, yunon-rim musulmon dunyosi ilm-fanini birlashtirdilar, bu esa Ilk O‘rta asr Sharqida ilm-fan taraqqiyotida uyg‘onish davriga asos yaratdi. Sharq mutafakkirlari: Abu Nasr Forobiy (873-950)-musulmon Sharqida Arastudan keyin “ikkinchi ustoz” unvoniga muyassar bo‘lgan yirik mutafakkir va alloma. Uning qalamiga 160 dan ziyod asar mansub bo‘lib, ular asosan qadimgi yunon olimlari asarlaridagi tabiiy-ilmiy va falsafiy muammolarni sharhlash hamda bu sohalarning dolzarb masalalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Mutafakkir olamni ikki ko‘rinishda: “vujudga vojib” (olloh) va “vujudi mumkin” (barcha moddiy va ruhiy narsalar) misolida talqin qiladi, barcha narsalar “vujudi vojib” tufayli yashash huquqiga ega bo‘ladi. Ular o‘zaro bir-biri bilan sababiy tarzda bog‘lanadi. Sababsiz oqibat bo‘lmaganidek, oqibatsiz sabab ham bo‘lmaydi, deydi Forobiy. Olam sifat, miqdor, substansiya - javhar, aksidensiya-oraz (muhim bo‘lmagan xossa), imkoniyat, zaruriyat va tasodifiyat, makon va zamon, harakat va rivojlanish kabi tushunchalarda ifodalanadi. Ular fazoviy jismlar, aqlli mahluq (inson), aqlsiz jonivorlar, o‘simliklar, minerallar va to‘rtga unsur-suv, olov, havo va tuproq kabi oltita ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Bilish jarayoni aql va sezgilar orqali yuzaga keladi. Bilishda aql va mantiq ilmining maqomi beqiyosdir. Aql vositasida inson ilm-fanni yaratadi. Fan tufayli hodisalar mohiyati ochib beriladi. Har bir fan insonning muayyan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Mutafakkir o‘z asarlarida komil inson, fozil fuqaro, odil hukmdor, baxt-saodat, unga erishish yo‘llari, davlatning xususiyatlari, axloqiy va aqliy tarbiya, ijtimoiy istiqbol to‘g‘risida ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan. Forobiyning Sharq xalqlari falsafiy tafakkuri rivojiga bo‘lgan ta’siri sezilarli bo‘lgan. Nazariy aql shunday kuchki, unga qiyos ham, isyon ham va xato ham aralasha olmaydi. Bu aqliy ilmlarning asosiy tushunchasi, zaruriy xulosalar majmuasi va ma’rifat sarchashmasidir. Insonning nazariy aqli tufayli barcha mavjudotlar haqidagi bilimlar mavzusi bo‘lgan nazariy ilm kelib chiqadiki, uning tayanchi sun’iy ravishda emasligi ma’lum bo‘ladi. Bu ilm ayon bo‘lishi bilan birga aqliy kuch haqiqiy amalga aylanadi. Nazariy aql insonga va uning to‘la faoliyatiga xos bo‘lgan narsa bo‘lib, ruhning badandan ajralgandagi shunday holatidirki, ruh o‘zining yashashi, tayanishi va faoliyati uchun moddaga boshqa muhtoj bo‘lmay qoladi. Shuningdek, u his-tuyg‘u va tasavvurdan ham beniyoz bo‘lib, ularsiz ham “birinchi ibtido”ning zotini tushunishga erishadi. Ya’ni, fozil shaharning birinchi raisi qiyos, misol va o‘zining jismoniy kuchining aralashisiz ham, xudovandu taborak va taoloni xolis ravishda tasavvur va “mushohada” qila olishi mumkin. Abu Nasr Forobiyning axloq nazariyasiga qadimgi yunon mutafakkirlari sezilarli ta’sir o‘tkazganlar. Forobiy yunon mutafakkirlarining jamiyat va ijtimoiy axloq to‘g‘risidagi ta’limotlarini islomiy nuqtai nazardan qayta ishlagan. Forobiy fikricha, inson olti bosqichda yaratilgan vujudlarning eng pastki bosqichida bo‘lsa ham, tug‘ma qobiliyati va quvvati bilan faol aql yordamida o‘zini baland martabali mumtoz vujudga aylantira oladi. U mavjudotlar silsilasi bosqichlaridagi shunday yagona bir jinsdirki, uni o‘z kuchiga ko‘ra harakatdagi borliq deyish mumkin. Baxt-saodat bunday yuksak “ko‘tarilish”, ya’ni mumtozlik tarkibiga kirmaydi. Baxt-saodat tushunchasi “faol aqlga eng yaqin turgan narsadir”9, va uning ma’no-mohiyati faol aql bilan qo‘shiluvida yashiringandir10. Baxt-saodat faol aqlning eng yaqin bosqichiga shiddat bilan etishishdir11. Baxt-saodat inson ruhining shunday kamolot vujudiga erishishidirki, bu joyda ruh uchun moddiy tayanchga ehtiyoj qolmaydi. Bunday martabada har qanday jismdan tashkil topgan ashyolar ham o‘z moddiy o‘zagidan ajralib, undan abadiy mahrum holda, doimiy qoladilar. Bunday martabali joy faol aql maskani bo‘lib, unga faqat irodali faoliyat orqaligina erishiladi. Baxt-saodat o‘z mohiyatiga ko‘ra, shunday xayrli va matlub narsadirki, inson undan boshqa yoqimliroq va ulug‘vorroq narsani qo‘lga kiritishi mumkin emas. Ammo, har qanday holat va bosqichda ham inson ruhiyati avj nuqtasi va faoliyatining nihoyasi uning tug‘ma vujudidagi quvvatga bog‘liqdir. Forobiy fikricha, baxt-saodat xayrli ishning o‘zginasi bo‘lib, har bir inson erishishi mumkin bo‘lgan maqsadlarning eng ulug‘idir. U o‘zining “Kitob al-siyosat al-madaniya” asarida baxt-saodatni faqat nazariy tafakkurga ega bo‘lgan quvvat egasigina idrok eta oladigan aqliy kamolot turi, deb hisoblaydiki, zero, baxt tushunchasi, aqliy tafakkur orqaligina ma’lum bo‘lib, uning afzalligini hech bir lazizroq va jismoniy ehtiyojga xos narsa bilan solishtirib bo‘lmaydi. Boshqacha ta’bir bilan aytganda, Forobiyning nuqtai nazaricha, mohiyatan baxt-saodat aqliy idrokka aloqador bo‘lib, gapiruvchi quvvat jihatidan aqliy amalga bog‘liqdir va shu bois unga faqat aql yordamida erishish mumkin. Shunday qilib, fazilat va baxt-saodat o‘rtasidagi sabab va oqibat nisbati dalilidan Forobiy shunday natija chiqaradiki, baxt-saodat fazilatga tashqaridan yopishtirilgan yoki yuklangan amal bo‘lmasdan, balki uning o‘z jinsidan va zotning umumiyligidan chiqqan sifatiy holatdir. Forobiy yashagan vaqtda zaruriyat yoki zo‘rlik haqidagi nazariya ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan hisoblanar edi. Forobiy shu vaqtgacha qo‘llanilmagan “ixtiyor” istilohini ilmiy adabiyotga olib kirish bilan, insonning iroda erkinligi uning taqdiriga ta’sir etishi mumkinligi masalasini o‘rtaga tashlab, haqiqatda keng yoyilgan nazariyaga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdi. U bunday fikrni yoyish bilan, kishilarni shunga da’vat etdiki, inson tabiiy, irsiy, sinfiy to‘siqlarga qaramasdan o‘z bilganicha, o‘zini qaytadan shakllantirishi va siyosiy nuqtai nazardan ham madaniy jamiyatning “etuk” va “barkamol” a’zosi bo‘lishi mumkin. Forobiy inson mohiyatini tarbiyalashni uzoq muddat davom etadigan yaxshi amal, deb bildi. Uning fikricha, har qanday yaxshi axloq, agar zehnda takroran joylana bersa, uning natijasida inson ongining quvvati va fazilati orta boradi. Madaniy jamiyatning sifati mohiyatan iroda va ixtiyorda bo‘lganligidan jamiyat boshlig‘ining vazifasi ushbu irodani xayr (yaxshilik) tomon yo‘naltirishdir. Forobiy fikricha, siyosat tabobat sifatidagi narsa bo‘lib, jarrohlik yo‘li bilan bo‘lsa ham davolanishi zarur bo‘lgan fuqarolarning dardiga malham qo‘yishdir. Tabibning maqsadi bemorning dardini davolash bo‘lganidek, fozil siyosatning ham oxirgi maqsadi jarohatlarga malham qo‘yish, singan suyaklarni payvandlash singari aholining farovonligini ko‘tarish orqali uning ruhini va salomatligini yaxshilashdir. Forobiy axloqiy fazilatlarni ruh uchun badan salomatligidek narsa, deb tushungan. Demak, sihat-salomatlikni tiklash uchun inson tabibga ehtiyoj sezganidek, bemor insonning ruhi uchun ham tabib zarurdirki, uni holatini davolay olsin. Shundan kelib chiqadiki, qonuniy hukumat raisining bo‘lishi jamiyat uchun isbot qilingan zaruriyatdir. Forobiyning fozil shahar to‘g‘risidagi o‘z nazariyasini taklif qilishdan maqsadi, barcha insonlarga baxt-saodat va kamolotga erishish yo‘llarini ko‘rsatib berishdan iborat edi. Download 145.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling