Alining o’g’lini ismi Vali! Mirvali Valining o’g’li Vali esa Alining o’g’li.
18. Fransuzlarda “Tuxumdan olmagacha” degan ibora bor. Ular bu koni foyda ekani uchun ham bunga amal qilishadi. Savol: “Tuxumdan olmagacha” iborasida nima nazarda tutilmoqda?
Tushlikni tuxumdan boshlab olmada tugatish kerak.
19. Matematik masala: Qo’lingizda bir xil kattalikdagi, bir xil rangli 9 ta shar bor. Sharlardan 1 tasi boshqalariga qaraganda biroz yengilroq. Ikki pallali tarozidan 2 marta foydalanib yengilroq sharni toping.
Dastlab, tarozining ikki pallasiga 3 tadan shar qo’yiladi. Qaysi tomon yengilroq chiqsa shu palladagi sharlardan biri yengilroq bo’ladi. Tarozining ikki pallasi teng chiqsa taroziga qo’yilmagan 3 sharlar orasida yengilroq shar bor. Endi tarozidan ikkinchi marta foydalanib biz topgan 3 shardan 2 tasini tarozi pallasiga qo’yamiz. Qaysi palla yengil chiqsa sharni topganbo’lamiz, ikkisi ham teng chiqsa qo’ymagan sharimiz eng yengili bo’ladi.
20. Qiziqarli fakt: u AQSHliklarda O. K. Y. tarzida berilsa yaponlarda Y. O. K. shaklida, bizda K. O. Y.ketma-ketlikda beriladi. Agar anglagan bo’lsangiz nimaning ketma-ketligi keltirilmoqda?
Kun, oy, yil
21. U odamzod o’zi uchun tuzib oladigan qora ro’yhatda turadi, uning kattasi emas, ba’zan ko’zga ko’rinmaydiganlari hafvliroq. Uning kattasimi, kichigimi har birimizda bor. Mantiqiy o’ylab javobini toping.
Xato
22. Qo’qon xonligi davrida mashhur Qo’qon bozoriga vodiy bo’ylab turli tomonlardan kishilar to’planar edi. Qizig’i bir xil mahsulotni bir xil miqdorda olib kelgan bo’lsa ham sharq tomondan kelgan sotuvchiga 100 tanga, g’arb tomonidan kelgan sotuvchiga esa 50 tanga soliq solingan. Savol: nega g’arb tomondan kelgan sotuvchilarga ikki barobar kam soliq solingan?
G’arb tomondan kelgan sotuvchilarga kelayotganlarida ham, ketayotganlarida ham ko’zlariga quyosh tushib turishini hisobga olib ulardan kam haq olingan.
23. Cho’ponlar bozordan echki xarid qilayotganda uning qulog’iga nazar solishar ekan. Aynan katta va uzun quloqli echkini tanlashar ekan. Savol: nega katta quloqli echki sotib olishadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |