Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi Reja
Konfutsiy va Lao-Szi ta’limoti
Download 145.6 Kb.
|
Abdixakimova Kamila Faslasafa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti
Konfutsiy va Lao-Szi ta’limoti. Qadimgi Xitoy fan va madaniyati, falsafiy fikrlarning vujudga kelish qonuniyati Sharqning boshqa hududlaridan farq qiladi. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o‘rtalariga kelib, Shan-in davlatida muayyan xo‘jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo‘liga o‘tgan. Bu hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo‘lishini o‘ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti. Islom dini yuzaga kelishi jihatidan jahon dinlari ichida uchinchi o‘rinda turadi. Islom dini Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Janubiy – Sharqiy Osiyo, Kavkaz xalqlari tarixida nihoyatda muhim o‘rin tutadi va ayni vaqtda ularning ijtimoiy - siyosiy va madaniy hayotiga katta ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Islom dini milodiy VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida vujudga kelgan. Arabistonning qulay geografik hududi G‘arb va Sharq davlatlarini bog‘lovchi karvon yo‘llari o‘tgan va uchta qit’ani tutashtirib turishi sababli, savdo-sotiq va hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Iqtisodiy rivojlanish darajasi yarim orolning turli hududlarida turlicha bo‘lgan. Uning bepoyon cho‘llarida yashagan ko‘chmanchi arablar chorvachilik bilan shug‘ullangan. Yarim orolning shimoliy qismida Vizantiya va Mesopotamiya kabi qadimgi madaniy markazlarning ta’siri kuchli bo‘lgan. Milodiy I asrda Arabistonning janubi – g‘arbiy qismida shahar – davlatlar vujudga kelib, IV–VI asrlarda bu erda Makka, yasrib, Toif kabi yirik shaharlar vujudga keladi. Mintaqadagi iqtisodiy jonlanish natijasida ko‘chmanchi chorvador qabilalarda urug‘–qabilaviy munosabatlarning emirilishi va davlat uyushmalarining paydo bo‘lish jarayoni kuchaydi. Islom dini tarqoq qabilalarni birlashtiruvchi mafkura sifatida tarix sahnasiga chiqdi. “Islom” arabcha so‘z bo‘lib, tangriga o‘zini topshirish, itoat, bo‘ysunish, tinchlik kabi ma’nolarni anglatadi. Islom dini ta’limoti Qur’on va hadislarda bayon etilgan. Qur’on muqaddas manba hisoblanib, unda islomiy qonun qoidalar, iymon-e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlar o‘z ifodasini topgan. Sunna hadislar majmui bo‘lib, Qur’ondan keyin keladigan muqaddas manbadir. Islom dinining ontologik asosi tavhid g‘oyasiga, ya’ni yagona olloh tomondan butun borliqning yaratilishi haqidagi ta’limotga asoslanadi. Gnoseologik asosi esa, insonni ollohni anglash yo‘lidagi jismoniy, ruhiy, ma’naviy holat jarayonlarini va oxir oqibatda ollohni bilish va unga birlashib ketish g‘oyasini ilgari suradi. Islom dinining ontologik va gnoseologik masalalarini talqin qilishda, ularga teologik va aqidaviy yondoshuvlar, shuningdek siyosiy masalalarda islomga e’tiqod qiluvchilar bir necha oqim va yo‘nalishlarga bo‘linib ketganlar. Download 145.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling