Familiya:___________________
Ism:______________________
Son so’z turkumi yuzasidan
imtihon test
1.Olti so`zidan sonlarning ma`no va gramatik
turlaridan qay birini hosil qilishda tovush
tushishi sodir bo`ladi?
A) miqdor B) chama C) tartib D) jamlovchi
2.Otlashgan son qatnashgan gapni toping.
A) Ikkalasi navqiron aktrisaga mahliyo bo`lib
qolishdi
B) Shu xatlardan ikkitasi sho`rroq yigit yozgan edi
C) Bu yerda u sakkizinchi va to`qqizinchi
sinflarda o`qirdi
D) A,B,C
3. Hisob so`z qatnashgan so`zni toping.
A) Ming marta shukr
B) Kissada bir miri ham yo`q edi
C) Bir guruh qizlar yo`ldan kesib o`tdilar
D) A,B, C
4.Gap tarkibida qo`llangan juft sonlar asosan
sonning ma`no jihatdan qaysi turiga mansub ?
A) tartib sonlar B) jamlovchi sonlar
C) chama sonlar D) qo`shma sonlar
5. Sodda sonlar ishtirok etgan gapni toping.
A) Majlisga besh-oltita ota-ona keldi
B) Karim to`rt-besh yil sabr qildi
C) Yigirmanchida oxirgi imtihon bo`ldi
D) O`n
beshta qalam oldi
6. Xato yozilgan sonni toping.
A) bitta, ikkita
B) besh-o`n ,
ellik-oltmish
C) uchdan bir,
beshdan uch
D) uchchala, to`rttacha
7. Tarixiy o`lchov so`zlar berilgan qatorni
toping.
A) botmon, nafar, paysa B) yog`och, gaz,
qadam
C) chaqirim, tup, qarich D) tanob, gaz,
misqol
8.Burda ,shingil. Qultum kabi so`zlar hisob
so`zlarning qanday ma`no turini hosil qiladi?
A) to`dalab, guruhlab ko`rsatuvchi
B) butunning qismini
C)
chamalab hisoblash
D) donalab hisoblash
9. Qaysi songa qo`shimcha qo`shilganda fonetik
o`zgarish bo`ladi?
A) ikki, bir B) uch, olti
C) yetti, sakkiz D) o`n, yetmish